Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
76 
Semizlik asoratlari. Semizlik borasida olib borilgan ilmiy izlanishlar gormonal 
buzilishlarni aniqlab berdi. Ma’lum bo‘ldiki, semizlik sindromida bir qator fiziologik, 
metabolik va klinik turdagi buzilishlar mavjud. Inson tanasida ortiqcha vazn 
ko‘paygani sayin ichki a’zolar faoliyati qiyinlashib boraveradi. Masalan, yurak qon 
haydashga, jigar zaharlarni tozalashga, endokrin bezlar esa organizmni kerakli 
miqdordagi gormonlar bilan ta’minlashga qiynaladi. Ortiqcha vazn va semizlik 
salomatlikka zararli ta’sir ko‘rsatib, bir qator surunkali kasalliklarga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Hozirgi kunda olimlar va shifokorlar odamda vazn yetishmovchiligi yoki 
semizlikni aniqlash uchun maxsus formuladan foydalanadilar. Buni hisoblash uchun 
butun dunyoda Tana og‘irligi ko‘rsatkichi (TOK) qabul qilingan. Quyidagi formula 
yordamida vazningiz ko‘p yoki kamligini bilib olishingiz mumkin:
TOK
1
= vazn (kg) : bo‘y (m)

Aytaylik, vazningiz 90 kg, bo‘yingiz 1,68 sm. Demak, TOK

= 90 : (1,68 x 
1,68) = 32,1. Ko‘rinib turibdiki, siz I darajali semizlikka chalingansiz (3-jadval). 
Hozirgi kunda butun dunyo bo‘yicha shifokor terapevt, pediatr, endokrinolog, 
ginekologlar ushbu jadvaldan samarali foydalanishmoqda. 
4-jadval 
Ko‘rsatkich 
Erkaklar 
Ayollar 
Vazn yetishmovchiligi 
19 
19 
Me’yoriy vazn 
19-25 
19-24 
Ortiqcha vazn 
26-29 
25-29 
I darajali semizlik 
30-34 
30-34 
II darajali semizlik 
35-39 
35-39 
III darajali semizlik 
39 
39 
 
Tibbiyot fanlari doktori, professor 
Tohir IBRAGIMOV 
 



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling