Obidova Gulmira. Organizmlar oʻrtasidagi biotik munosabatlar
Download 8.7 Kb.
|
organizmlar oʻrtasidagi biotik munosabatlar doc
Obidova Gulmira. Organizmlar oʻrtasidagi biotik munosabatlar. Test 1. Biotsenozdagi barcha organizmlar oʻzlariga maqbul ekologik kishani egallab, bir-birlari bilan oʻzaro aloqada yashaydila. Bunday aloqalarni kim guruhlarga boʻlgan? A) Beklemishev B) Vernadskiy C) Sechenov D) Tensli 2. "Trofik" soʻzining maʼnosi nima? A) ozuqa B) havo C) muhit D) tuproq 3. Trofik aloqalar qanday hollarda namoyon boʻladi? A) Bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida B) Bir tur yashash sharoitining boshqa tur hayot faoliyati taʼsirida fizik, kimyoviy va boshqa oʻzgarishlarida C) Bir tur ikkinchi turning ishtirokida tarqalishida D) Bir tur oʻziga in qurishda boshqa turdan, uning tirik gavdasi, tana qoldiqlari yoki chiqindilardan foydalanishida 4. Topik aloqalar qanday hollarda namoyon boʻladi? A) Bir tur yashash sharoitining boshqa tur hayot faoliyati taʼsirida fizik, kimyoviy va boshqa oʻzgarishlarida B) Bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida C) Bir tur ikkinchi turning ishtirokida tarqalishida D) Bir tur oʻziga in qurishda boshqa turdan, uning tirik gavdasi, tana qoldiqlari yoki chiqindilardan foydalanishida 5. Forik aloqalar qanday hollarda namoyon boʻladi? A) Bir tur ikkinchi turning ishtirokida tarqalishida B) Bir tur yashash sharoitining boshqa tur hayot faoliyati taʼsirida fizik, kimyoviy va boshqa oʻzgarishlarida C) Bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida D) Bir tur oʻziga in qurishda boshqa turdan, uning tirik gavdasi, tana qoldiqlari yoki chiqindilardan foydalanishida 6. Fabrik aloqalar qanday hollarda namoyon boʻladi? A) Bir tur oʻziga in qurishda boshqa turdan, uning tirik gavdasi, tana qoldiqlari yoki chiqindilardan foydalanishida B) Bir tur ikkinchi turning ishtirokida tarqalishida C) Bir tur yashash sharoitining boshqa tur hayot faoliyati taʼsirida fizik, kimyoviy va boshqa oʻzgarishlarida D) Bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishida 7. Trofik aloqalarga misollar keltiring? A) Ninachi havoda qanotli hasharotlarni tutib yeyishi, goʻngqoʻngʻizlar hayvonlar tezagi bilan, asalari gulning nektari bilan oziqlanishida B) Daraxtlarning ular ostidagi oʻsimliklar va hayvonlar uchun haroratni pasaytirib, namlikni oshirishi, bir organizmning boshqa organizmlar uchun tayanch boʻlishi, choʻldagi buta oʻsimliklari ostida qumlar toʻplanishidan hosil boʻlgan doʻngliklar kemiruvchilar koloniyalari uchun qulay in kovlash sharoitini yaratishi C) Hayvonlar oʻsimlik mevalarini yeyish bilan urugʻini tarqatishi D) Qushlar in qurishda oʻsimlik qoldiqlaridan, hayvonlarning juni va patlaridan foydalanishi 8. Topik aloqalarga misollar keltiring? A) Daraxtlarning ular ostidagi oʻsimliklar va hayvonlar uchun haroratni pasaytirib, namlikni oshirishi, bir organizmning boshqa organizmlar uchun tayanch boʻlishi, choʻldagi buta oʻsimliklari ostida qumlar toʻplanishidan hosil boʻlgan doʻngliklar kemiruvchilar koloniyalari uchun qulay in kovlash sharoitini yaratishi B) Ninachi havoda qanotli hasharotlarni tutib yeyishi, goʻngqoʻngʻizlar hayvonlar tezagi bilan, asalari gulning nektari bilan oziqlanishida C) Hayvonlar oʻsimlik mevalarini yeyish bilan urugʻini tarqatishi D) Qushlar in qurishda oʻsimlik qoldiqlaridan, hayvonlarning juni va patlaridan foydalanishi 9. Forik aloqalarga misollar keltiring? A) Hayvonlar oʻsimlik mevalarini yeyish bilan urugʻini tarqatishi B) Daraxtlarning ular ostidagi oʻsimliklar va hayvonlar uchun haroratni pasaytirib, namlikni oshirishi, bir organizmning boshqa organizmlar uchun tayanch boʻlishi, choʻldagi buta oʻsimliklari ostida qumlar toʻplanishidan hosil boʻlgan doʻngliklar kemiruvchilar koloniyalari uchun qulay in kovlash sharoitini yaratishi C) Ninachi havoda qanotli hasharotlarni tutib yeyishi, goʻngqoʻngʻizlar hayvonlar tezagi bilan, asalari gulning nektari bilan oziqlanishida D) Qushlar in qurishda oʻsimlik qoldiqlaridan, hayvonlarning juni va patlaridan foydalanishi 10. Fabrik aloqalarga misollar keltiring? A) Qushlar in qurishda oʻsimlik qoldiqlaridan, hayvonlarning juni va patlaridan foydalanishi B) Hayvonlar oʻsimlik mevalarini yeyish bilan urugʻini tarqatishi C) Daraxtlarning ular ostidagi oʻsimliklar va hayvonlar uchun haroratni pasaytirib, namlikni oshirishi, bir organizmning boshqa organizmlar uchun tayanch boʻlishi, choʻldagi buta oʻsimliklari ostida qumlar toʻplanishidan hosil boʻlgan doʻngliklar kemiruvchilar koloniyalari uchun qulay in kovlash sharoitini yaratishi D) Ninachi havoda qanotli hasharotlarni tutib yeyishi, goʻngqoʻngʻizlar hayvonlar tezagi bilan, asalari gulning nektari bilan oziqlanishida Download 8.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling