Obligatsiya (lotincha: obligatio majburiyat) qiymatiga nisbatan


Download 103.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.05.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1442538
Bog'liq
Obligatsiya - Vikipediya



Obligatsiya
Obligatsiya (lotincha: obligatio —
majburiyat) — qiymatiga nisbatan
egasiga (qatʼiy belgilangan daromad
keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni
qaytarib berish va foiz toʻlashni
tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond
birjalarida sotiladi. Obligatsiya aholi,
korxona va tashkilotlar qoʻlidagi pul
mablagʻlarini toʻplab, biror maqsad
yoʻlida safarbar etish uchun chiqariladi.
Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va


korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi.
Daromad davlat tomonidan
chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq,
kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz
shaklida toʻlanadi. Obligatsiya
uyushtirilgan savdo orqali (birjalarda) va
erkin joylashtiriladi. Obligatsiya moddiy
yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan
yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya
chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi
bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan
boʻlishi mumkin. Baʼzi Obligatsiyalar
konvertirlanadi (Obligatsiya egasi uni
boshqa Obligatsiyaga almashtirib olish
huquqiga ega boʻladi). Obligatsiyaning
bozor narxi uning nominalidan yuqori yoki
past boʻladi.


Zayom Obligatsiya ilk bora 17-asr
boshlarida Angliyada chiqarilgan boʻlib,
keyinchalik jahonning bir qancha
mamlakatlarida muomalaga kiritilgan.
Ular, asosan, davlat hamda aksiyadorlik
kompaniyalari tomonidan chiqarilib,
ssuda kapitali bozorida erkin muomalada
boʻlgan.
Oʻzbekistonda 1996-yildan Moliya
vazirligi tomonidan yuridik shaxslarga
moʻljallangan davlat qisqa muddatli
Obligatsiyalari muomalaga chiqarila
boshlandi. Obligatsiyani sotishdan kelib
tushgan mablagʻlar davlat byudjeti
taqchilligini qoplashga yoʻnaltiriladi.
[1]


Oʻzbekistonda Obligatsiyalar asosan
tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari
(AJ) tomonidan chiqariladi. Shuningdek,
2020-yilning fevral oyidagi
qonunchilikdagi oʻzgarishlarga koʻra
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ)
ham korporativ obligatsiyalar chiqarishi
imkoni yaratilgan
[2]
.
Aksiya
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. 
https://depozit.uz/news/aksiya-yoki-
obligatsiya-qaysi-birini-tanlagan-maqul
Yana qarang
Manbalar


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.


Bu sahifa oxirgi marta 2-Noyabr 2022, 18:23 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Obligatsiya&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Obligatsiya&oldid=3140135" 
dan olindi

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling