ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
30
musbat. Sud meditsina ekspertizasi bolalarning birini nikohsiz tug‘ilganligini
aniqladi. Ikki juft allelning qaysi biri bo‘yicha otalik huquqi bekor qilinadi?
v) Ota II qon guruhi va musbat rezus-faktoriga, ona IV qon guruhi va manfiy
rezus-faktorga ega. (ota-onalardan birining otasi I qon guruhi va manfiy rezus-
faktorga ega). Bu oilada qanday qon guruhli va rezus-faktorli bolalar dunyoga keladi?
g) O‘g‘il kimning qon guruhiga ega bo‘ladi, agarda ona I qon guruhli va manfiy
rezus-faktorli, ota III qon guruhli va musbat rezus-faktorga ega bo‘lsalar. Ota har ikki
belgi bo‘yicha geterozigotali.
Masalaning yechilishiga o‘tishdan oldin odam qonida rezus-faktor antigeni
haqida to‘xtalib o‘tamiz. Rezus-faktor - odam va Hindiston, Janubi-Sahrqiy Osiyoda
tarqalgan makaka maymunlari qonining eritrotsitlarida bo‘ladigan antigen. Rezus-
faktor bor yoki yo‘qligiga qarab rezus musbat (Rh
+
odamlarning 85%) va rezus
manfiy (Rh
-
odamlarning 15%) organizmlarda ajratiladi. Rezus-faktorning qon
quyishda ahamiyati katta. Rezus manfiyli odamlarga rezus musbatli odamlarning
qoni quyilsa yoki rezus-manfiy ayolning homilasi rezus musbatli bo‘lsa, immun
kasallik (chaqaloqlarning gemolitik kasalligi va boshqalar) vujudga kelishi mumkin.
Bunday holatarni aniqlash va davolash hozir yaxshi yo‘lga qo‘yilagan. Tug‘ruq
vaqtida, shuningdek, qon quyishda qon guruhi kabi, rezus-faktor ham hisobga olinishi
shart.
Masalaning yеchilishi.
Belgi
gen
Rezus-faktor musbat- Rh
+
D
Rezus-faktor manfiy- Rh
-
d
II qon guruhi
AO
III qon guruhi
BB
a) P.
♀
Dd AO x
♂
Dd BB
Rezus-faktor geterozigota Rezus-faktor geterozigota
II qon guruhi
III qon guruhi
g: DA DB
DO dB
dA
dO
Do'stlaringiz bilan baham: |