Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
19 
Rezus faktor – monogen yo‘l bilan nasldan-naslga o‘tadigan ya’ni bir juft 
dominant (Rh
+
) va retsessiv (rh
-
) allelga bog‘liq bo‘lgan qon xususiyati.
Rh qon guruhida ahvol bir muncha og‘irroq, chunki bu qon guruhi yangi 
tug‘ilgan chaqaloqlarda, homilada yuzaga keladigan og‘ir kasallik – gemolitik zarcha 
bilan bog‘liq. Bu kasallik eritrotsitlarning buzilishi bilan, ya’ni ona va homila qoni 
orasidagi reaksiyaga bog‘liqdir. Rh qon guruhi bo‘yicha yer yuzi aholisining 85 foizi 
Rh musbat (Rh
+
), 15 foizi esa manfiy (Rh
-
) bo‘ladi. Rh
-
ayol, Rh
+
erkak orasidagi 
nikohda tug‘ilgan bolalar qon guruhi Rh
+
bo‘ladi. Rh bo‘yicha musbat murtak 
eritrotsitlari ona qoniga o‘tadi, antitelalarni hosil qiladi. Bu antitelalar esa, 
murtakning eritrotsitlarining erishiga olib keladi va homila kasallanadi. Bu hol 13 % 
nikohda uchraydi. Bunday nikohdan tug‘ilgan birinchi bola sog‘lom bo‘lishi, keyingi 
homilalarning tug‘ilishini xavf ostiga qo‘yadi. Buning sababi shundaki, har bir 
homiladorlikda ona qonida antitelalar ko‘payib boradi va natijada ona qoni bilan 
homila orasida antogonizm yuzaga keladi. Tug‘ilgan bolani saqlab qolish uchun, 
tezda bolaga qon qo‘yiladi. 
ABO tizimda antitelalar odamda tabiiy holda bo‘ladi. Rh tizimda esa antitelalar 
immun reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Rh ning antigenlari birinchi marta Rhesus 
makkaka maymunlariga qon quyish vaqtida 1940-yilda aniqlangan. Maymunlarga 
qon quyish vaqtida antigenlarga qarshi antitelalar hosil bo‘lganligi kuzatilgan.
Qon genetikasi to‘g‘risida bilimlarning to‘plami kelajakda bir qator 
muammolarni, jumladan homila va chaqaloqning otasi kim ekanligini aniqlash 
imkoniyatini beradi. 
18-masala. a) I qon guruhiga ega bo‘lgan ayol gomozigotali II qon guruhiga ega 
bo‘lgan erkak bilan turmush qurgan. Ularning oilasida farzand tug‘ilgan. Bu farzand 
qaysiqon guruhiga va qanday gеnotipga ega. 
b) I qon guruhiga ega ayol gеtеrozigotali III qon guruhiga ega erkakka 
turmushga chiqqan. Ularning farzandlari qaysi qon guruhiga ega bo‘ladilar. 
v) Ona I
A
gеni bo‘yicha gomozigota, ota esa I
B
gеni bo‘yicha gomozigota. 
Ularning farzandlari qaysi qon guruhiga ega bo‘ladilar?



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling