Odam fiziologiyasi


muhimdir.  Zamonaviy  texnika  bunday  imkoniyatni  muhayyo  qilib  berdi


Download 5.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
#21120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70

muhimdir.  Zamonaviy  texnika  bunday  imkoniyatni  muhayyo  qilib  berdi. 

Ayni  vaqtda  k o ‘p  turli  jarayonlami  kuzatish  natijalarini  tez  tahlil  qilish  va 

bu  jarayonlaming  qonuniy  nisbatlarini  aniqlashdek  murakkab  vazifa  kelib 

chiqdi.  S o ‘nggi  yillarda  fiziologlar  fiziologik  axborotni  tahlil  qilish  va  qayta 

ishlash  uchun  kompyuterlami  tatbiq  eta  boshladi,  bu  esa  hozirdayoq  yangi 

muhim  natijalar  bermoqda.

www.ziyouz.com kutubxonasi



I.  FIZIOLOGIYA  TARIXINING  QISQACHA  TA’RIFI

Odam  fiziologiyasi  tarixi  uzoq  o4m ishga  borib  taqaladi.  Qadimgi  ilmiy 

izlanishlarda  tajribalar  kishi  tanasining  tuzilishi  va  uning  faoliyatini  bilish, 

rganish  uchun  turtki  b o ‘lib  xizmat  qildi.  Bu  intilish,  tabiatshunoslar  va 

tabiblar  uchun  muhim  nazariyaviy  va  ilmiy  poydevor  b o ‘lib  xizmat 

k o ‘rsatdi,  chunki  tabiblar  uchun  kasallikning  kelib  chiqish  sabablari,  uni 

davolash  yoilarin i  qidirib  topish  uchun  zarurat  edi.

Odam  fiziologiyasining  taraqqiyoti  asosan  ikki  bosqichda  rivojlandi. 

Birinchisi,  odam  anatomiyasi,  ya’ni  a*zolarning  tuzilishini  va  joylanishini 

o ‘rganish,  ikkinchisi,  shu  a’zolam ing  faoliyati  (funksiyasi),  ya’ni  a’zolarda 

b o iib   o ‘tadigan  turli  jarayonlarni  o ‘rganish.

Ushbu  ishlami  amalga  oshirish  uchun  avvalo  odam  a’zolariga  o ‘xshash 

a’zoli  hayvonlar  o vliklarini  kesib,  a’zolam ing  joylanishini  va  tuzilishini 

o ‘rganila  boshladi,  s o ‘ngra  a’zolam ing  funksiyasi  to ‘g ‘risida  fikr  yuritila 

boshladi.

Odam  organizmining  hayot  faoliyatini  o ‘rganishga  qadimgi  Yunoniston, 

Rim,  Xitoy,‘  Hindiston  ya  Misr  olimlari  asos  solgan.  Masalan,  Buqrot 

eramizdan  oldingi  (460-377)  yillarda  tabiat  va  tibbiyot  sohasida  o ‘zigacha 

b o ig a n   ma^himotlami  to ‘plab  kuzatishlari  asosida  tibbiyot  fanidan  7-ta 

ilmiy  asarlar  yozgan,  bu  qoilanmalardan  tabiatshunoslar,  shifokorlar  va 

faylasuflar  2000  yil  davomida  foydalanib  kelmoqda. 

Buqrot  k o ‘hna 

Yunoniston  tibbiyotining  reformatori  (qayta  quruvchisi)  hisoblanadi,  yurak 

va  qon  tonrnrlari,  hamda  odamning  mijozi  (temperamenti)  haqida  muhim

Buqrotning 

birinchi 

ustozi 

uning 

otasi 

Geraklid  b o ig a n .  U  Yunonistonda,  Rimda,  Kichik 

Osiyoda 

va 

Liviyada 

shifokorlik 

maktablarini 

o ‘tgan 

va 

uni 

insoniyat 

klinik 

tibbiyotining 

asoschisi  sifatida  tan  olgan.  Uning  nomi  bilan 

«Gippokrat 

qasami» 

shifokorlar 

orasida 

keng 

tarqalgan. 

Buqrotning 

shifokorlarga 

«Zarar 

keltirma»  degan  vasiyati  hozirgi 

zamon  tibbiyot 

xodimlariga  ham  taalluqlidir.

Turli 

hulq-atvor 

va  hatti-harakatlarga 

ega 

b o ig a n   bdamlar  mijozi  b o ‘yicha  Buqrot  quyidagilarni  yozgan:  mijozi  issiq 

odamlarni 

sangvinik- 

serharakat, 

ildam 

deb  atalgan. 

Vujudi 

sovuq, 

shilimshiq  b o ig a n   kishilam i  flegmatik  -   «sovuqqon»,  vazmin  mijozga 

ajratgan.  Qiziqqon,  serjahl  kishilami  xolerik  deb  atagan  va  vujudi  qora, 

q o ‘yilgan  o ‘t  ko*payib  ketgan  kishilar  melanxoliklarni  tashkil  qilib,  ular 

ivirsiydigan,  o ‘ziga  ishonmaganlardir.

Yunonistonda  yashagan  yirik  olim ,  faylasuf  Arastu  tibbiyot  fanlarining, 

tibbiyotning  rivojlanishida  muhirti  rol  o ‘ynaydi.  U  solishtirish  usulidan 

foydalanib,  hayvonlam ing  500  dan  ortiq  turining  tashqi  tuzilishini  tasvirladi 

va  yangi  m aium otlar  berdi.  Arastu  asabni  bir-biridan  farq  qildi,  yurak  bilan 

qon 

tomirlarining 

tuzilishini, 

o ‘zaro 

b o g iiq lig in i 

bayon 

etdi. 

U

m aium otlar  bergan.

www.ziyouz.com kutubxonasi



tabiatshunoslikda 

vitalistik 

nazariyaning 

birinchi 

vakillaridan 

b o ig a n  

olimdir.  Arastuning  ilmiy  qarashlarida  ruh  birlamchi,  materiya  ikkilamchi 

degan  fikrlarni  ham  ilgari  surdi.  Arastu,  Buqrot  va  boshqa  ba’zi  olim lam ing 

tabiatshunoslikga  oid  ayrim  noto‘g 4ri  fikrlari  bir  necha  yuz  yillar  mobaynida 

o ‘z  kuchini  saqlab  keldi.

Jolinus  Hakim  (Kladviy  Galen,  129-201)  hayvonlar  yuragini  va  qon 

tomirlarini  o ‘rganib,  arteriyalarda  havo  emas,  balki  qon  oqishini,  birinchi 

b o iib  

isbotlagan. 

Jolinus 

qonning 

tomirlarda 

t o ‘xtovsiz 

aylanishini 

bilmagan.  U  «xom »  qon  jigarda  hosil  b o iib ,  yurakning  o ‘ng  tomoniga 

‘rtasidagi  teshik  orqali  chap  tomonga  o ‘tib,  qon 

tomirlar  b o ‘ylab  ichki  a'zolarga  tarqaladi,  deb 

o ‘ylagan.  Jolinusning  qon  harakati  to ‘g ‘risidagi  bu 

xato  g ‘oyalari  o ‘rta  asrlargacha  hukmron  b o iib  

keldi.  Jolinus  organizm  tuzilishi  va  funksiyasini 

aniq  bilmay  turib,  kasallikni  aniqlash,  bem om i 

davolash  mumkin  em asligini  yaxshi  bilar  edi.

Tabiat  fanlari  va  tibbiyotga  tajribani  kiritish 

Jolinusning  buyuk  xizmatlaridan  biridir.  U  bpsh  va 

orqa  miya  faoliyatlarini  tekshirib,  odamning  ruhiy 

xususiyatlari 

bosh  •  miya 

faoliyatiga 

b o g iiq  

b o iish in i  aytgan.

 rta   asrlar  davomida  Sharq  mamlakatlarida  ilm  va  fan  juda  rivojlandi. 

Xurosonda  yashab  ijod  etgan  tabib  va  dorishunoslardan  Abu  Zayd  Husayn 

ibn  Isoq  al  Ibodiy  (808-877)  arab,  fors,  qadimgi  grek  tillarini  yaxshi 

egallangan.  Buqrot,  Arastu,  Jolinus  va  boshqa  antik  olim lam ing  ilmiy 

asarlarini  arab  tiliga  tarjima  qilgan  olim-tarjimon  edi.  Tarjimalaridan 

tashqari  Husayn  ibn  Isoq  tomonidan  yozilgan  100  dan  ortiq  asarlaridan 

aksariyati  tibbiyot  va  dorishunoslikka  bag‘ishlangan  asliy  ^sarlar  nusxalari 

bizga 

yetib 

kelgan. 

Buqrot 

va 

Jolinusdan 

keyingi 

qadimgi 

Sharq 

tabobatining  yirik  nazariyotchi  namoyondasi  Husayn  ibn  Isoq  tomonidan 

yozib  qoldirgan  meros  asarlari  boshqa  tillarga  ham  tarjima  qilingan. 

Shunday  asarlardan  biri  «Javome*  kitob  Jolinus  fi-l-Bavl»  (Jolinusning 

siydik  haqidagi  hamma  narsani 

qamrab  olgan  kitobi)  dir.  Arab  tiliga 

Husayn  tarjima  qilingan  bu  asar  siydik  tahliliga  va  uning  asosida  tashxis 

q o ‘yishga  bag‘ishlangan.

Husayn  ibn  Isoqning  bizga  yetib  kelgan  tarjima  asarlaridan  yana  biri 

«Ar-risola-al  Qabriya»  deb  ataladi.  Risola  Buqrot  qalamiga  mansub  b o iib , 

uning  qabridan  topilgani  uchun  qabriya  deb  atalgan.  Risolaning  asosiy  qismi 

25  hadisdan  iborat  b o iib ,  unda  asosan  davolab  boim ayd igan   kasalliklari 

bayon  qilinadi.

Husayn  ibn  Isoqning  arab  tiliga  tarjima  qilgan  mazkur  «Qabriya 

risolasi»ni  Xomidxon  ibn  Zohidxon  ibn  Muhammad  Sodiqxpn  Shoshiy. 

o ‘zbek  tiliga  tarjima  qilgan.  Bizga  bu  tarjimaning  Xomidxon  q o ii   bilan 

yozilgan  q o iy o zm a   nusxasi  yetib  kelgan.

Abu  Bakr  Muhammad  ibn  Zakariyo  ibn  Y axyo  ar-Roziy  (865-925)  -  

ensiklopedist  olim   Eronning  Ray  shahrida  tug‘ilgan.  Roziy  haqida  ibn  Abi

keladi  va  qonnchalar

Jolinus  (129-201)

www.ziyouz.com kutubxonasi



Usaybin  (1203-1270)  shunday  dcgan  ekan:  «Roziydan  Adudiy  kasalxonani 

qaycrga  qurish  muvofiqroq  deb  s o ‘raganda,  Roziy  B o g ‘dodning  harbir 

g o ‘shasiga  bir  b oiakdan  g o ‘sht  osib  q o ‘yish  kerak,  qaysi  joyda  g o ‘sht  kech 

buzilsa,  o ‘sha  yerga  kasalxona  qurish  kerak,  deb  maslahat  bergan.  Adud  al- 

Davla  o ‘z  nomiga  atab  quradigan  kasalxona  bitgach  B o g ‘doddagi  100  dan 

ortiq  mashhur  tabiblami  y ig ‘adi,  ulardan  ilmiy  mahorati,  qobiliyatiga  qarab 

50  dan  ortig‘ini  tanlaydi,  Roziy  ular  orasida  bor  edi.  50  tabibdan  yana  10 

tabib  saralanadi,  ular  orasida  ham  R oziy  bor  edi.  Ulardan  bir  kishini  ya’ni 

Roziyni  tanlab  va  uni  Adudiy  kasalxonasiga  mudir  qilib  tayinlaydi.

R oziyning  bizgacha  yetib  kelgan  faqat  tibbiy  asarlarining  36  nomdagi 

q o iy o zm a si 

aniqlandi. 

Shulardan 

biri 

«Al-Kunnosh 

al-Mansuriy» 

(«Mansurga  bag‘ishlangan  to ‘plam»).  Bu  kitob  10  maqoladan  iborat,  ulardan 

birinchisi  -anatom iya  va  fiziologiyaga  b ag‘ishlangan.

A .R oziyning  «al-Hoviy»  nomi  bilan  mashhur  «katta  to ‘plam»  eng  katta 

va  muhim  tibbiy  asar  b o iib ,  unda  Ray  va  B o g ‘dodda  o ‘zi  olib  borgan 

klinik  kuzatishlar  va  tajribalaming  yakunini  qayd  qilgan.  «A l-H oviy»  hajm 

jihatidan  Ibn  Sinoning  «Tib  qonunlaridan»  katta  b o ig a n   o ‘z  ichiga  deyarli 

hamma  kasalliklami  qamrab  olgan.  Uning  yagona  q o iy o zm a   nusxasi 

Eskurial  (Ispaniya)da  saqlanadi.  Shu  q o iy o z m a   Haydarobodda  (Hindiston) 

1955-1970  yillarda  nashr  etildi.

Abu  Nasr  Muhammad  ibn  U zlu g‘  ibn  Tarxon  al-Farobiy  Toshkentning 

sh im oliy-g‘arbida  joylashgan  Farobda  harbiy  xizmatchi  oilasida  dunyoga 

keldi.  U  qom usiy  bilimlar  sardori. 

0 ' z   zamonasining  yirik  tibbiyot 

nazariyotchisi  va  shu  sohada  jahonshumul  asarlar  yozgan  alloma  hamdir. 

Al-Farobiyning  160  dan  oitiq  astronomiya,  matematika,  falsafa,  tarix, 

mantiq,  psixologiya,  tilshunoslik,  adabiyot,  musiqa,  tabiatshunoslik,  tibbiyot, 

kim yo  sohalami  qamrab  olgan  asarlari  mavjud.

Al-Farobiy  o ‘zining  tibbiyot  asarlarida,  inson 

organizmi,  uning  funksiyasi  haqida  yozar  ekan, 

organizm  bir  butun  yaxlit  tizimdan  iboratligini, 

turli 

ozgarishlar 

va 

kasalliklar 

esa 

ovqatlanishning 

o ‘zgarishi 

bilan 

b o g iiq lig in i 

k o ‘rsatib 

o ‘tadi. 

Farobiy, 

odam 

organizmi 

markaziy  asab  tizim i  orqali  boshqariladi,  bosh 

miya  organizmda  o ‘zaro  munosabatni  yuzaga 

keltirib 

turadi 

deydi. 

Uning 

ta’kidlashicha, 

organizmda  ikki  xil  boshqarish  kuchi  mavjud: 

bulardan 

biri 

hayvoniy 

boshqarilish, 

bu 

hayvonlarga  xos  xislat  yoki  noaql  (Al-hayvon 

g ‘ayri  notiq)  va  fikrlovchi,  aqlli  (Al-hayvon  an 

notiq)  nutqiy  xususiyat  deb  ta’riflaydi.  Shunday  qilib,  u  hayvonlarda  nutq 

o ‘smagan-birlamchi  signal  tizimiga  b o ‘ysunuvchilar  deb  k o ‘rsatgan  b o is a , 

odamlami  nutqiy  fazilati  boigan-ikkinchi  signal  tizimiga  xos  fazilatli  deb 

ta’riflaydi.  Bundan  k o ‘rinib  turibdiki,  Farobiy  hali  Ovrupa  olimlaricha  qadar 

xususan  rus  fiziologiyasining  otasi-I.M  Sechenovgacha  ming  yil  avval 

fiziologiya  fanining  poydevori  b o ig a n   eng  murakkab  sohasi-oliy  asab

www.ziyouz.com kutubxonasi



faoliyatining  birlamchi  va  ikkilamchi  signal  tizimining  rivojlanishiga  ilm iy 

asos  solgan.

Abu  Sahl  Masihiy  Juijoriiy  (970-1010)  Juijonda  tug‘ilgan,  Xorazmda 

yashab,  ijod  etgan.  0 ’sha  vaqtda  Xorazmda  Aburayhon  Beruniy,  Ibn  Sino, 

Abul  Xayr,  Ibn  Iroq  va  boshqalar  ham  yashar  edi.  Masihiy  zamonasining 

yirik  tabiatshunosi,  tabibi,  astronomi  va  faylasufi  boMgan  va  shu  sohalarga 

oid  asarlar  yozgan  Biroq,  fan  tarixida  M asihiy  tabib  sifatida  mashhurdir.  U 

Ibn  Sinoning  yaqin  d o ‘sti  va  tabobat  sohasida  uning  ustozlaridan  biri 

b o ‘lgan.  M asihiy  Ibn  Sino  bilan  birgalikda  Xorazmdan  Xurosonga  o ‘tib 

kctayotganda  4 0   yoshda  1010  yili  vafot  etgan.  Masixiy  yozgan 

8

  tibbiy  asar 

bizgacha  yetib  kelgan,  ulardan  biri  qomusiy  ahamiyatga  ega,  qolganlari 

tabobatning 

ayrim  masalalari: 

umumiy 

terapiyaga,  odam 

a’zolarining 

fiziologiyasiga,  chechakka,  o ‘lat  (chuma)  ga,  mijozga,  tomir  urushiga  va 

badantarbiyaga  bag‘ishlangan.  M asihiyning  asosiy  va  eng  katta  asari  «Qutub 

al-m i’a  fi-s-san’at  at  tibiya»  («Tabobat  san’ati  b o4yicha  yuz  kitob»)  deb 

nomlangan.  Bu  asar  bizgacha  k o ‘pgina  nusxalarda  yetib  kelgan.

X-XI 

asrlarda  0 ’rta 

Osiyo 

halqlarining 

Ovrupada 

Avitsenna 

nomi 

bilan 

shuhrat 

qozongan  ulug‘  tabibi,  mutafakkir  va  olim  Abu 

Ali  ibn  Sino  yashagan.  Ibn  Sino  980  yili  Buxoro 

' 

yaqinidagi  Afshona  qishlog‘ida  tug

4

iladi.  U  450 

dan  ortiq  asarlar  yozib  qoldirgan  b o ‘lsa  ham 

bizgacha  ulaming  242  tasigina  yetib  kelgan. 

Shulardan  43  tasi  tabobatga  oid.

Bulardan  barcha  tibbiy  sohalami  qamrab 

olgan  asar  «Tib  qonunlari»  hisoblanadi.  Bu  asar 

beshta  katta  kitobdan  iborat.  Birinchi  kitob  -  

tabobatning 

nazariy 

asoslari 

hamda 

amaliy 

tabobatning  umumiy  masalalari  haqida  ma’lumot 

beradi.  Ikkinchi  kitob  o ‘sha  davr  tabobatida  q o ‘llaniladigan  dori-darmonlar 

haqida  zaruriy  m a’lumotlar  bayon  qilingan  mukammal  majmuadir.  Uchinchi 

kitob 

-  

inson 

tanasining 

a’zolarida 

yuz  beradigan 

«xususiy» 

yoki 

«mahalliy»  kasalliklari  haqida 

ma’lum ot  beradi. 

T o ‘rtinchi  kitob  -   kishi 

a’zolarining 

birontasiga 

xos 

b o im a g a n  

«umumiy» 

kasalliklarga 

b a g ‘ishlangan. 

Jumladan, 

turli  isitmalar,  kasallik  davridagi  buxronlar, 

shishlar,  toshma-jarohatlanishi,  bosh  suyagi,  k o ‘krak  qafasi,  umurtqa  va 

q o i-o y o q la m in g   shikastlanishi  kiritilgan.  Beshinchi 

kitob  -farm okologiya 

b o iib ,  unda  murakkab  tarkibli  dori-darmonlarni  tayyorlash  va  ulardan 

foydalanish  usullari  bayon  qilingan.

Ibn  Sinoning  tib  qonunlaridan  tashqari  «Tabobat  haqidagi  uijuza»si 

alohida  ahamiyatga  molikdir.  Uijuza  she’riy  asar  b o iib ,  Ibn  Sino  qalamiga 

mansub  sh e’riy  asarlaming  eng  barkamoli  va  ulug‘idir.  Ibn  Sino  bundagi 

g ‘oyalam ing  halqqa  tezda  yetib  borishini  istaganligi  haqida  shunday  dedi: 

«Men  bu  «Urjuzaga»  kamolot  to‘nini  va  husn  saruposini  kiygizdim ,  uni 

o ‘rganish  osonroq,  mashaqqati  kamroq  b o is in   deb,  to ‘qilishini  oson,  vaznini 

yengil  qildim».  Buni  natijasida,  -   deydi 

Ibn  Sino,  kimki  unga  idrok  k o ‘zi

Abu  AU  Ibn  Sino 

(980-1037)

www.ziyouz.com kutubxonasi



bilan  qarasa,  bu  hajmni  kichik  asar  tufayli  katta  ilmga  erisha  olishi  mumkin. 

"Tib  qonunlari"  asarlarida  Ibn  Sino  sport  tibbiyotiga  taalluqli  k o ‘pgina 

fikrlami  bayon  etgan.  U  kishilam ing  so g lig in i  mustahkamlashda  va  har  xil 

kasalliklaming  oldini  olishda  jism oniy  tarbiya  va  jism oniy  madaniyatning 

ahamiyatini  alohida  ta’kidlab  o ‘tgan.  Masalan,  « S o g ‘liqni 

saqlashning 

asosiy  tadbiri  va  uyqu  ta’diri»  yoki  «M o‘tadil  ravishda  va  o ‘z  vaqtida 

badantarbiya  bilan  shug*ullanuvchi  odam  buzilgan  xiltlar  tufayli 

kelgan 

kasalliklaming  va  mijoz  hamda  ilgari  o ‘tgan  kasalliklar  tufayli  keluvchi 

kasalliklaming  davosiga  muhtoj  boMmaydi».

Bundan 

ming 

yil 

muqaddam 

jism oniy 

m ashg‘ulotlarni 

shug‘ullanuvchilarning 

shaxsiy 

xususiyatlariga 

qarab 

tuzish 

haqidagi 

olimning  yuritgan  fikrlari  xozirgi  kunda  ham  kishini  ajablantiradi.  «Har  bir 

odam  uchun  o ‘ziga  xos  harakatlar  tanlanishi  kerak»,  «kuchsiz  kishilaming 

badantarbiyalari  yengil,  kuchlilam iki  esa  z o ‘rroq  b o ‘lishi  кегак»,  «agar 

uzviylar  juda  m o ‘tadil  b o ‘lsa,  ular  uchun  m o ‘tadil  badantarbiya  muvofiq 

keladi».  Harakatlami  turlicha  qilib  almashtirib  turish  va  bir  harakat  ustida 

to ‘xtab  qolmaslik  kerak»  va  hokazo».  Badantarbiyaning  davomiga  kelsak,  - 

deydi  Ibn  Sino  -   quyidagi  uch  narsaga  e ’tibor  beriladi:  birinchisi-  terining 

rangi,  agar  u  yaxshilana  borsa,  harakatlami  hali  davom  ettirish  mumkin, 

ikkinchisi  -harakatlaming  yengilligi,  agar  ular  hali  yengil  b o ‘lsa,  ularni 

tamomlash  muhlati  hali  kelmagan  b o ‘ladi:  uchinchisi-uzvlam ing  holati,  agar 

ulaming  faoliyati  davom  qilsa,  harakatni  davom  ettirish  mumkin.  Agar  bu 

holatlar 

y o ‘qolib, 

chiqqan 

ter 

tomchi-tomchi 

b o ‘lib 

oqa  boshlasa 

harakatlami  to‘xtatish  kerak».

Shunday  qilib,  Ibn  Sinoning  cheksiz  ilmiy 

qarashlari,  tibbiyotga 

kiritilgan  yangiliklari  o ‘rta  asrlarda  Sharq  va  G*arb  olimlari  dunyoqarashiga 

katta  ijobiy  ta’sir  k o ‘rsatdi.

Ibn  al-Nafis  t o iiq   ismi  Alouddin  Ali  Abu-I  Haram  al  Qarshiy  (1288 

yili  vafot  etgan)  b o iib ,  tabobat  tarixidan  kichik  ( o ‘pka)  qon 

aylanishini, 

birinchi  kashf qilgan  tabib  sifatida joy  olgan.

Yusuf  Haraviy  (t o iiq   ism i  Y usuf  ibn  Muhammad  ibn  Y usuf  at- 

tabobal-Xaraviy  (1 5 4 4   yil  vafot  etgan)  b o iib ,  u  o ‘zining  «D aloil  al-Nabz» 

(tomir  urushining  dalillari»)  risolasida  tomir  urushining  asosiy  xillari, 

ulaming  almashinib  turishlari  va  ulami  vujudga  keltiradigan  sabablaming 

tahlili  berilgan.  Tomir  urushi  ikkita  jadvalda  bayon  qilingan^  Bu  risola  1536 

yili  yozib  tugatilgan  b o iib ,  uning 

6

  ta  q o iy o z m a   nusxasi  bizgacha  yetib 

kelgan.  Ulardan  biri  Buxoroda  1864  yili  k o ‘chirilgan.

Bositxon  Ibn  Zohidjon  Ibn  Sodiqxon  Shoshiy  (1878-1959)  Toshkentda 

tu g‘ilgan.  Bizgacha  Bositxon  Shoshiyning  o ‘zbek  tilida  o ‘z  q o i i   bilan 

yozgan  uchta  tibbiy  asari  yetib  kelgan.  Ulardan  biri  «Qonun  al-Mabsut» 

Download 5.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling