Ochiq arxitektura printsipi


Doimiy xotira (ROM —Read Only Memory)


Download 0.73 Mb.
bet11/24
Sana20.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1627265
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
BLOKLARNI PASSIROVKA QILISHNING TEXNOLOGIYASI VA TEXNIK VOSITALARI

Doimiy xotira (ROM —Read Only Memory)


Dastlab komp`yuter yoqilganda operativ xotirada hech qanday ma`lumotlar saqlanib qolmagan bo`ladi, chunki uning xususiyati shunday. Protsessorga esa, yoqilgan zahoti bajariladigan komandalar kerak. SHuning uchun protsessor maxsus boshlash (start berish) adresiga birinchi komanda uchun murojaat qiladi, bu adres unga doimo ma`lum bo`ladi. Mazkur adres esa doimiy xotiraga ko`rsatadi.
IBM PC turidagi komp`yuterlarda doimiy xotira qismiga ma`lumotlar ushbu mikrosxema tayyorlanayotganda kiritib qo`yiladi. Bu ma`lumotlardan keyinchalik komp`yuter ishlayotganda faqat o`qish uchun foydalaniladi.
Mazkur tur xotirani ko`pincha ROM (read only memory, ya`ni faqat o`qiladigan xotira) yoki PZU (postoyannoe zapominayushee ustroystvo) deb yuritiladi.
IBM PC turidagi komp`yuterlarning doimiy xotirasida kompyuter vositalarini tekshiruvchi, operatsion sistemani (misol uchun MS DOSni) yuklashni amalga oshirish va komp`yuter qurilmalariga xizmat ko`rsatuvchi tayanch ichki (bazali) funktsiyalarni bajaruvchi programmalar joylashgan bo`ladi. Bu funktsiyalarning asosiy qismini kiritish-chiqarish xizmatidagi programmalar tashkil etgani uchun, doimiy xotiradagi mazkur programmalar BIOS (Basic Input Output System, yoki kiritish-chiqarish baza sistemasi) deyiladi.
BIOS da shuningdek kompyuter konfiguratsiyasini sozlovchi SETUP programmasi ham joylashgan bo`ladi. Bu programma qurilmalarning ba`zi bir xarakteristikalarini o`rnatishga (videokontroller, qattiq disk va disket diskovodi, undan tashqari parollar o`rnatish va boshqalarga) xizmat qiladi.
Bu programma ishlashini, komp`yuterni har gal yuklashda va qayta yuklashlarda ko`rish mumkin.
CMOS (yarim doimiy xotira).
Komp`yuterda yarim doimiy xotira degan kichik joyni egallovchi hamda komp`yuter konfiguratsiya parametrlarini saqlovchi xotira qismi ham bor. Bu xotira CMOS (complementary metal-oxide semiconictor) texnologiyasi asosida tayyorlanadi, maxsus akkumlyatorda kichik quvvatda ishlaydi, shuning uchun undagi ma`lumot hech qachon o`chib ketmaydi. SETUP programmasi har gal komp`yuter konfiguratsiyasini sozlaganda, lozim bo`lsa, CMOS xarakteristikalariga o`zgartirish kiritadi. CMOS xotira mikrosxemasi egiluvchan disk, qattiq disk, protsessorlar va hokazolar bo`lib, vaqt va sana to`g`risidagi ma`lumotlarning barisini saqlaydi. SHunday qilib BIOS komp`yuter sistemasining tarkibi to`g`risidagi ma`lumotlarni CMOS xotira mikrosxemasidan o`qiydi, so`ng u qattiq diskka yoki boshqa qurilmalarga murojaat qilishni amalga oshiradi.
Videoxotira. Komp`yuterlarda videoxotira deb yuritiluvchi yana bir tur xotira mavjud, u monitor ekraniga chiqariladigan tasvirni saqlash uchun xizmat qiladi. Bu xotira tasvirni ekranga uzatishni boshqaruvchi elektron sxema (videokontroller) tarkibiga kiradi. Videokontroller alohida plata shaklida tayyorlanadi, gohida esa asosiy ona plata tarkibida ishlab chiqariladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling