Ochiq kon mashina va mexanizmlarning elektr jihozlari
Download 27.95 Kb.
|
OCHIQ KON MASHINA VA MEXANIZMLARNING ELEKTR JIHOZLARI
OCHIQ KON MASHINA VA MEXANIZMLARNING ELEKTR JIHOZLARI Ko’p kovshli ekskavatorlarning elektr jihozlari va elektr yuritmalari Kon ishlarini ochiq usulda qazib olishda konning geologik va texnik ishlab chiqarish shartlariga muvofiq turli texnalogik sxemalardan foydalanish mumkin. Kon geologik jihatdan tog’ jinslarining mustaxkamlik darajasi past bo’lgan konlarda qazib olish hajmini oshirish uchun uzluksiz qazuvchi mashinalardan foydalanish har tomonlama samaralidir. Uzluksiz qazib olish mashinalarini qo’llash sxemalari ham turlicha bo’lib ularni,ularni qo’llash sxemasi texnalogik sxemasi konning texnalogik sxemasiga muvofiq amalga oshiriladi. Uzluksiz qazib olish mashinalariga zanjirli,rotorli,eskaltorli ekskavatorlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Konchilik sanoatida ko’mir rudasini hamda sanoat xom ashyolari qazib olishda rotorli ekskavatorlardan keng miqyosda foydalaniladi.Rotorli ekskavatorlarni kon ishlarida qo’llanishining asosiy avzalligi uning qazib olish hajmi kattaligi hisoblanadi. Rotor g’ildiragining elektr yuritgichi. ЕРШР-160. ЕРШР-160 ekskavatorining rotorli g’ildiragi yuritgichning boshqaruv sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan. 1-rasm Yuritgich dvigatel M uchun elektr ta’minoti uchun bosh qutblardagi ikki chulg’amli qo’zg’atgichli generatorlardan foydalaniladi. Ikkita bir xil L1G va L2G yarimchulg’amlar mustaqil holatda, hamda L3G chulg’am parallel holatda ulanib generatorning o’zqo’zg’atishini tahlil qiladi,shuningdek bu chulg’amlar nominal rejimdagi generatorning umumiy MYK (МДС) sini 30 % ini tashkil qiladi. Mustaqil qo’zg’atish chulg’ami OB uch fazali bir kontaktorli MY(magnit kuchaytirgich)dan ikkita UL1 UL2 kontaktlaridan elektr ta’minoti oladi.Magnit kuchaytirgich (MY) boshqaruvida 4 chulg'amdan foydalaniladi.Ularda L1 UL1 va L1UL2 chulg’amlar UL1 va UL2 chiqishdagi kuchaytirish signalining aralash xarakteristikasini boshqaradi,qolgan chulg’amlar esa magnit kuchaytirgich uchun kirish signallarini boshqaradi. Elektr yuritgichni avtomatik boshqarish berk tizimdafgi umumlashtirilgan kuchaytirgichlardan foydalaniladi. Download 27.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling