Ochiq tanlov fani (pedagogika va psixologiya) “dasturiy injiniring” fakultetining
Download 174.38 Kb.
|
Muomala texnikasi va strategiyasi
Rivoyat qilishlaricha: Qadimda bir podshoh o'z xizmatkorlariga: "Menga qo'y go'shtining eng shirin joyidan pishirib kelti-ring", deb buyruq beribdi. O'ylab o'ylariga yetolmagan xizmatkorlar vazirga murojaat etibdilar. Vazir ham bu jumboqni yecholmay boshi qotibdi va o'zining aqlli, dono, ko'p kitob o'qib ulg'aygan qizidan so‘rabdi. Qiz: "Qo'yni so'yib, uning tilini podshohimizga pishirib keltiring", debdi. Ular xuddi shunday qilishibdi. Ertasiga podshoh: "Qo'y go'shtining eng achchiq joyidan pishirib keltiring", debdi. Xizmatkorlar yana hayron qolishibdi. Vazirning qizi esa: "Yana bir qo'yni so'yib, tilini pishirib beringlar", debdi. Ular yana xuddi shunday qilishibdi. Podshoh bunday aqlning kimdan chiqqanini surishtirib bilgach, qizga, uning aqlu-farosatiga ofarinlar aytib, katta to'y-tomoshalar bilan uni o'g'liga olib beribdi. Ha, shirini ham til, achchig'i ham til. Xalqimizda "Sevdirgan ham til, bezdirgan ham til", degan ajoyib naql bor.Shirin til, mulohaza, mushohada bilan samimiy muomalada bo'lishga odatlanish, har bir insonning, ayniqsa, hayotimiz fayzi bo'lgan xotin-qizlarning, onalarning eng asosiy fazilati burchlaridir. Agar qiz bola go'zal bo'lsa-yu, muomalasi qo'pol, zardali yoki beandisha bo'lsa, bitta so'z bilan atrofdagilar dilini og'ritsa, shubhasiz, uni hech kim, hech qachon yaxshi inson safiga qo'shmaydi, hattoki undan insonlarning ko'ngli qoladi.Shirin til, mulohaza, mushohada bilan samimiy muomalada bo'lishga odatlanish, har bir insonning, ayniqsa, hayotimiz fayzi bo'lgan xotin-qizlarning, onalarning eng asosiy fazilati burchlaridir. Agar qiz bola go'zal bo'lsa-yu, muomalasi qo'pol, zardali yoki beandisha bo'lsa, bitta so'z bilan atrofdagilar dilini og'ritsa, shubhasiz, uni hech kim, hech qachon yaxshi inson safiga qo'shmaydi, hattoki undan insonlarning ko'ngli qoladi. Darhaqiqat, hech narsa kishi aqlini muomalachalik namoyon etmaydi. Qizlar o'zlariga qanchalar oro bermasinlar, muomala madaniyatini, muomala san'atini bilmasalar, hech qachon o'zgalar hurmat-e'tiboriga sazovor bo'lolmaydilar. Yoshlikdan noo'rin, qo'pol, ibosiz so'zlarni tilga olmaslikka odatlangan ma'qul. Chiroyli, ma'noli, kishi ruhini ko'taradigan so'zlar bilan fikrni izhor qilishga, deyarli hammaga sizlab gapirishga o'rgansangiz hayotda, mehnatda o‘z o‘rningizni topib ketasizDownload 174.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling