OCHIQ TANLOV FANI (PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA)
“DASTURIY INJINIRING” FAKULTETINING
“DASTUR INJINIRING” YO’NALISHI
Mustaqil ishi
653-20 GURUH TALABASI ISROILOV MURODJON
FANIDAN TAYYORLAGAN
Topshirdi: Isroilov Murodjon
Qabul qildi: Rajabova X
Farg’ona 2023
Mavzu: Muomala texnikasi va strategiyasi MUOMALA ODOBI Muomala odobi _ bu inson ko'rki bo'lib, insonga bo'lgan samimiy mehr-muruvvat mezonidir. Bu mezonga izchil amal qilish odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, o'zaro ishonchni mustahkamlaydi. Odamlar o'rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala in son yuragini ko'zguda aks etgandek namoyon etadi. Kishining so'zidan, muomalasidan uning qanday odam ekanligini bilib olish qiyin emas. Inson kamolotida, hayot rivojida, ish yuritishda, odamlar sihat-salomatligini muhofaza qilishda muomala asosiy omildir. "Bug'doy noning bo'lmasa ham, bug'doy so'zing bo'lsin", deydi xalqimiz Rivoyat qilishlaricha: Qadimda bir podshoh o'z xizmatkorlariga: "Menga qo'y go'shtining eng shirin joyidan pishirib kelti-ring", deb buyruq beribdi. O'ylab o'ylariga yetolmagan xizmatkorlar vazirga murojaat etibdilar. Vazir ham bu jumboqni yecholmay boshi qotibdi va o'zining aqlli, dono, ko'p kitob o'qib ulg'aygan qizidan so‘rabdi. Qiz: "Qo'yni so'yib, uning tilini podshohimizga pishirib keltiring", debdi. Ular xuddi shunday qilishibdi. Ertasiga podshoh: "Qo'y go'shtining eng achchiq joyidan pishirib keltiring", debdi. Xizmatkorlar yana hayron qolishibdi. Vazirning qizi esa: "Yana bir qo'yni so'yib, tilini pishirib beringlar", debdi. Ular yana xuddi shunday qilishibdi. Podshoh bunday aqlning kimdan chiqqanini surishtirib bilgach, qizga, uning aqlu-farosatiga ofarinlar aytib, katta to'y-tomoshalar bilan uni o'g'liga olib beribdi. Ha, shirini ham til, achchig'i ham til.
Do'stlaringiz bilan baham: |