Odam anatomyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 49.55 Kb.
|
Endokrin tizimi filogenezi va buzilishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADENOGIPOFIZ GIPERFUNKSIYASI BILAN KECHUVCHI KASALLIKLAR
Gipoflz kasalligi
Gipofiz — asab va endokrin sistemalarini bog’lovchi inkretor organdir. U gormonlar ishlaydi, o’zida ularni zaxira holda saqlaydi va ajratadi. Adenogipofizda jinsiy balog’atga yetishni, homilador-likni normal kechishi belgilovchi bir guruh trop gormonlar, organlarning proporsional o’sishini ta'minlovchi follikulani rag’batlantiruvchi gormon (FSG) lyutinlovchi (sui ajralishini rag’batlantiruvchi), (LG), (AKTG), (adrenokor-tikotrop) tireotrop gormon-TTG va bir qator boshqa gormonlar ishlab chiqariladi. Neyrogipofizdan qonga ikki gormon-ADG yoki vazopressin va oksitosin ajraladi. ADG buyrak kanalchalarida suv reabsorbisiyasini kuchaytiradi, uning ortiqcha miqdori esa buyrak kalavachalari qon tomirlarini toraytiradi va ularda arterial bosimni orttiradi. Oksitosin ayollar jinsiy sistemasi faoliyatida fiziologik jarayonlarni boshqaradi, homiladorlikdagi bachadonni qisqarish funksiyasini kuchaytiradi. ADENOGIPOFIZ GIPERFUNKSIYASI BILAN KECHUVCHI KASALLIKLAR Bu kasalliklar biror gormon ishlanishining yoki bir guruh, hatto barcha trop gormonlar hosil bo’lishining ortib ketishi bilan ta'riflanadi. Odatda bunday giperfunksiya ocsmalar o’sishi bilan, ko’pincha adenogipofiz adenomasi bilan bog’liq bo’ladi. Agar bu vaqtda jinsiy gormonlar ko’p hosil bo’lsa, muddatidan oldin, ko’pincha 8—10 yoshlarda balog’atga yetish kuzatilib, u odatda jismoniy va ruhiy yetilmaslik bilan birgalikda ketadi. Isenko-Kushing kasalligida ko’plab miqdorda AKTG ishlab chiqarilib, u buyrak usti bezlari po’stloq qismi gipefunksiyasiga olib keladi. TTG ni ortiq darajada ishlab chiqarilishi qalqonsimon bezning gipofizar xilidagi giperfunksiyasiga (gipertireozga) olib keladi. Gipofizning asidofil adenomasida o’sish gormonining paydo bo’lishi kuchayadi. Uni ko’plab miqdorda qonga o’tishining ta'siri yoshga bog’liq bo’ladi. «Bolalik» yoshida to’qimalarning o’sishga nisbatan qobiliyati saqlangan vaqtda, gipofizar gigiantizm rivojla-nadi. Jismoniy rivojlanishning og’ir buzilishlari kuzatiladi. Bcmor bo’yi yoshiga mos kelmaydi: 8—9 yoshda u 200 santimetrni, 20 yoshdan sung 250—270 santimetrni tashkil etadi. Shuning bilan bir qatorda mushaklar zaifligi, elka kichikligi, ko’krak ichkariga tortganligi xarakterli bo’ladi. Jinsiy belgilar yetarli rivojlanmagan, farzand ko’rish funk-siyasi pasaygan bo’ladi. Odatda qandli diabet belgilari rivojlanadi. Yuqumli kasalliklarga nisbatan bardoshlilik kamayadi. Katta yoshdagi kishilarda o’sish gormoni ko’payishida akromegaliya kasalligi paydo bo’ladi: bunda tananing ayrim qismlari, o’sish qobiliyatini saqlagan qism-lari — quloq suprasi, lab, jag’, chakka suyaklari, qo'1, oyoq panjalari razmeFi kattalashadi. Ichki organlar razmeri 2— 4 martaga kattalashadi. Qoidaga muvofiq bemorlarda qandli diabet, jinsiy funksiyalaming pasayishi bo’ladi, ular tez qariydilar Akromcgaliya. o’ngda — sog’lom, chapda akromegaliya. Download 49.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling