Ochiq o‘zanlarda suvning ta’biiy filtratsiya jarayonlarida yo‘qolishi a. R. Babayev, A. J. Obidjonov Kalit so‘zlar


Download 27,6 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi27,6 Kb.
#1464873
  1   2
Bog'liq
Obidjonov maqola TEZIS


OCHIQ O‘ZANLARDA SUVNING TA’BIIY FILTRATSIYA JARAYONLARIDA YO‘QOLISHI
A.R.Babayev, A.J. Obidjonov
Kalit so‘zlar. Suv, ochiq o‘zan, filtratsiya, sizish, rayonlashtirish, tuproq.
Jahon hamjamiyati bo‘yicha suvga bo‘lgan muammolarning ko‘payib borishi, suv xo‘jaligi muamolarini yechishni yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishni talab qiladi. Suvni bir joydan ikkinchi joyga uzatishda foydalaniladigan ochiq o‘zanlarda ortiqcha suv yo‘qotishlari kuzatiladi.
Atmosfera havosining keskin o‘zgarishi suv zaxiralariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik suv hajmi 3048 m3 dan 1589 m3 gacha kamaydi. Ochiq o‘zanlar ishnochliligi va unimdorligini oshirish chora tadbirlari, yo‘llari, usulari muhum masalalardandir. Suvni behuda yo‘qolishi ichimlik suvlari zaxirasi, o‘simlik dunyosi hamda ekin maydonlarini kamayishiga va yana bir qator sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv yo‘qotishlari ochiq o‘zan tubidagi har xil tuproq turlarida turlicha bo‘ladi. Tuproqlarni turlarga ajratish filtratsiya jaroyonini kamaytirish ishlarini olib borish tartibini belgilab olishga va suvdan to‘g‘ri foydalanishga imkon beradi.
Ochiq o‘zanlarni gidravlik samaradorligini yanada takomillashtirish hozirgi kunda muhim vazifa hisoblanadi. Bugungi kumda mamlakatimizdagi qoplamasiz ochiq o‘zanlarning gidravlik samaradorligi 65-80 % oralig‘ini tashkil etadi. Bundan shuni bilish mumkunki 10-35 % suv ochiq o‘zanlarda sizilish orqali yo‘qoladi. Ochiq o‘zanlar zaminidagi suv sizib yo‘qolishini aniqlash, filtratsiya jarayonini o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Filtratsiya deganda, gruntdagi g‘ovak va yoriqlari orqali suvning harakatlanishiga aytiladi. Filtratsiya jarayoni guruntning suv o‘tkazuvchanligini ifodalovchi koeffitsiyent hisoblanadi (1-jadval).
Filtratsiya oqimining suv sarfi quydagicha topiladi
Q=Kf·ω·J
bu yerda, Kf filtratsiya koeffitsiyenti; ω – gruntning zarrachalari va g‘ovakliklari bilan birgalikdagi ko‘ndalang kesim yuzasi; J – bosim gradiyenti.
1-jadval

1

Grunt

Kf, sm/kun

2

Galechnik:
yuvilgan
qum

≥0,1
0,1…0,2

3

Qum:
yirik zarrali
mayda zarrali
gilli

0,05…0,01
0,005…0,001
0,002…0,0001

4

Qumoq:
zich
g‘ovak

0,0005…0,0001
0,005…0,001

5

Sog‘ tuproq

≤0,0001

6

Gil

≤0,000001

Ochiq o‘zanlarda suv yo‘qotilishini oldini olish va ularning suv o‘tkazish samaradorligini oshirish zarur masalalardandir. Ochiq o‘zanlarda filtratsiya jarayonini kamaytirish uchun suv o‘tkazmaydigan ekranlar bilan o‘zanlarni qoplash ishlari amalga oshiriladi (1-rasm).

1-rasm. Ochiq o‘zanlarni polimer plyonka va beton bilan qoplash
O‘zanlarni suv o‘tkazmaydigan qoplamalar bilan qoplashning mavjud usullari murakkab vazifa hisoblanadi shuning uchun filtratsiya jarayoninig kamaytirishning inavotsiyon yechimini aniqlash talab etiladi.
Mazkur maqolamizda shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ochiq o‘zanlardagi suv yo‘qotilishlarini oldini olish uchun xozirgi kunda polimer plyonka va beton qoplamalaridan foydalanilmoqda. Polimer plyonka qoplamalari arzon lekin uzoq muddatli emas, beton qoplamalari tan narxi qimmat bo‘lgani bilan uzoq muddatga ishlab beradi, tejalgan suv yordamida aholini va sug‘orish maydonlarini suv bilan ta’minlashga erishiladi.

Download 27,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling