Ochiq eshiklar kuni


Download 29.95 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi29.95 Kb.
#1494714
Bog'liq
MAKTAB OCHIQ ESHIKLAR KUNI


ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INISTITUTI MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASINING ANDIJON SHAHAR 52- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABIDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” O'TKAZGANLIGI BO’YICHA
HISOBOT
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022- yil 27- dekabrdagi 87-02-1007- sonli xati ijrosini ta’minlash bo’yicha Andijon davlat pedagogika instituti rektorining 2023-yil 21-yanvar 01-17 sonli buyrug’iga asosan “Maktabgacha ta’limi” kafedrasi professor o’qituvchilari 2023-yil 16-mart kuni dots. Т.Kaziyeva, dots. U.R.Axunov, katta o’qituvchi N.B.Mamadaliyeva va Maktabgacha ta’lim fakulteti dekan o’rinbosarlari M.Alaveddinov va B.Abduqodirovlar Andijon viloyati Andijon shahri 52-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Ochiq eshiklar” kuni o’tkazilish uchun maktabga yetib keldilar.
U yerda maktab direktori Toshboyev Shuhrat Abduraxmonovich va psixolog Xoldarova Surayyo bizni samimiy kutib oldilar va maktab to’g’risida ma’lumotlar berdi. Kafedraning professor-o’qituvchilari shu maktabning 11- sinf 26 nafar bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashib, ular bilan suhbat o’tkazdilar, institut shart-sharoitlari bilan tanishtirib, o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar. O`quvchilar o`zlari qiziqqan pedagogic sohalar haqida to`liq ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Maktab direktori bunday hamkorliklar uzoq davom etishligi va ta’lim-tarbiya jarayoni bo’yicha o’qituvchilarga o’quv-uslubiy jihatdan ko’rsatma va tavsiya berish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Hamkorlik ishlari davomiy olib borilishi haqida kelishildi.


16.03.2023 yil
Download 29.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling