Obidova shahloxon shuhratjon qizi
O’zbek tilidagi o’zlashma neologizmlarning mavzuiy kategoriyalari
Download 484 Kb.
|
ilmiy ishim oxirgisi doc
3.2 O’zbek tilidagi o’zlashma neologizmlarning mavzuiy kategoriyalari
O`zbek tiliga ingliz tilidan o`zlashgan yangi so`zlar hozircha mamlakatimizda maxsus tadqiq etilganicha yo`q. O.Jumaniyozovning “O`zbek tilidagi german tillari o`zlashmalari” nomli monografiyasi (1987)da ingliz tilidan o`zbek tiliga o`zlashgan so`zlar miqdori 150 ta deb ko`rsatiladi. Agar bu kitobning yaratilganiga qariyb yigirma yil bo`lganini, mustaqillikdan keyin mamlakatimizning xalqaro nufuzi yanada ortganini inobatga oladigan bo`lsak, o`zbek tiliga ingliz tilidan o`zlashgan so`zlar miqdori uch yuzdan ko`proq, deb taxmin qilish mumkin. Chunki biz prof. N.G.Komlevning lug`atiga tayangan holda tilimizga o`zlashayotgan inglizcha so`zlarni oddiy hisob-kitob qilganimizda bu miqdor hozircha uch yuzga yaqinlashib qoldi. Tilimizga o`zlashgan bunday inglizcha so`z va atamalarni quyidagicha mavzuiy guruhlarga yoki leksik-semantik guruhlarga ajratish mumkin: 1. O`qish-o`qitish, maktab-maorif bilan bog`liq inglizcha o`zlashgan so`zlar guruhi: test, teyting, monitoring, standart, flomaster, kollej kabilar. 2. Tibbiyot va veterinariyaga oid so`zlar guruhi: blokada, vilt, gaymorit, brusellez, vegetarian kabilar. 3. Dengizchilik, kema va paroxodga oid so`zlar guruhi: yaxta, kater, tanker, trauler, tramp, bosman kabilar. 4. Transportga oid so`z va iboralar guruhi: karter, bufer, nipel, aerobus, layner va boshqalar. 5. Sanoat, qurilish va tipografiyaga oid so`zlar guruhi: ofset, kotej, vattman, trest, konsern, konveyer, veranda kabilar. 6. Harbiy ish va harbiy texnikaga oid so`zlar guruhi: radar, michman, revolver kabilar. 7. Idish, o`rin-joy, makon va bino bilan bog`liq tushunchalarni ifodalovchi so`zlar guruhi: aerovokzal, aeroklub, bunker, park, skver, ofis, region, klub, konteyner, tunnel, avtopark, komfort, kemping kabilar. 8. Sport hamda jismoniy tarbiya bilan bog`liq so`z va atamalar guruhi: signal, ring, badminton, aut, butsi, boks, batterflyay, bokser, futbol, basketbol, voleybol, start, match, kross, gol, golkiper, nokaut, nokdaun, raund, rekord, gandbol, vaterpolo, ring, finish, trener, tennis, xokkey kabilar. 9. San’at, o`yin, hordiq chiqarish, musiqaga oid so`z va atamalar guruhi: sheyk, kloun, fokstrot, tvist, jaz, dizayner, shou, myuzik-xoll kabilar. 10. Ijtimoiy-siyosiy sohaga oid so`zlar guruhi: press-byuro, boykott, press-konferensiya, blokada, chartist, tred-yunion, yunker, chartizm, leyborist, konservator, kateder, kongressmen, spiker, senator kabilar. 11. Texnikaga oid tushunchalarni ifodalovchi so`zlar guruhi: greyder, buldozer, antifriz, spidometr, eskalator, skriper, kombayn, chizel kabilar. 12. Kompyuter texnologiyasiga oid so`z va atamalar guruhi: fayl, disket, displey, printer, kompyuter, internet kabilar. 13. Ilm-fanning turli sohalariga oid so`z va atamalar guruhi: detektiv, folklor, distributsiya, intervyu, deskreptiv, vatt, buldog, broyler, aysberg, kenguru, gorilla, rezistor, golfistrim, tranzistor, pamflet, yumorist, lazer kabilar. 14. Kiyim-kechak, mato va attorlik buyumlarini ifodalovchi so`zlar guruhi: makintosh, linter, lint, pidjak, pijama, shampun, koverkot, velvet, jemper, jersi, bridja, fen, shorti, pulover, sviter, shampun kabilar. 15. Kulinariya va ichimlik nomlarini ifodalovchi so` zlar guruhi: viski, puding, kokteyl, servis, keks, rom, liver kabilar. 16. Savdo ishlari va pul birliklarining nomlarini ifodalovchi so`zlar guruhi: menejer, menejment, investor, investisiya, bar, biznes, barmen, bankrot, sterling, monitoring, shilling, dollar, supermarket, eksport, marketing, barter, import kabilar. 17. Turli kasb va toifadagi kishilarni ifodalovchi so`z va atamalar guruhi: jentlmen, fermer, reket, lider, reporter, kaskader kabilar. Bunday mavzuiy guruhlar sirasini yana davom ettirish mumkin. Eng muhimi, tilimiz lug`aviy qatlamidan mustahkam o`rin olayotgan ana shunday inglizcha, fransuzcha, italyancha, nemischa, ispancha o`zlashma so`zlarni to`plash, ularning keyinchalik alohida-alohida, umumiy izohli lug`atini yaratish, bunday o`zlashmalarning imlosi, transliteratsiyasi muammolari bilan jiddiy shug`ullanish hozirgi mustaqillik davri o`zbek tilshunosligining dolzarb muammolari qatoriga kiradi. Asosan biznes va iqtisodiy soha neologizmlariga toʻxtaladigan bo’lsak, iqtisodiy neologizmlar deb aynan shu sohada qoʻllanilayotgan va yangi kirib kelgan yangi soʻzlarga nisbatan aytiladi. Shuningdek, barcha soha doirasida foydalanilayotgan neologizmlar ham turli xil jarayonlar vositasida vujudga keladi. Iqtisodiy sohada yangi kirib kelgan neologizmlarga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin. Iqtisodiy soha neologizmlari: Rentabel Foydali, daromadli 2Autsorsing Shartnoma asosida tashqi manbalardan foydalanish. 3 Keshbek mablagʻlarini elektron hamyonlariga qaytarib olish. 4 Peyment Toʻlov 5 Kriptovalyuta Raqamli valyuta 6 Klik Toʻlovlarni amalga oshirish 7 Inflyatsiya Pul qadrsizlanishi 8 Peyme Toʻlov turi 9 Monitoring Kuzatish, nazorat qilish 10 Balans Miqdoriy muvozanatlashish 11 Reyting Daraja 12 Skidka Arzon narxlarda berish 13 Investitsiya Sarmoya 14 Kridet Banklar tomonidan muayyan muddatga beriladigan sarmoya (pul) 15 Rejim Muayyan qoidalarga asoslangan shakl. Koʻplab soha neologizmlari faqat oʻzining sohasiga tegishli boʻlib qolmay, bir necha sohalarga doir ma’nolari mavjud, ammo ulardan farqli ravishda iqtisodiy neologizmlarning koʻpi bir ma’noda ya’ni iqtisodiy soha neologizmi boʻlib keladi. Shuningdek ayrim ingliz tilidan kirib kelgan iqtisodiy neologizmlarni bizga kelgan holatidek qoʻllaymiz. Ammo ularning oʻzida bu yangi soʻz ikkita soʻzning birikishidan hosil boʻladi. Hozir shunday iqtisodiy sohaga oid soʻzlarga misollar koʻramiz. Misol tariqasida, businessman terminini olib koʻradigan boʻlsak, business+man ushbu termin kompozitsiya usulida yasalgan boʻlib ot+ot shaklidagi komponentlardan yasalganligi koʻrinib turibdi. Businessman terminining tarjimasi tadbirkor, ishbilarmon kishi degan ma’nolarni anglatadi. Ayni vaqda ushbu termining erkak tadbirkorga nisbatan qoʻlanishini takidlab oʻtishimiz lozim, chunki tadbirkor ayol kishiga nisbatan businesswoman termini qoʻllaniladi. Ingliz tilidagi ushbu neologizmlarning yasalishida jinsga ham alohida e’tibor berilganligi koʻrinib turibdi. Oʻzbek tilida ham bu jarayonga e’tibor beriladi, masalan: kotib-erkak, kotiba-ayol, muallim-muallima kabi. Bundan tashqari, soʻz qoʻshish orqali koʻplab iqtisodiy neologizmlar hozirgi kunda faol ishlatilmoqda: Masalan: Agrobusiness – agrobiznes deganda qishloq xoʻjaligidagi biznes tushuniladi. Keng ma’noda, bunga qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi biznes turlari kiradi. Agrofirm – agrofirma muayyan turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat asosida qayta ishlaydigan korxonadan iborat. Shuningdek, hozirgi kunda mashhur boʻlgan “Uzbekistan today” gazetasidagi iqtisodiy neologizmlar orqali tuzilgan gap tarkibi tahliliga e’tibor qaratsak. Tashkent Institute of Finance held a seminar for students on the initiative of the Uzbekinvest, a national export-import insurance company. Toshkent Moliya Instituti talabalarga milliy export-import sugʻurta kompaniyasi oʻzbek investitsyasining tashabbuskorligi haqida seminar oʻtkazdi. Uzbekinvest. Ushbu termini tarjima qilishda lisoniy transformatsiya turi boʻlgan kalkalash usulidan foydalanamiz, chunki kalkalashda asliyatdagi leksik birlikni tarjima tilidagi leksik birlik bilan almashtirishni ko`zda tutadi va tarjima tilida yangi so`z yoki ibora yasalishiga olib keladi. Uzbekinvest soʻzi oʻzbek soʻzi bilan investetsiya soʻzini qoʻshish orqali yangi oʻzbek investitsiyasi hosil bo`lmoqda. Export-import soʻzini esa transkripsiya usuli orqali tarjima qilamiz, ya`ni bunda xorijiy soʻzning eshitilish formasi qayta tiklanadi. Hozirgi kunda ushbu export import va investitsya kabi iqtisodiy terminlar baynalminallashib bormoqda. Biznes neologizmlar nima? Biznes neologizmlar – tadbirkorlik (biznes) rivojlangani sari shu sohaga kirib kelgan yangi soʻzlar (neologizmlar). Bularga broker, brifing, distribyutor, diler, demping, inflatsiya, import, lobbi, marketing, menejer, merchandiser, miting, eltor, sammit, sekvestratsiya kabilarni misol qilishimiz mumkin. Bilamizki, ingliz tilida pay (toʻlamoq)+ ment (qoʻshimcha) = payment (toʻlov) hosil boʻldi. Biz esa paymentni iqtisodiy soha neologizmlari sifatida qabul qildik. Yana shunday soʻzlarga misol tariqasida importerni olishimiz mumkin. Bunda import (qabul qilish) + er (qoʻshimcha) = importer (import qiluvchi). Bu soʻzni ham biz importer deya biznes soha neologizmlariga qabul qildik. Neologizmlarning aniq tushunchasi va tarjimasini bilish uchun uning morfologik tuzilishini, umumiste’mol soʻzlardan farq qiluvchi leksek xususiyatlari, atama soʻzlarning asosiy turlari va ularni qoʻllash usullarini bilish darkor. Bu esa, oʻz navbatida atama tomonidan ifodalanayotgan tushunchani toʻliq tushunishga, lugʻat tarkibidagi yangi soʻz ma’nosini topishda ishni osonlashtiradi. Yangi soʻz aniq va qisqa boʻlishi kerak. Yangi soʻzning aniqlik tushunchasida ma’noviy komponentlarining umumiy ma’nolari tushiniladi. Download 484 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling