O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi
Download 0.69 Mb.
|
3. Маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolari
VIII bob. Texnik tahlilLoyihalarni texnik tahlil qilishning vazifalari va tarkibi Texnik tahlilda loyihaning asosiy texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari aniqlanadi va chuqur tahlil qilinadi. Jumladan ishlab chiqarish xara- jatlari (TC), doimiy xarajatlar (FC) va o‘zgaruvchan xarajatlar (VC)aniqlanadi, mahsulotni sifati, mahalliy xomashyodan mahsulot ishlab chiqarish, yangidan ishlab chiqarilgan mahsulot va uning eksport salohiyati kabi savollar va ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. Texnik tahlil loyihaning maqsadiga muvofiq amalga oshiriladi. Texnik tahlilning asosiy maqsadi – loyihada ko‘zda tutilgan mah- sulotni sifati va miqdorini tannarxini kamaytirgan holda ishlab chiqa- ruvchi jihozlar va texnologiyani saralab olishdir. Texnik tahlilga quyidagilarni ko‘rib chiqish va belgilash kiradi: Texnik va texnologik jihatdan muqobil variantlar. Loyihani joylashtirish o‘rni bo‘yicha muqobil variantlar. Loyiha hajmi. Loyihani amalga oshirish muddatlari. Xomashyo, ishchi kuchi va boshqa resurslardan foydalanish imkoniyatlari va ularning yetarliligi. Loyiha mahsuloti uchun bozor sig‘imi (hajmi). Ko‘zda tutilmagan omillarni hisobga olgan holda loyiha xara- jatlari. Loyihalarni ishlab chiqishning texnik muammolariTurli loyihalarda uchraydigan texnik muammolar o‘ziga xos bo‘ladi. Ammo ayrim muammolar (barcha loyihalarga bo‘lmasada) ko‘pchilik loyihalarga xos bo‘ladi va ularni identifikatsiya qilish mumkin. Bu muammolar quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: mulk shakli; loyiha ko‘lami; amalga oshirish muddatlari hamda texnologiyalarni tanlash va to‘plash. Ko‘pgina ko‘p maqsadli loyihalar xarajatlarga ko‘ra bir-birini to‘ldiruvchi, daromadlarga ko‘ra esa bir-birini o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Masalan, sug‘orish va gidroelektrostansiya uchun umumiy to‘g‘on qurish alohida-alohida to‘g‘on qurishga nisbatan kam xarajat talab etadi. Lekin elektr energiyasi olish uchun qishda oqizilgan suv sug‘orish uchun foydasiz bo‘lsa, yozda sug‘orish uchun elektr energiyasi olish ehtiyojlaridan ko‘proq suv oqiziladi. Suv oqizish miqdori GES talablari uchun ham qishloq xo‘jaligi talabi uchun ham zarur bo‘lgan optimal miqdordan ko‘p bo‘ladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling