Oda genetikasiga doir masalalar to’plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami
ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI
78 farzandning irsiy kasalliklarga moyilligini aniqlashda genoterapiya yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Kriminalistikada esa genom texnologiyalar nizoli ota-onalik masalalarida qatiy xulosa olish imkoniyatini yaratdi. Bu uslubning asosida tekshiruv ob’ekti molekulyar tuzilishi, morfologik va funksional xossalari, shuningdek, hayoti davomida yuz beradigan o‘zgarishlar haqidagi axborotni o‘zida mujassam etgan DNK (Dezoksiribonuklein kislota) moddasi yotadi. Spiralsimon tuzilishga ega bo‘lgan bu modda odam paydo bo‘lgan kundan boshlab to uning biologik o‘limidan keyin ham suyak qoldiqlarida saqlanishi mumkin. Bir tuxumdan rivojlangan egizaklardan tashqari yer yuzida yashaydigan barcha odamlarning DNK tizimi turlicha bo‘ladi. Har bir hujayradagi DNK miqdorining 98 foizi yadroda joylashadi (yadro DNKsi). Qolgan 2 foizi hujayradan tashqaridagi mitoxondriyalarda joylashganligi sababli ular mitoxondrial DNK deb yuritiladi. Shunisi qiziqarliki, mitoxondrial DNK bolaning jinsi erkak yoki ayol bo‘lishiga qaramay, nasldan naslga uzatiladi va kriminalistikada ona avlod bo‘yicha shaxslarning qarindoshligini isbotlovchi omillardan biri hisoblanadi. Yadro DNKsi hujayra yadrolarida murakkab tuzilishga ega xromosomalar holatida bo‘ladi. O‘z navbatida, xromosomalar genlarga, ular esa lokus (qism)larga bo‘lingan bo‘ladi. Somatik (tana) hujayralarda ular soni 46 ga teng - 22 juft gomologik xromosoma yoki autosoma va bir juft odam jinsini belgilovchi xromosoma. Jinsiy hujayralarda xromosomalarning soni ikki barobar kam bo‘ladi va 23 tani tashkil etadi. Ayollarda ular bir juft X deb yuritiladigan xromosomalardan tashkil topgan bo‘lib, XX deb belgilanadi. Erkaklarda esa X xromosoma bilan birgalikda Y xromosoma bo‘lib, XY deb belgilanadi. Y xromosoma ota avloddan erkak jinsidagi bolalarga o‘zgarmas holatda o‘tadi va kriminalistikada ota avlod bo‘yicha shaxslarning qarindoshligini isbotlovchi omillardan biri sanaladi. Urug‘lanish jarayonida ayol va erkak jinsiy hujayralari (urug‘ hujayra va tuxum hujayra)ning o‘zaro birlashish hodisasi yuz beradi va homila (bola)ning autosoma va jinsiy xromosomalar jufti tiklanadi. Bu har bir odam yadro DNKsining 50 foizi ota va 50 foizi ona yadro DNKsidan tashkil topishidan dalolatdir. Ushbu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling