«обеспечение ускоренного развития национальной экономики и высоких темпов роста: проблемы и решения»


IQTISODIY FANLARNI O’QITISHDA NOAN’ANAVIY USULLARNING AHAMIYATI


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/320
Sana02.11.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1739281
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   320
Bog'liq
13088 1 C2CE1620466447D43D239091BF37F94A6EA1D92C

IQTISODIY FANLARNI O’QITISHDA NOAN’ANAVIY USULLARNING AHAMIYATI 
Turaeva Mastura Kurbanovna
Buxoro shaxar 23-IDUM
Iqtisodiy bilim asoslari fani oqituvchisi
Mamlakatimizda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga 
qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuchiga aylanib 
bormoqda.Aynan shu bois XXI asr - intellektual bilimlar asrida inson kapitaliga investistiyalar 
yo’naltirishni ustuvor vazifa sifatida tanlagan mamlakatlargina yuksak taraqqiyotga erishishi mumkin. 
Faqat tom ma’nodagi bilimli jamiyatgina zamonaviy tahdid va muammolarni yengib o’tishga qodir bo’ladi. 
Bugungi kunda har qanday mamlakatning jahon bozorida raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslarning 
mavjudligiga, balki, birinchi navbatda, zamonaviy, muntazam yangilanib turgan texnologiyalarni 
o’zlashtirishga qodir yuksak bilimli va intizomli ishchi kuchini muntazam tayyorlashga bog’liqdir. Shu 
boisdan, zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini 
yo’lga qo’yishda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning hayotga tatbiq 
etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida faoliyatimizning bosh mezoniga aylanmog’i 
darkor. 
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z 
borganda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik 
texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik 


“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash: muammolar va yechimlar” 
252 
ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-
tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor"
1
degan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tilishi bilan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash talablari ta’lim tizimi 
oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda. XX asrda, ayniqsa asrning ikkinchi yarmidan boshlangan ilmiy–
texnikaviy revolyustiya tufayli axborotlar hajmining keskin ortib borishi bilan tayyor bilimlarni egallashga 
qaratilgan, asosan o’qituvchining faol mehnatiga asoslangan an’anaviy ta’lim o’z ahamiyatini 
yo’qotmoqda. Hozirgi ta’lim jarayonida zarur bilimlarni o’quvchilarning o’zlari qidirib topishi, mustaqil 
o’rganishi va xulosa chiqarishiga imkon beradigan zamonaviy pedagogik texnologiyalarga e’tibor kuchayib 
bormoqda. 
Kasb-hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida iqtisodiy fanlarini o’qitishda zamonaviy yangi 
pedagogik texnologiyalarni joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida amalda ta’limning turli 
usul va vositalarni qo’llashni tadbiq etish uchun avvalo ta’limning didaktik tamoyillari, ta’lim shakllari, 
o’qitish vositalarini inobatga olish muhim sanaladi. Jumladan, ta’lim shakllaridan to’g’ri foydalanishni 
tashkil etishda ularni o’quv jarayonida tutgan o’rni hamda ularga qo’yiladigan talablarga e’tibor qaratish 
lozim bo’ladi. 
O’qituvchining pedagogik faoliyatidagi eng muhim funkstiyalaridan biri tashxisdir. O’quvchini 
bilish metodikasini egallash o’qituvchining kasbiy mahorati asosini tashkil etadi. O’qituvchi tomonidan bu 
funkstiyani yuqori metodik darajada egallanishi o’quvchilarni xususiyat va sifat ko’rsatkichlarini to’liq 
o’rganishga imkon yaratadi.
Shu bilan birga pedagogik amaliyotni loyihalash va uni amalga oshirish uchun o’qituvchi kasb-hunar 
kollejida o’tiladigan mashg’ulotlar turini yaxshi o’zlashtirib olgan bo’lishi lozim. Bularning hammasi 
o’qituvchiga pedagogik faoliyatni talab darajasida amalga oshirishga yordam beradi. 
Iqtiisodiy fanlarni o’rganishda talabalarning ijodiy fikrlarini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatishi, 
sohaga oid tushunchalarni chuqur tushunishi, nazariy masalalar bilan amaliyotni bog’lash mahoratini hosil 
qilishlari uchun ma’ruza quyidagi asosiy talablarga javob berish kerak: ma’lum bir yo’nalishga, 
texnologiyaning asosiy qonunlari, jarayonlarini, taraqqiyotning muammolarini tahlil qilishga qaratilgan
bo’lishi kerak. Shuningdek, yosh avlodning dunyoqarashini shakllantirish, hayot kechirish tarzini tanlashning
tarbiyaviy ahamiyatin ioshirishi lozim. Ilmiyligi jihatdan nazariya asoslarini amaliyot bilan,masalaning 
qo’yilishini ilmiylik bilan hamda iqtisodiyotning yangi dolzarb masalalariga ijodiy yondashish bilan, nazariy 
dalillarning mantiqiylik bilan uzviy birligi ta’minlanishi kerak . 
Shunday qilib, akademik listey, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurti o’qituvchilari dars o’tishda, 
albatta, o’quv yurtining, undagi ta’lim oluvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olishlari, shu bilan 
birga, ularni darsga faol qatnashishlarini ta’minlovchi, tafakkurni o’stirishga, rivojlantirishga qaratilgan 
o’quv metodlarini qo’llashga e’tibor berishlari lozim . 
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovastion texnologiyalar, pedagogik va 
axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib 
bormoqda. Bunday bo’lishining sababalaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi- talablarni 
faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rganilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan 
bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganishlariga, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham 
o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim 
olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik 
funkstiyasini bajaradi. Shuning uchun ta’lim muassasalarida zamonaviy o’qitish metodlari, interfaol 
metodlar, innovastion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir. 

Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling