Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi


Shaxsning faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‘atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‘rganadi


Download 20.48 Kb.
bet2/4
Sana19.04.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1365828
1   2   3   4
Bog'liq
Shaxsning psixologik xarakteristikasi

Shaxsning faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‘atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‘rganadi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir.
Inson shaxsning xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik-shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o‘xshashlarning yigindisiga bog‘liq. Bularning hammasini birga qo‘shib, mujassamlashtirsak ikita bir xil odam bo‘lmagan va bo‘lmaydi.
Har bir odam o‘ziga mansub bo‘lgan sinf millatiga xos. Ko‘pgina umumiy sifatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu sifatlar uni takrorlanmas individuallikga aylantiradi. Olamda bir xil kishi yo‘q. Individullaik kishining o‘ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirigan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisobalanadi, xolos.
Ma’lumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‘qishda, ishda, davrada) bo‘ladi. Har bir guruhda o‘ziga xos ba’zan butunlay bir-biriga o‘xshamaydigan rollarni o‘ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‘pincha odam turli vaziyatlarda o‘xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama-qarshi ko‘ringan xususiyatlarning namoyon bo‘lishida umumiylik bor. Ana shu shaxs sifatlarning bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatadi.
Shaxsning psixologik ko‘rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‘zini tutishi o‘zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma’lum vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini oldindan belgilashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.


Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling