Oda genetikasiga doir masalalar to’plami


ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/55
Sana15.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1269799
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-Odam gеnеtikasiga doir masalalar to‘plami

ODAM GENETIKASIGA DOIR MASALALAR TO‘PLAMI 
79 
qonuniyat kriminalistikada yaqin qarindoshlikni aniqlash masalalarini hal etishda 
qo‘llaniladi. 
DNK tahlili bir necha kunni o‘z ichiga oladigan murakkab jarayondir. Bu 
tahlilning negizida Nobel mukofoti laureati Myullisning PZR (polimer zanjir 
reaksiyasi) deb nomlangan molekulyar-genetik uslubi yotadi. Hozirgi kunda bu uslub 
jinoyat sodir etilgan joyda aniqlangan biologik izlarni, shaxsi noma’lum jasadlarni va 
yaqin qarindoshlikni aniqlashga asoslangan gen daktiloskopiyasida asosiy uslub 
hisoblanadi. Bu turdagi tahlil zamonaviy texnik uskuna va murakkab kompyuter 
dasturlarini bosqichma-bosqich qo‘llash orqali o‘tkaziladi. Birlamchi bosqichda 
kimyoviy unsurlar va murakkab texnik vositalar yordamida DNK ajratib olinadi, 
oqsil va yot moddalardan tozalanadi, sifat miqdori aniqlanadi. Ikkilamchi bosqichda 
har bir odamning o‘ziga xos bo‘lgan gen uchastkalari million nusxagacha polimer 
zanjir reaksiyasi uslubini qo‘llagan holda ko‘paytirib olinadi. Uchinchi bosqichda 
maxsus biokimyoviy uslub va kompyuter dasturi yordamida tekshirilayotgan 
shaxsning avval spektrlar ko‘rinishidagi, so‘ngra son ko‘rinishidagi genetik pasporti - 
genotipi aniqlanadi. To‘rtinchi bosqichda solishtirma qiyosiy tahlil o‘tkaziladi va 
bunda taxmin etilayotgan ota, ona va bolaning genotiplari solishtiriladi. 
Yuqorida qayd etilganidek, urug‘lanish davrida urug‘ hujayra va tuxum hujayra 
birlashadi. Ushbu jarayonda homila (bola)ning har bir DNK lokusi otadan bitta va 
onadan bitta allel (son ko‘rsatkichidagi nukleotidlar ketma-ketligi)ni oladi, ya’ni 
farzandning tekshirilgan har bir DNK lokusining “genetik raqamli ko‘rinishi” 
aniqlanadi va uning har bir lokusi ikkita raqamdan - biri otadan, ikkinchisi onadan 
olingan allellardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Tekshiruv yakunida olingan genotiplar bo‘yicha “Odam DNKsi sud biologik 
ekspertizasi” laboratoriyasida ishlab chiqilgan “DNAExpert” maxsus kompyuter 
dasturi yordamida otalik va onalikning ehtimollik darajasi sanab chiqiladi. Xalqaro 
standartlarga binoan otalik tasdiqlangan holatlarda bu ko‘rsatkich 99,99 foizdan kam 
bo‘lmasligi lozim. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling