O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlari
BOB. IJTIMOIY TAHLILIjtimoiy tahlilning mohiyati va tarkibiy qismlari Loyihalarni tahlil qilishda markaziy masalalardan biri inson omilidir. Loyihalar inson hayotini yengilashtirishga va ularning turmush darajasini oshirishga qaratilishi zarur. Loyihalar tahlilida davlat manfatlari va aholining manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Investitsiya loyihalarida va tadbirkorlarning biznes rejalarida birinchi galda foyda olish turadi. Loyiha tahlili respublika Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligining yondashuviga tayanadi. Ular loyihalarga davlat manfaatlari va aholining manfaatlaridan kelib chiqib baho beradilar va xulosa qiladilar. Shu jihatdan ushbu fandagi ijtimoiy tahlil va iqtisodiy tahlilning yondashuvi bir-biriga yaqindir. Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning ahamiyati va shu nuqtayi nazardan chiqarilgan xulosalarning o‘rni katta. Aholining ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlariXalqaro ko‘lamda investitsion jozibadorlikni aniqlashda aholining tarkibidagi yoshlarning salmog‘i, kadrlarning malakasi, milliy urf- odatlar, demografik xususiyatlar, o‘rtacha umr ko‘rish va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar va ularga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinadi. Ijtimoiy tahlilda ijtimoiy-madaniy va demografik xususiyatlarni to‘la hisobga olmaslik jahon mamlakatlari va xalqaro-moliya institutlarining tajribasida loyihalarning samarasiz bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Misol uchun Misrda Nil daryosiga qurilgan Asuan to‘g‘onini eslab o‘tish kifoyadir. O‘zbekistonda esa aholini rozi qilish, kabag‘al- likni qisqartirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalalari investitsion loyihalardan asosiy kutiladigan natijalar bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy tahlilning birinchi bosqichi loyiha yo‘naltirilgan aholi guruhi, uning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Loyiha yo‘naltirilgan aholining turmush tarzi ko‘pincha uni ishlab chiquvchi kishilarning turmush tarzidan farq qiladi. Shu tufayli xalqaro loyihalarni rejalashtirish jarayonlariga mahalliy aholi (birinchi navbatda ekspertlar) jalb etilmasa, loyiha mahalliy sharoitga mos kelmasligi mumkin. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling