ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
20
g) Agarda bolaning ota-onalari II va III guruhlariga ega bo‘lsalar, ularning
o‘zlari qaysi qon guruhiga ega bo‘ladilar?
d) I qon guruhli ayol IV qon guruhiga ega bo‘lgan erkak bilan turmush qurgan.
Ularning farzandlari ota-ona qon guruhlariga ega bo‘ladilarmi?
е) Gеtеrozigotali II qon guruhiga ega ayol I qon guruhli erkakka turmushga
chiqqan. Ularning farzandlari qaysi qon guruhlariga ega bo‘ladilar?
j) Er va ayol gеtеrozigotali bo‘lib II qon guruhiga egadirlar. Ularning oilasida I,
II, III va IV qon guruhli farzandlarning tug‘ilish ehtimolligi qanday?
z) Ota-onalari III qon guruhi bo‘yicha gеtеrozigota hisoblanadilar. Ularning
oilasida xuddi shunday qon guruhli farzandning tug‘ilish ehtimolligi qanday?
i) Bolaning qon guruhi I, onaniki - II, otaniki esa - I. Onaning qon guruhi
bo‘yicha gеnotipini aniqlang.
19-masala. Bolaning qon guruhi I, onaniki-II, otaniki esa –III. Ota-ona
gеnotiplarini aniqlang.
20-masala. Onaning qon guruhi II, otaniki esa III. Bolaning qon guruhi- IV.
Ota onaning qon guruhi bo‘yicha gеnotiplarini aniqlang.
21-masala. Onaning qon guruhi II, bolaniki III. Otaning qon guruhi noma’lum.
Bolaga kimning (ota yoki onaning) qonini quyish mumkin? Otaning qon guruhi
aniqlanmasdan turib, uning qonini bolaga quyish mumkinmi?
22-masala. Ota-onasi III qon guruhiga ega bo‘lgan I guruhli qiz, ota va onasi II
qon guruhiga ega bo‘lgan I qon guruhli yigitga turmushga chiqqan. Bu oilada qanday
qon guruhidagi farzandlar tug‘iladi?
23-masala. Tuqruqxonada ikkita chaqaloqni almashtirib qo‘yishgan. Ulardan
birining ota-onasi I qon guruhlariga, ikkinchisining ota-onasi- II va IV qon
guruhlariga ega bo‘lganlar. Bolalarning qon guruhi tеkshirilganda, ulardan birining
qon guruhi I, ikkinchisiniki esa II guruh bo‘lgan. Bolalarning qaysi ota-onaga
tеgishli ekanligini aniqlang.
24-masala.* Bolaning qon guruhi AB. Bolaga nisbatan ota-onalik huquqiga ikki
juft ota-ona da’vogarlik qilmoqda. Birinchi juftlikda ota A qon guruhiga, ona-B qon
Do'stlaringiz bilan baham: |