“Ochko`z” Algoritmlar. Kruskal algoritmi. Prima algoritmi. Xoffman daraxti


Download 222.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi222.03 Kb.
#1559012
1   2   3
Bog'liq
Ochko\'z algoritmlar

 
Kruskal algoritmi 
Algoritm g`oyasini ifodalaylik. Avval daraxt qirralarining to`plami bo`sh 
deb e’lon qilinadi. Shundan so`ng mumkin bo`lgunga qadar keyingi amal bajariladi: 
barcha qirralardan, ularni mavjud to`plamga qo`shilishi sikl paydo bo`lishiga olib 
kelmaydigan qirralardan, eng arzon (eng kam xarajatli) qirrasi tanlab olinadi va 
mavjud to`plamga qo`shib qo`yiladi. Bunday qirralar qolmaganida, algoritm 
tugallanadi va biz dastlabki grafni barcha uchlariga ega bo`lgan grafostisini hosil 
qilamiz. Ushbu grafostisida sikllar bo`lmasligidan, u eng arzon (eng kam harajatli) 
daraxt bo`lib, uning boshqacha nomini ostov daraxti deb yuritiladi. Algoritmni 
yaqqol tasavvurini misolda amalga oshiramiz va barcha jarayonni bosqichma-
bosqich sxematik tarzda ifodalaymiz. Dastlabki graf 11.1.rasmda keltirilgan 
11.1.rasm 



10 C 



12 9 
6
15 


13 11 


Grafning har bir qirrasi ma’lum vaznga ega bo`lib, ostov daraxtini qurishda 
biz aynan qirralar vaznidan kelib chiqamiz. Buning uchun qirralarni vaznlari 
bo`yicha tartiblaymiz. Eng arzon 5 qiymatli qirra AB daraxt to`plamining birinchi 


elementi bo`ladi va keyngi AG, CD, AC, GF, DE qirralar qiymati bo`yicha daraxtga 
qo`shib boriladi 
1-bosqich chizma AB ni tanlash 
2-bosqich chizma AG ni qo`shish 
3-bosqich chizma CD ni qo`shish 
4-bosqich chizma AC, GF larniqo`shish 
5-bosqich chizma DE ni qo`shish. 
Qolgan qirralardan ixtiyoriysini berilgan daraxtga qo`shilishi sikllar xosil 
bo`lishiga olib keladi. Demak aynan shu daraxt qidirilayotgan ostov daraxti bo`ladi. 
Bayonimiz to`liq bo`lishi uchun dastlabki grafni shunday tasvirlaymizki, ostov 
daraxtining qirralari tekis-uzluksiz chiziqlar bilan, qolgan qirralar punktir chiziqlar 
bilan chizilgan bo`ladi. 
11.2 rasm. 






Grafning ostov daraxtini qurishning yana bir usulini ko`raylik. 

Download 222.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling