Shuningdek marketing rejasi uchun sizda raqobatchilar to‘g‘risida maʼlumotlar bo‘lishi kerak, xususan raqobatchilarning tovarlari, uning sifati, tovarni sotish va xaridorgirlashtirish strategiyasi, narx belgilash strategiyasi, reklama vositalari va hokazo maʼlumot bo‘lishi kerak. Bu kabi maʼlumotlar biznes rejasida o‘z ifodasini topishi kerak. Bu maʼlumotlar investorlar (bank-moliya muassalari) uchun muhimdir. Marketing tadqiqotida quyidagi savollarga javob topilishi kerak.
Shu tovarni eng katta va asosiy ishlab chiqaruvchisi kim? Misol uchun General Motors/GM va Toyota kompaniyalari dunyodagi eng katta avtomobil ishlab chiqaruvchilari bo‘lib hisoblanadi. Ularning har biri yiliga 12 milliondan ortiq avtomobillar ishlab chiqara olganlar.
Reklamaga ular qancha mablag‘ sarflaydi? Bunday mablag‘ni siz sarflay olasizmi? Ularning mahsulotlari: tovarning asosiy xarakteristikasi? Sifat darajasi? Mahalliy va xalqaro standartlarga mosligi? Tovar haqida xaridorlarning xulosalari? Tovarni dizayni? Qadoqlanishi? Savdo belgisi? Raqobatchilar tovarlarining bozordagi narxi? Narx-navo strategiyasi? Shu kabi maʼlumotlarni biznes rejaga xolisona yozishingiz kerak. Аks holda investorlar sizni biznes rejangizga ishonmay qo‘yishlari mumkin. Raqobatchilarga sportda
xolisona baho berish sportda g‘alaba qozonishning shartlaridan biri. Biznesda ham xuddi shunday. Raqobatchining zaif tomonlari sizga raqobatda imkoniyatlarni yaratadi, unga xolis baho berib to‘g‘ri kurash strategiyasini tuzish g‘alaba keltiradi.
Mahsulot realizatsiya qilinadigan bozorlarni o‘rganish davrida, ularni to‘rt guruhga bo‘ladilar:
siz ishlab chiqaradigan mahsulotingizni isteʼmolchilar bilmaydigan bozorlar;
ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan mahsulotingizni isteʼmolchilar bila- digan, lekin sotib olmaydigan bozorlar;
sizning raqobatchingiz mahsulotini sotib oladigan bozorlar;
isteʼmolchilar sizning mahsulotingizni sotib oladigan bozorlar.
Аna shu bozor turlari chuqur tahlil qilingandan keyin loyiha mahsulotini qayerda va necha so‘mdan sotish kerakligi aniqlanadi.Bozorda sizning mahsulotni raqobatda ustuvorligi aniq bo‘lsa, shunday bozorda daromad olish imkoniyatingiz ko‘proq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |