O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Mexnatni rag‘batlantirish tizimi. Ish haqi to‘lash mexanizmi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
Mexnatni rag‘batlantirish tizimi. Ish haqi to‘lash mexanizmi.Kichik korxona uchun mos, samarali va moslashuvchan boshqaruv tizimini tanlash muhimdir. Boshqaruv tizimiga mos yuqori malakali kadrlar tanlanadi. Buning uchun mehnat bozoridan va kadrlar bilan ishlash agentliklariga murojaat qilish maqsadga muvofiq. Biznes rejada korxonani normal faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan mutaxassislar jadvali tuziladi. Uning tuzilish tartibi quyidagicha bo‘lishi mumkin. jadval.Shtat birligi
Yuqoridagi kadrlarni jadvalini tuzishda eng avvalo ish turlari, ularning hajmi, davomiyligi, murakkabligi kabi omillar hisobga olinadi. Ishni hajmi aniqlangach, ularni bajarish uchun kaddrlar va ularga talablar belgilanadi. Ularga talablarni har bir kadrning texnik topshirig‘i sifatida qarash maqsadga muvofiq. Korxonada xodimlarni moddiy rag‘batlantirish qanday yo‘lga qo‘yil- ganligi ham investorlarni qiziqtiradi. Shuning uchun rag‘batlantirish usullari, kadrlarni malakasini oshirish rejalari, ularni hordiq chiqarish va ish shart-sharoitlari haqida ham keng ma’lumotlar berilishi kerak. Misol uchun, ishchining ish haqi 500 000 so‘m bo‘lib u o‘z vazifasini yuqori darajada bajarsa har kvartalda qo‘shimcha yana bir oylik maosh qo‘shib beriladi deb ko‘rsatilsa, biznes rejani o‘quvchisi korxonadagi moddiy rag‘batlantirish tizimini bilib olishi mumkin. Unga tushlik bepul tashkil etiladi. Ta’til vaqtida unga sanatoriyada dam olishi va davolanishi uchun yana bir oylik maoshi beriladi deb ko‘rsatilsa, kadrlarning ijtimoiy himoyasi kabi boshqa jihatlarni ham anglash mumkin. Kadrlarga talabni aniqlash va yillik ish haqi fondini belgilashda quyidagi formadan misol sifatida foydalanish mumkin. Shunday qilib, korxonadagi kadrlar va ularning mehnatini rahbat- lantirish, ijtimoiy himoyasi, ish haqi fondi, uning yillar bo‘yicha prognozini bilib olish mumkin. Biznes rejada malakali kadrlar va ularning samarali faoliyati korxoaning boshqaruv tizimiga va unda vakolatli mutaxassislarning qaror qilish huquqlariga bog‘liq. Shu jihatdan boshqaruv tizimini samarali, ixcham va minimal byurokratik to‘siqlar bilan tashkil etish maqsadga muvofiq. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling