Obodonlashtirish va transport


Download 4.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/171
Sana14.10.2023
Hajmi4.24 Mb.
#1701609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171
Bog'liq
Инженерлик ободонлаштириш ва транспорт Исамухамедова Д У

Fizik-geologik 
jarayon lar
sifatida 
quyidagilami 
keltirish 
mumkin:
• 
shahar hududini atm osfera yong'inlari va daryolam ing 
toshishi natijasida suv bosishi;
• 
sizot suvlari ta ’sirida shahar hududining yomonlashuvi;
• 
shahar hududida jarliklam ing paydo bo'lishi va ulam ing 
rivojlanishi;
• 
ko'chkilar, jarliklar;
• 
shahar tarafga yo'nalgan sel oqimlari;
• 
shahar hududida karst va cho'kish hodisalari;
• 
relyefning suv va shamol erozivasi ta’sirida buzilishi va h.k.
Injenerlik tayyorgarlik 
ishlari tabiiy sharoiti 
noqulay
hududlam i qurilish uchun moslashtirish evaziga shahar hududidan 
samarali foydalanish uchun xizmat qiladi. Bu bilan, ko‘ch a-y o ‘l 
tarm og'i, jam oat transporti va yer osti kommunikatsiya tarm oqlari 
qisqaradi.
Injenerlik tayyorgarligining aniq masalalari hududni tanlashda, 
shaham i loyihalashda texnik-iqtisodiy asosnoma va uning bosh 
rejasini ishlab chiqishda aniqlanadi.
Hududni injenerlik tayyorlashda
asosiy qurilish ishlari 
bo'lib quyidagilami ko'rsatish mumkin:
’ 
yer ishlari;
• 
tashqi (atmosfera) suvlarini qochirishning ochiq va yopiq 
suv qochiigichlam i qurish;
4


• 
sizot suvlarini pasaytirish maqsadida drenaj tizimlarini 
qurish;
• 
hudud sirtini muvozanatda saqlash maqsadida quriladigan 
inshoot (tirgak devor, damba va h.k.) lar;
• jarlik va siljish mavjud bo'lgan hududlarda qiyaliklami 
vertikal rejalash yordamida kuchaytirish va h.k.
H ududda tabiiy sharoitlaming ta’siri darajasi va injenerlik 
tayyoqjarligi ishlaming murakkabligidan kelib chiqqan holda loyiha 
(xarita)larning tarkibi va miqyosi quyidagi chegarada aniqlanadi 
1:10000- 1:25000 (kichik shaharlar uchun 1:5000).
Loyiha tarkibiga quyidagilar kiradi:
— hududni suv bosishi mumkin bo'lgan chegaralarini, grunt 
sharoitlarini, sathi yuqori bo'lgan sizot suvlari mavjud maydonlar
jariiklar, siljish va boshqa tabiiy sharoitlar ko'rsatilgan injenerlik- 
geologik xarita;
— qurilish uchun noqulay hisoblangan, siljish, karst va boshqa 
jarayonlar mavjud m aydonlar ko'rsatilgan hududlam ing sxemasi;
— asosiy bajarilishi lozim bo'lgan, ketma-ketligi ko'rsatilgan 
shahar hududini injenerlik tayyorlash sxemasi.
1.1. Shahar hududida noqulay joylar.
1.1.1. Shahar hududida jariiklar va ularning paydo bo‘lishi.
Jariiklar joyning tabiiy sharoiti hisoblanib, jarliklarning paydo 
bo'lishi va rivojlanishi fizik-geologik jarayonlar natijasida bo'lib, 
hudud sirtini o'zgarishiga va relyefning stabil holatining buzilishiga 
olib keladi.
Jarliklarning paydo bo'lishi tuproq eroziyasi va yer sirtini 
yom g'ir-qor suvlari natijasida yuvilishidir. Bu jarayondan so'ng 
jarlik tubining asta-sekin yuvilishi va chuqurlashuvi hamda 
qiyaliklarining kengayishi ko'zatiladi.
Jarliklarning paydo bo'lishiga qiyaliklaming nishabi va shakli, 
iqlim sharoiti, atmosfera yog'inlari, grunt va madaniy qatlamning 
tafsilotlari, sizot suvlarining mavjudligi va h.k. ta ’sir qiladi.
Jariiklar mavjud hududlarning shaharsozlik nuqtayi nazaridan 
baholash va injenerlik tayyorgarligining vazifalari
Shahar hududida jarliklarning mavjudligi hududni shaharsozlik 
maqsadlarida noqulay yoki alohida noqulayligini tavsiflaydi. 
Faqatgina jarliklarning chuqurligi 3 m dan oshmaydigan, soni
5


unchalik ko‘p bo'lm agan va ulam ing rivojlanishi ko‘zatiimaydig?n 
holatlarda shahar hayoti va qurilish uchun qulay deb e ’tirof etiladi.
Shaharsozlik nuqtayi nazaridan shahar hududida jarliklarning 
mavjudligi va ulam ing rivojlanishi quyidagi sabablarga ko'ra 
shaharsozlik uchun ziddir:
a) shahar hududini 
bo'lib 
q o ‘yadi 
va 
uning 
loyihaviy 
yechimini qiyinlashtiradi;
b) turli 
funksional 
zonalam ing 
o ‘zaro 
aloqasini 
yomonlashtiradi;
d) turaqoy 
hududlarida 
noqulay va 
yaroqsiz joylam ing 
mavjudligi, loyiha, qurilish va ekspluatatsiya iqtisodiga salbiy ta ’sir 
ko‘rsatmasdan qolmaydi;
e) jarliklardan o'tish uchun ko'prik va boshqa inshootlarga 
talab;
0
binolar, inshootlar, ko‘cha-yo‘l va yer osti injenerlik 
tarm oqlarining jariiklar rivojlanishi natijasida buzilishi xavfi;
g) jariiklar rivojlanishini to'xtatish maqsadida m aydonlam i 
quritish bilan m adaniy qatlam ning qurishi va bu narsaning 
ko‘kalamzorlarga, ayrim hollarda binolar ustuvorligiga salbiy ta ’sir 
ko‘rsatadi;
h) 
daryo va vodiy irm oqlarining jarliklardan chiqayotgan 
grunt massasi bilan ifloslanishi.
Shaham i loyihalashda, jarliklarning mavjudligi va ulardan 
foydalanish. loyihalash va qurilish masalalarini yechish jarayonida 
bir necha variantda o'rganiladi:
a) jariiklar! mavjud qurilish va boshqa maqsadlar uchun 
yaroqsiz 
m aydonlam i jarliklam i 
tabiiy holda saqlash 
bilan 
shaham ing um umiy m aydonidan ajratish;
b) jarliklam i shaharsozlik maqsadlarida foydalanish uchun 
yaroqsizligini e ’tiro f etgan holda, ulam ing shahar infrastrukturasiga 
ko‘rsatuvchi xavfini cheklovchi injenerlik tadbirlam i qo'llash bilan 
bu m aydonlam i shaham ing um um iy maydonidan chiqarish;
d) jarliklardan shaharsozlikda maxsus injenerlik tadbirlarini 
bajargan holda foydalanish mumkinligini;
e) jarliklardan shaharsozlikda maxsus injenerlik tadbirlarini 
bajarmagan holda, 
odatdagi obodonlashtirish ishlari orqali 
foydalanish mumkinligini ta ’minlash.
Tabiiyki, qurilish uchun noqulay yerlar shaham ing yoki turar 
joyning um um iy maydoniga kirib, undan shaharsozlik maqsadlarida 
unum li foydalanish uchun bu hududlarda injenerlik tayyoigarligi 
bo'yicha maxsus tadbirlar o'tkazilishi ko'zda tutiladi.
6



Download 4.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling