O ’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti


Quyidagilar ko‘pyoqlar hisoblanadi


Download 7.03 Mb.
bet89/99
Sana18.09.2023
Hajmi7.03 Mb.
#1680841
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99
Bog'liq
MO\'M (maruzalar matni)

Quyidagilar ko‘pyoqlar hisoblanadi:

  • parallelepiped –sirti oltita parallelogramm dan iborat ko‘pyoq;

  • to‘g‘ri burchakli parallelepiped – yoqlari-to‘g‘ri to‘rtburchaklardan iborat parallelepiped;

  • kub – sirti oltita kvadratdan iborat ko‘pyoq;

  • prizma – qavariq ko‘pyoq bo‘lib, uning ikki yoki mos tomonlari paralel bo‘lgan tengdosh ko‘pburchaklardan, qolgan yoqlari juft-jufti bilan paralel to‘g‘ri chiziqlar buyicha kesishuvchi parallelogramlardan iborat;

  • to‘g‘ri prizma – yon o‘qlari to‘g‘ri to‘rtburchaklardan iborat prpizma.;

  • muntazam prizma – asoslari muntazam ko‘pyoqlardan iborat prizma;

  • piramida – bir yoki (asosi) ko‘pburchak, qolgan yoqlari (yon yoqlari) umumiy uchga ega bo‘lgan uchburchaklardan iborat qavariq ko‘pyoq. Uchburchaklarning umumiy uchi piramida uchi deb ataladi.

  • muntazam piramida – asosida muntazam ko‘pburchak va barcha yon qirralari teng bo‘lgan piramida,

  • kesik piramida – yoqlari parallel tekisliklarda joylashgan (quyi va yuqori asos) va p –to‘rtburchaklardan(yon yoqlari) iboorat ko‘pyoq

Talabalarga ko‘pyoqlar turlari orasidagi o‘zaro munosabatlarni kursatish geometrik tushunchalarning kelib chikish jarayonini ko‘rsatish uchun imkon beradi. Masalan, kub – to‘g‘ri burchakli parallelepiped – to‘g‘ri parallelepiped – parallelepiped – prizma - ko‘pyoq – geometrik jism – nuqtalar to‘plami ketma-ketligini sxema orqali ko‘rsatib, biri ikkinchisidan mantiqiy kelib chiqishi bayon etiladi. Yoki to‘g‘ri prizma, parallelepiped va kublar orasida qanday o‘zaro munosabat mavjudligini aniqlashni topshirish mumkin.
Muntazam ko‘pyoqlar. Muntazam ko’pyoqlar ikki shartni qanoatlantirishi lozim: a) barcha yoqlari – muntazam va o‘zaro tengdosh uchburchaklardan iborat; b) barcha ko‘pyoqli burchaklari o‘zaro teng.

Agar ko‘pyoqning uchlari sonini –U, yoqlari sonini-YO, qirralari sonini- Q deb belgilasak, dastlab konkret misollarda uchburchakli, to‘rtburchakli va p-burchakli prizma va piramidalar uchun U + YO –Q = 2 ( Eyler formulasi) munosabatni tekshirib ko‘rish talab qilinadi.
Ko‘pyoq muntazam deyiladi, agar:
- u qavariq;
- uning barchsa yoqlari tengdosh muntazam ko‘pburchaklardan iborat;
- har bir uchida bir xil sondagi yoqlar uchrashadi;
- uning barcha ikkiyoqli burchaklari teng bo‘lsa.
Tetraedr - (grekchadan tetra – to‘rt va hedra – yoq) – 4 ta teng tomonli uchburchakdan tuzilgan muntazam ko‘pyoq.







Download 7.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling