O ‘zbekiston respublikаsi oliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi


Iqtisodiy tahlilning yo‘nalishlari. Loyihasiz va loyiha asosida rivojlanishni qiyosiy tahlili


Download 0.69 Mb.
bet87/112
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1628793
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112
Bog'liq
3. Маъруза матни

Iqtisodiy tahlilning yo‘nalishlari. Loyihasiz va loyiha asosida rivojlanishni qiyosiy tahlili


Daromadlar va xarajatlarning tahlili quyidagi tadbirlarni o‘tka- zishdan iborat:



  1. Loyiha maqsadlarini aniqlash va bosh maqsadning iqtisodiy mazmuni, oqibatlarini anglash;

  2. Loyihani baholash chizmasini va bosqichlarini aniqlash; 3.Loyiha natijalari bo‘yicha talabni prognoz qilish;

  1. Daromad va xarajatlarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblash;

  2. Rentabellilik ko‘rsatkichlarini baholash;

  3. Ta’sirchanlik va tavakkal xavfi (qaltislik) darajasini tahlil qilish.

Loyiha maqsadlari uni moliyalashtiruvchi tashkilotning tezkor vazifalarini aks ettiradi. Masalan, transport sohasi bo‘yicha loyiha maqsadi transport qatnovi samaradorligini ta’minlash, sanoat loyihasining maqsadi esa ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish mumkin.
Iqtisodiy tahlilda asoslaniladigan asosiy mezonlardan biri iqtisodiyotni rivojlanishini taklif etilayotgan loyiha bilan rivojlanishi yoki shu loyihasiz rivojlanishining variantlarini qiyosiy tahlil qilishdan iborat bo‘ladi. PMI PMBOK yo‘riqnomasiga asosan har qanday loyiha ma’lum tizimni o‘zgartirishga, ya’ni uni mukammallashtirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun yangi taklif etilayotgan loyiha iqtisodiyotni rivojlantirish bilan birga ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi, ekologik kapitalni yaxshilashi, raqobatdoshlikni
oshirishi kerak. Buning uchun loyiha tahlilchisi loyihaga kreativ va kompleks yondashuvi lozim. Misol uchun loyiha ishlab chiqarishini to‘g‘ri joydashtirish uning xarajatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘ladi va bu o‘z navbatida mahsulot tannarxiga ta’sir etadi.
Misol uchun Tashkent sity loyihasidagi “Nestone” kompleksi ofislari va xonadonlarining narxini qimmatlashuviga uni joylashgan joyi katta ta’sir etadi. Agarda shu loyiha bir necha kilometr uzoqroq joylashtirilsa, uning ofislari va xonadonlarining narxi pasayishi mumkinligi hisobga olingan.



    1. Download 0.69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling