Вiologiyasi Ovqat hazim qilish sistemasi tuzilishi qorin oyoqli mollyuskalar sinfining boshqa vakillarinika o’xshaydi, faqat ichaklarining bir oz uzunligi bilan farqlanadi. Qon aylanish, nafas olish va nerv sistemasi tuzilishi qorin oyoqlilar sinfiga mos, biroq nerv sistemasi Geophila larga o’xshab yuksak darajada rivojlanmagan. Masalan, ko’payish paytida - neyrosekeret bezlarining faol davrida ham, har bir gangliyni farqlash mumkin. Bu holatni ilk bor, Stinberg Chondrina similis va Vertigo moulinsiana tserebral nerv sistemasini o’rganish davrida aniqlagan. Cochlicopa lubrica ning tomoq oldi halqasi tomoq orqasida joylashgan. Tomoq oldi halqasi tserebral komissur va tsereboro-pedal konnektivning cho’zilishi natijasida tomoqdan oldinga o’tib qoladi. Chig’anoqdan to’liq chiqqan mollyuskani, yorib, orqa tomonidan qaralsa, oshqozonning yuqorigi tomonidagi eng yirik tserebral nerv tuginlari yaxshi ko’rinadi(1-rasm).
3
1
2
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
Сhiziq-chiziq yo’l-oshqozon; 1-pallial nerv; 2-o’ng parietal; 3-aorta; 4-o’ng plevral; 5-pedal; 6-o’ng tserebral; 7-faringeal; 8-bukkal; 9-chap ommatofor retraktori; 10- ko’rish; 11-tserebro – plevral; 12-statotsit 13- chap plevral; 14-chap parietal; 15- palial; 16-vietseral; 17- anal nerv; 18-intestinal nerv.
Bu gangiliylar bir-biri bilan ikkita: oshqozonning ustki qismidan o’tgan baquvat yuqorigi va oshqozonni pastki qismidan o’tgan ingichka-pastki(subtserebral) komissurlar bilan bog’langan. Bu gangiliylar bir-biri bilan ikkita: oshqozonning ustki qismidan o’tgan baquvat yuqorigi va oshqozonni pastki qismidan o’tgan ingichka-pastki(subtserebral) komissurlar bilan bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |