O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
O ZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT VAZIRLIGI
0 ‘ZBEKIST0N YOSHLAR ITTIFOQI
QO SHMA QARORI
Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida
“Munozara” respublika turnirini o‘tkazish t o ‘g ‘risida
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2023-yil 7-
fevraldagi 02-PA 1/1-254-sonli “Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda
iste'dodini ro'yobga chiqarish bo'yicha ishlab chiqilgan
yagona tadbirlar kalendar-
rejasi”ning V boiim , 27-bandida “Talabalar o'rtasida “Munozara”
respublika turnirini
o'tkazish” bo‘yicha berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida respublika
OTMlarining talaba-yoshlari o'rtasida tashkil etiladigan jamoaviy “Munozara” turnirlarini
tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
fan va
innovatsiyalar vazirligi, 0 ‘zbekiston Respublikasi Yoshlar
siyosati va sport vazirligi,
0 ‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi
qaror qiladi:
1.Quyidagilar
“Munozara turnirini” Respublika oliy ta’lim muassasalari o'rtasida o‘tkazish
bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Munozara turnirini” Respublika oliy ta’lim muassasalari o'rtasida o'tkazish
to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin
2. Tashkiliy qo‘mitaga:
turnirni o'tkazish bilan bog'liq tashkiliy masalalarni hal etish bo'yicha
yig'ilishlarini o'tkazish;
turnirni ilovalardagi nizomga muvofiq barcha oliy ta'lim muassasalarida yuqori
saviyada tashkil etish;
turnirni belgilangan vaqtda amalga oshirish hamda monitoringini yuritish;
turnirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida malakali hakamlarni jalb etish;
turnirni barcha bosqichlarida o‘ynaladigan mavzularni
belgilash hamda oldindan
jamoalarga tayyorgarlik ko‘rib borishlari uchun yetkazish;
tumir g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.