Odam fiziologiyasi


Download 5.32 Mb.

bet59/70
Sana28.11.2017
Hajmi5.32 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70

analiz 

va 


sintez 

qilinishi  bosh  miya 

po‘stlog‘ining  eng  muhim  funksiyasi  hisoblanadi.  M a’lumki,  analiz  va  sintez 

analizatorlar 

faoliyati  bilan  bog‘langan.  Retseptordan  markazga  intiluvchi 

yo ‘ldan  va  o ‘sha  retseptoming  ta’sirlanishi  natijasida  kelib  chiquvchi 

impulsni  sezadigan  po‘stloqning  tegishli  qismidan  iborat  tizimga  I.P.Pavlov 



analizator 

deb  nom  berdi.  Bosh  miya  p o ‘stlog‘ining  analitik  -   sintetik 

faoliyati  shu  yagona  tizimdan  kelib  chiqadi.

Ta’sirotlarni  analiz  qilish 

miya  po ‘stlog‘ining  turli  neyronlari  va 

neyron  guruhlari  o ‘rtasida  qaror  topadigan  o ‘zaro  ta’sir  tufayli  katta  yarim 

sharlar  po ‘stlog‘ining  turli  qismlarida  ro ‘y  beruvchi,  q o ‘zg ‘alishlami  o ‘zaro 

bog‘lash,  yakunlash  va  birlashtirishdan  iborat.  Har  qanday  shartli  refleksni 

hosil  qilishga  asos  b o ‘ladigan  vaqtincha  funksional  aloqaning  vujudga 

kelishi  miya  po‘stlog‘idagi  sintetik  faoliyat  belgisidir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Ta’sirotIarni  analiz  (tahlil)  qilish  organizmga  ta’sir  etuvchi  har  xil 

signallarni  (ta’sirotlarni)  farq  qilish,  ajratish,  tafovutdan  iborat.

Ta\sirlanuvchilar 

analizatorning 

periferik 

qismida 

(retseptorda) 



birlamchi  analiz 

(tahlil)  dan  o ‘tadi.  Retseptorning  turli  elementlari  turli 

polisensor  yoki  geteromodal  (turli  xarakterga  ega  b o ‘lgan)  ta ’sirlovchilarga 

javob  beradi,  ya’ni  asab  tizmining  tuban  b o ‘limlari  ham  analiz  qiladi. 

Ammo, 

oliy  hal  qiluvchi  analiz neokorteksda  o‘tadi.

Neokorteksdagi  sensor  (sezuv)  mintaqalarning  tuzilmalari  va  asab 

y o ‘llari  shundayki,  retseptorlarning  har  bir  turidan  impulslar  p o ‘stlog‘idagi 

neyronlaming  muayyan  guruhiga  boradi.  Reaksiyaga  tortiladigan  neyronlar 

soni  har  bir  neyrondagi  impulslar  razryadi  ta’sirlovchining  kuchiga, 

uzunligiga  va  ortib  borish  tikligiga  qarab  katta  farq  qiladi.  Shu  sababli  har 

bir  periferik  ta’sirotga  q o ‘zg ‘alishning  o ‘z  vaqt  -fa zo   naqshini,  I.P.Pavlov 

Ui’biri  bilan  aytganda,  o ‘ziga  xos  «harakatchan  tuzilma  kompleksi»  ni  mos 

kcltiruvchi 

sharoit 


vujudga 

keladi. 


0 ’z 

xossalariga 

k o ‘ra 

yaqin 


ia4irk>vchilar  btr  -   biridan  shtmday  qilib  farqlanadi.

Po‘stlog‘da  analiz  o ‘z.iga  xos  shakli  -   ta ’sirlovchilami  shartli  signal 

ahamiyatiga 

qarab 


farq 

qilish 


-  

differensiallashdan 

iborat, 

ichki 


tormozlanishning  vujudga  kelishi  esa  shunga  imkon  beradi.  Bosh  miya 

yarim  sharlari  p o ‘stlog‘ida  va  uning  assotsiativ  mintaqalarida 



ikkilamchi 

(po‘stloqdagi)  analiz  natijasida  signalning  biologik  ahamiyatiga  qarab  shartli 

reflektor  reaksiyalar  shakllanadi.  Signal  organizmning  qaysi  nuqtalaridan 

kelyapti,  qayerga  boryapti  va  bu  murakkab  analitik  jarayonida  qaysi 

tuzilmalar  ishtirok  etayotganini  bilish  uchun  zaruriy  usullar  ishlatiladi 

(elektroensefalogramma, 

shartli 

rcflektor 

usuli, 

neyrofiziologik 



va 

neyrokimyoviy  usullar).

Analiz 

va 


sintezning 

murakkab 

shakllarini 

tekshirish 

uchun 

L.G.Voronin  to ‘rta:  A+B+V+G  tovushning  ketma-ket  q o ‘llanilishiga  doir 



mustahkam  shartli  refleks 

vujudga  keltirilgan.  S o ‘ngra  tovushlaming 

yuqoridagi  tartibini  ularning  boshqa  (A+V+B+G)  tartibida  farq  qilishga 

(differensiallashga)  urinib  k o ‘rishgan.  Tafovutlcvchi  kombinasiya  o ‘rta  hisob 

bilan  7-marta  qo*llanilganda  odam  bunday  vazifani  bemalol  bajaradi.

Shunday  qilib,  bosh  miya  p o ‘stlog‘ining  murakkab  sintetik  faoliyati 

ikkilamchi,  uchlamchi  va  hokazo  reflekslaming  hosil  b o lish id a  yoki 

kompleks ta’sirlovchiga 

javoban  shartli  reflekslar  kelib  chiqishida  ko‘rinadi.

Odamdagi  boshmiya  p o ‘stlog‘ining  sintetik  faoliyat  jarayonlarida  shartli 

va  shartsiz  ta’sirlovchilarning  neokorteks  vakilligi  neyronlari  o ‘rtasidagi 

vaqtincha  funksional  aloqalargina  emas,  indifferent  (befarq)  ta’sirotlar 

yig‘indisini  idrok  etishda  qatnashuvchi  asab  hujayralarining  guruhlari 



‘rtasida  vujudga  keladigan  vaqtincha  aloqalar  ham  muhim  rol  o ‘ynaydi. 

Masalan, 

biron 

kuy 


tovushlari 

eshitilganda 

eshituv 

analizatorining 

po‘stlog‘dagi  tegishli  neyronlari  periferiyadan  keluvchi  ta’sirotlar  bilan

www.ziyouz.com kutubxonasi



muayyan  tartibda  q o ‘z g ‘aladi  va  shu  neyronlar  o ‘rtasida  vaqtincha  aloqalar 

vujudga  keladi.  Kuyni  esda  qoldirish  -  eshituv  analizatorida  vaqtincha 

aloqalarning  vujudga  kelishi  demakdir.  B oshlang‘ich  bir  nechta  notaning 

jaranglashi  butun  kuyni  esga  tushirish  uchun  kifoya  qilishi  vaqtincha 

aloqalar  vujudga  kelishidan  guvohlik  beradi.

Biron  surat  yoki  narsani  k o ‘zdan  kechirganda  k o ‘z  to ‘rpardasidan  va 

k o ‘z  mushaklaridan  afferent  impulslar  ko ‘ruv  analizatori  bilan  harakat 

analizatori  (pay-mushak  retseptorlari)  ning  p o ‘stlog‘idagi  neyronlariga 

muayyan  tartib  bilan  boradi.  Shu  tufayli  mazkur  neyronlar  o ‘rtasida 

vaqtincha  aloqalar  vujudga  keladi.  Natijada  k o ‘ruv  ta’siri  iz  qoldiradi.

Shunday  qilib,  ta ’sirlovchilami  biologik  tahlil  qilish  uchun  fiziologik 

jarayonlari  -   oliy  shakllari  odamda  hodisa  va  tushunchalarni  mantiqan  analiz 

va sintez  qilishning sifat jihatidan  o'ziga xos jarayonlari  vujudga kelishi  uchun 

asos hisoblanadi.

Bosh  miya  pokstlogMning  analiz  -   sintez  faoliyati  biologik jihatdan  katta 

ahamiyatga egadir.  Organizmning  tevarak  -  atrofdagi  muhit  sharoitiga  aniq  va 

nozik  moslanishi,  organizmga  to4g*ri  keladigan ju d a  ko‘p  ta ’sirotlami  sezishi, 

ularni  tahlil  qilishi  shu  sharoitda  zarur  reaksiyaning  kelib  chiqishiga  sabab 

bo‘ldi.

Dinamik  stereotip

I.P.Pavlov 

labaratoriyalarida  it 

ustidagi 

tajribalarida  turli 

shartli 


reflekslami 

vujudga 


keltiradigan 

xilma-xil 

shartli 

ta’sirlovchilardan 

foydalangan.  Bu  shartli  ta’sirlovchilar  muayyan  tartibda  qo‘llanilsa  itning 

miya  p o ‘stlog‘ida  vaqtincha  funksional  aloqa  mexanizmiga  asoslangan 

muayyan 

stereotip  (tartibot) 

vujudga  keladi.  Shartli  ta’sirlovchi  kuchli, 

kuchsiz  yoki 

tormozlovchi  ta’sirlovchi  o ‘rnida  q o ‘llanilishiga  qarab, 

samarasi  kuch  jihatidan  har  xil  b o ‘ladi  (151-rasm).  Miya  po‘stlog‘i  shartli 

va  shartsiz  signallaming  biologik  ahamiyatiga  qarab  muayyan  andaza  bilan 

hosil  b o ‘lgan  dinamik  stereotipga  yarasha  javob  qaytaradi. 

Shartli  signal 

yakka  ta’sirlovchi  sifatida  emas,  balki  muayyan  signallar  tizmining 

avvalgi  va  keyingi  ta’sirlovchilar  bilan  bogiangan  bir  elementi  sifatida 

idrok etiladi.

Shunday  qilib,  miya  p o ‘stlog‘idagi  sintetik  faoliyatning  murakkab 

shakllari 

dinamik  stereotip 

yoki 


tizimlik 

tushunchalari  bilan  ifodalanadi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


...*Т 

Diffcrensial-

££iM etronom  

i^Q ongiroqf JlYorug^liki® lanuvchi  metronom 

Ш

 Ton

15 1-rasm.  Stereotip bilan qilingan tajriba (Л) va faqat bitta ta’sirlovchini 

qo llan ib  qilingan tajribada (B) shartli  reflekslaming miqdorlari.  Faqat bir 

ta*sirlovchi  -  y o ru g iik  qoilanilganda shartli  reflektor faoliyatining 

stcrcotipiyasi  mustankam  b o iib  vujudga keladi  (E.A.Asratyandan).

Ustunlar  balandligi  shartli  refleks  miqdoriga  mos  keladi.

Organizm  yashaydigan  tabbiiy  sharoitda  ta’sirotlarni  miya  p o ‘stlo g id a  

anali/  va  sintez  qilish  jarayonlarida 



miya  po‘stlog‘ining  bir  faoliyatidan 

ikkinchi  faoliyatiga  shartli  refleks  y o ii  bilan  ko‘chishi  muhim  rol

o ‘ynashini  E.A.Asratyan  aniqladi.  Buning  mohiyati  shundan  iboratki,  shartli 

ta’sirlovchining 

samarasi 

shu 

ta’sirlovchi 



qoilanilayotgan 

sharoitga 

muayyan  darajada  b o g iiq   b o iib   qolishi  mumkin.

Odamning  oliy  asab  faoliyatida  miya  p o ‘stlog‘ining  bir,  faoliyatdan 

ikkinchi  faoliyatga  k o ‘chishi  ayniqsa  katta  ahamiyatga  egadir.  Odam  uyida, 

ishxonasida, 

mehmondorchilikda, 

teatrda, 

y o id a   va  boshqa  joylarda 

ekanligiga  qarab,  bir  xil  ta’sirlovchilarga  (bir  so ‘zining  o ‘ziga,  bir  narsaning 

o ‘ziga)  turlicha  reaksiya  ko‘rsatish  misollari  kundalik  hayotda  son  -  

sanoqsiz.



Oliy asab  faoliyati  tiplari

Odamning  xulq-atvori,  aql-idroki,  fikrlashi,  ongi,  boshqalar  bilan 

muomalasi  va  shu  kabi  barcha  ruhiy  xususiyatlari  uning  asab  faoliyatini 

belgilaydi.  Oliy  asab  faoliyatining  tavsifini  anchagina  belgilab  beruvchi  shu 

xossalar  yig‘indisi  har  bir  kishining  irsiy  xususiyatlariga  va  avvalgi  hayot 

tajribasiga  b o g iiq   b o iib , 



oliy  asab  faoliyati  tiplari 

deb  ataladi.  Bir  turga 

kiradigan  turli  hayvonlarda  shartli  reflekslaming  birday  sharoitda  vujudga 

kclish  tczligi,  miqdori  va  mustahkamligi,  ichki  va  tashqi  tormozlanish 

jadalligi  asab  jarayonining  tez  tarqalishi  (irradiatsiya),  va  to ‘planishi 

(konscntratsiya)  induksiyaga  layoqatlik,  oliy  asab  faoliyatida  patologik 

holatni 

(masalan, 

eksperimental 

nevrozni) 

vujudga 

keltiruvchi 

turli 

:a\ir1ovchilarga  ozmi  -   ko ‘pmi  moyillik  oliy  asab  faoliyati  tipiga  b o g iiq .



www.ziyouz.com kutubxonasi

I.P.Pavlov  itdagi  shartli  reflekslami  labaratoriya  sharoitida  k o ‘p  yillar 

mobaynida  tekshirish  natijalariga  suyanib,  tiplarni  tasnif  qilishda  asab 

tizimining  bir  necha  xossasiga  katta  axamiyat  berdi,  asab  tizimining  shu 

xossalarini  asab  faolligining  eng  puxta  k o ‘rsatkichlari  deb  hisobladi. 

Birinchidan,  q o ‘zg ‘alish  va  tormozlanish  jarayonlarining 

kuchi, 

ikkinchidan 

ulaming 

o ‘zaro 


muvozanatlanganligi, 

ya’ni  q o ‘z g ‘alish  kuchi 

bilan 

tormozlanish  kuchining  nisbati,  uchinchidan,  ularning 



harakatchanligi, 

ya'ni 


qo‘zg ‘alishning 

tormozlanish 

bilan 

almashinish 



tezligi 

va 


aksincha, 

tormozlanishning 

q o ‘zg ‘alish 

bilan 


almashinish 

tezligi 


shunday 

ko‘rsatkichlardan  hisoblanadi  (152-rasm,  153-rasm).

Eksperimental  amaliyotda  to ‘rtta  asosiy  tip  uchraydi:

1.  kuchli,  ammo  muvozanatlanmagan  tip 

-   q o ‘zg %

alish  jarayonining 

tormozlanish jarayonidan  ustunligi  bilan  ta’riflanadi;

2. 

kuchli,  muvozanatlangan,  harakatchan  tip 

-   asab  jarayonlarining 

juda  xarakatchanligi  bilan  ta ’riflanadi  (juda  serharakat  tip);

3.

  kuchli,  muvozanatlangan,  kamharakat  tip 

-   asab  jarayonlarining 

kamroq  harakatchanligi  bilan  ta’riflanadi  («yuvosh»,  kam  harakat  yoki 

inert  tip);

4. 


nimjon  tip 

-   q o ‘z g ‘alish  jarayonining  ham  tormozlanish  jarayonining 

ham  g ‘oyat  sust  avj  olishi  bilan  ta’riflanadi,  tez  charchab,  mehnat 

qobiliyatidan  mahrum  b o ‘lish  shu  tipga  mansubdir.



152-rasm.  Turli  oliy  asab faoliyati  tiplariga  mansub  bo'lgan  itlarning

tasviri.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Odamning  oliy  asab  faoliyati  tiplarini  aniqlash  uchun  l.P.Pavlovning 

k o ‘rsatilgan  asab  xossalari  ham  mos  keladi.  Ammo,  odamning  biologik 

o ‘rni 

va  uning 



ijtimoiy 

xususiyatlari  hayvonlarga  qaraganda  ancha 

murakkabroq  bo‘ladi  (154-rasm).

1.  Kuchli,  qo‘zg‘alish  tormozlanishdan  ustun  boigan  muvozanatsiz  tip 

(xolerik). 

Bu  tipga  kiruvchi  bolalar  tinib  -   tinchimas,  juda  serharakat, 

boshqalar  bilan  tez  o ‘rtoqlashib,  tez  urishib  qoladigan,  arzimas  narsaga 

yig‘lab,  o ‘zidan  -  o ‘zi  kuladigan  xususiyatga  ega  b o ‘ladi.  Bunday 

bolalaming  zehni  yaxshi  b o ‘ladi-yu,  ammo  xulq-atvori  juda  murakkab 

b o ‘lib,  ularning  tarbiyasi  ota-ona,  o ‘qituvchilar  uchun  ancha  qiyinchilik 

tug‘diradi.

2. 


Kuchli,  muvozanatlangan,  harakatchan  tip  (sangvinik). 

Bu  tipga 

kiruvchi  bolalar  qobiliyatli,  zehnli,  yuvosh  b o ‘ladi,  har  bir  ishni 

nihoyasiga  yetkazib,  shoshmasdan  sekinlik  bilan  bajaradi,  xulq  -  

atvori,  atrofdagi  kishilar  va  o ‘rtoqlari  bilan  yaxshi  munosabatda 

b o ‘ladi.



Kuchh,  muvozanattashgan,  kam  harakat  tip  (flegmatik). 

Bu  tipning 

vakillari  qobiliyatli,  zehnli,  yuvosh  b o ‘ladi,  har  bir  ishni  nihoyasiga 

yetkazib,  shoshmasdan  sekinlik  bilan  bajaradi,  xulq-atvori  atrofdagi 

kishilar  va  o 4rtoqlari  bilan  munosabati  yaxshi  b o la d i.

4. 


Kuchsiz,  muvozanatlashmagan  tormozlanish  qo‘zg‘alishdan  ustun 

tip  (meianxolik). 

Bu  tipdagi  bolalar  kam  harakat,  ishyoqmas,  q o ‘rqoq, 

mustaqil  fikrga  ega  b o ‘lmagan,  fikrlash  qobiliyati  past  b o ‘ladi.

Yuqorida  ko‘rsatilgan  turli  oliy  asab  faoliyatining  tiplari  tu g ‘ma  ya’ni 

nasldan  -   naslga  berilgan  boMadi.  Bu  belgilar  asosan  bolaning  yoshlik 

davrlarida  yaqqolroq  k o ‘rinadi,  yosh  kattalashgan  sari  tashqi  muhit,  ota-ona 

,  o ‘qituvchilar  va  atrofdagi  kishilaming  tarbiyaviy  ta’siri  natijasida  ayrim 

tipga  xos  b o ‘lgan  belgilar  m a’lum  darajada  o ‘zgaradi,  ayniqsa  birinchi  va 

to ‘rtinchi  vakillarida  o ‘zgarish  ancha  sczilarli  b o ‘ladi,  chunki  ulaming  xulk 

-atvorida  yoqimsiz  odatlar  k o ‘proq  b o ‘lganligi  uchun  atrofdagi  kishilaming 

tarbiyaviy  c ’tibori  ularni  y o ‘qotishga  qaratiladi.

Shunday  qilib,  bolalik  davridagi  oliy  asab  faoliyatining  tiplari,  ya’ni 

xulq-atvor  yosh  oshgan  sari  zgarib  boradi.  Oliy  asab  faoliyati 

tiplarining  tug(ma  ko4rinishi  genotip  ya’ni  temperament,  ularning  tarbiya 

natijasida  o‘zgarishdan  yuzaga  kelgan  holati  fenotip,  ya’ni  xarakter 

deyiladi.

Oliy  asab  faoliyati  patologiyasi

Shartli  reflektor  faoliyatining  asosiy  qonuniyatlarini  aniqlab,  I.P.Pavlov 



oliy  asab  faoliyati  patologiyasi  (buzilishi) 

ni  ham  o ‘rganib  chiqdi.  Shu 

lariq a 

oliy  asab  faoliyatining 



eksperimental  patologik  asoslari 

yaratildi,  bu 

esa  psixiatriya  va  klinik  nevrologiya  uchun  ayniqsa  muhimdir.

www.ziyouz.com kutubxonasi



------------   -------------- ----------------

Sangvjnik 

R egm atik 

Xoierlk 

M elanxolik

153-rasm.  Hayvonlar  oliy  asab faoliyati  tiplari  (I.P.Pavlovdan).

A

B



V

G

154-rasm.  Odam  oliy  asab faoliyati  tiplari.



A-o*rta  tip  -   1  va  II  signal  tizimlarining  muvozanati;  B-badiiy  tip  -   I  signal 

tizimining  ustunligi;  V -  fikrlovchi  tip  -   II signal  tizimining  ustunligi;  G- 

badiiy  -  fikrlovchi  tip  -   I  va  II  signal  tizimlarining  ustunligi.

Eksperimental  nevrozlar 

degan  patologik  holatlar  alohida  diqqatga 

sazovor.  Ular  bosh  miya  p o ‘stlog‘ining  patologik  holati  b o ‘lib,  asab  tizimi 

yoki  organizmning  boshqa  a’zolari  shikastlanmasdan  turib  vujudga  kelishi 

mumkin. 

Eksperimental 

nevroz 

oliy 


asab 

faoliyatining 

funksional 

buzilishidan  iborat.  Bosh  miya  faoliyati  qiyinlashganda,  asab  jarayonlarini 

o ‘ta  zriqtiradigan  sharoitda  eksperimental  nevroz  ro ‘y  berishi  mumkin 

(M.G.Ayrepetyans,  1989;  Simonov,  1990;  Karamyan,  1991).  Masalan,  juda 

kuchli  shartli  va  shartsiz  ta’sirlovchilar  q o ‘llanilganda,  murakkab  va  nozik 

tafovut  -  differensirovkalar  hosil  qilganda,  bir-biriga  yaqin  ikki  tovushni 

yoki  bir-biriga  o ‘xshaydigan  ikki  geometrik  figuralarni  farq  qilganda, 

tormozlovchi 

signallar 

uzoq 


(bir 

necha 


daqiqa) 

qoilanilganda 

va 

tormozlovchi  shartli  ta’sirotga  tez  o 4tilganda  k o ‘pincha  eksperimental 



nevrozlar  kuzatilgan.

Eksperimental 

nevrozlar 

yo 


tormozlanishning 

susayishida 

yo 

q o ‘zg ‘alishning 



susayishida 

yoki 


ikkala 

jarayon 


harakatchanligining 

o ‘zgarishida 

namoyon 

bo‘ladi. 

Tormozlanish 

jaiayonining 

kuchi

www.ziyouz.com kutubxonasi



kamayganda  ta’sirlovchilarning  tafovuti  buziladi,  shartli  reflekslar  so ‘ladi  va 

kechikadi:  q o ‘z g ‘alish  jarayoni  susayganda  esa  shartli  reflekslar  miqdori 

kamayadi.  Asab  jarayonlari  harakatchanligining  o ‘zgarishi  ularning  yo 

inertligi 

(faoliyatsizligi) 

da, 


yoki 

haddan 


tashqari 

harakatchanligida, 

anchagina  irradiatsiyaga  moyilligida  namoyon  b o ‘ladi.

Eksperimcntal  nevrozlarda  shartli  signallar  kuchi  bilan  shartli  refleks 

miqdori  o ‘rtasidagi  nisbatlar  k o ‘pincha  xarakterli  ravishda  o ‘zgaradi. 

(M.M.Xananashvili).  Nevroz  holati  avj  olaboshlaganda 



baravarlovchi  faza 

kuzatiladi:  turli  kuchdagi  ta’sirlovchi!ar  taxminan  teng  reflektor  javobni 

yuzaga  chiqara  boshlaydi.  Bu  fazadan  keyin 

paradoksal 

faza  keladi;  unda 

shartli  signal  kuchi  bilan  shartli  refleks  miqdori  o ‘rtasidagi  m e’yoriy  nisbat 

buziladi;  kuchli  shartli  signallar  kuchsiz  samara,  kuchsiz  shartli  signallar  esa 

kuchli  samara  yuzaga  chiqaradi.  Nevroz  holati  yanada  avj  olganda  kuchli, 

shuningdek,  kuchsiz  shartli  signallaming  samaralari  juda  ham  susayadi 

(narkotik)  faza.  Nihcyat^  m uayyaaJiollarda 

ultraparadoksal  fazani 

kuzatish 

mumkin.  Bu  fazaning  xarakterli  belgisi  shuki,  ijobiy  shartti  stgnaltar 

tormozlovchi  samara  beradi  (E.N.Nuritdinov  bo‘yicha  «mukofotlovchi 

tormozlanish»  fenomeni),  tormozlovchi  shartli  signallar  esa,  aksincha  ijobiy 

shartli  reaksiyaga  sabab  bo‘ladi.

Baravarlovchi,  paradoksal  va  ultraparadoksal  fazalar  к о ‘р  kunlar  va 

hatto  haftalar  davom  etishi  mumkin.  Ba’zan  nevroz  holati  barqaror 

b o ‘lganda  shartli  signallar  kuchi  bilan  shartli  refleks  miqdori  o ‘rtasidagi 

anormal  nisbatlar  surunkali  (xronik)  tus  oladi.

Bedorlik  holatidan  uyquga  o ‘tishda  eksperimental  nevroz  b o ‘lmaganda 

ham  ba’zan  shunga  o ‘xshash  hodisalar  uchraydi.  Ayni  vaqtda  itlar  ustidagi 

tajribalarda  k o ‘pincha  shunday  holatlar  kuzatildiki,  ovqatlanish  shartli 

refleksining  sekretor  komponenti  saqlangani  holda  harakat  komponenti 

tormozlanadi: 

shartli 


signalning 

ta’siriga  javoban 

s o ia k  

chiqadi-yu, 

hayvonga  hatto  ovqat  berilgandan  keyin  ham,  u  ovqat  idishi  sari 

harakatlanmaydi.

Asab  jarayonlarining  o ‘ta  z o ‘riqishi  sababli,  hayvonda  kelib  chiqqan 

patologik  holatlarni  bartaraf  qilish  uchun  dam  beriladi,  y a’ni  shartli  refleks 

tajribalari  bir  muddat  to ‘xtatib  q o ‘yiladi  va  tajriba  sharoiti  yengillashtiriladi. 

Oxirgi 


yillarda 

eksperimental 

nevrozlarni 

bartaraf 

qilish 

uchun 


neyropeptidlar:  enkcfalin, 

endorfin, 

bombezin,  dermorfin, 

AKTG 


va 

hokazolar  qoilanilm oqda 

(E.N.Nuritdinov, 

2001-2003). 

Bombezin 

va 


dermorfin  q o ‘zg‘alish  jarayonini  pasaytiradi,  enkefalin,  endorfin  va  AKTG 

esa,  ichki  tormozlanish  jarayonlarini  ularning  m e’yoriga  qaytaradi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


Bosh  miya  p o ‘stlog4ida  vaqtincha  funksional  aloqalarning  vujudga 

kelishi  va  mustahkamlanishi  mashq  qilish  natijasida  avtomatlashgan  harakat 

jarayonlarini,  y a’ni 

harakat  malakalarini 

hosil  qilishga  asoslanadi.

Odamning  hayot  va  faoliyat  davrida  hosil  qiladigan  malakalari  juda 

k o ‘p.  Tikka  turish  ham,  yurish  ham,  yugurish  ham,  mehnat  va  sportdagi  har 

xil  harakatlar  ham  harakat  malakalariga  kiradi.

Harakat  malakalarini  hosil  qilishda  miya  p o ‘stlog‘ining  piramidal 

neyronlari  va  analizatorlaming  po‘stloqdagi  sensor  neyronlari  o ‘rtasida 

neyronlararo  vaqtincha  aloqalar  vujudga  keladi  (155-rasm).  Ammo,  bunday 

malakalaming  vujudga  kelishida  mushaklar  retseptorlaridan  bosh  miya 

p o ‘stlog‘iga  muntazam  ravishda  boradigan  afferent  impulslar  muhim  rcl 

o ‘ynaydi  (156-rasm).

155-rasrru  Jismoniy  mehnat  vaqtida  mushak faoliyatining  boshqarilishi. 

0 ’-o {pka,  P-bosh  miya  po'stlog'i,  Rf-to‘rsimon formatsiya,  Om-orqa  miya, 

T-simpatik  va  parasimpatik  tugunlari,  Kt-qon  tomiri,  M-mushak,  B-buyrak, 

M-me’da,  1-piramidal  tizim,  2-ekstrapiramidal  tizim,  3-fnetabolitlar,  4-oziq

moddalar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



156-rasm.  Mushaklarning  retseptorlari.

I-proksimal  qutb,  II-ekvatorial  bo4im,  III-distal  qutb.  1-Mushak  ichidagi 

asab  tolalari,  2-ekstrafuzal  mushak  tolalari,  3-intrafuzal  mushak  tolalari,  4- 

oxirgi  motor  (harakat)  plastinkalari,  5-yadro  xaltasi,  6-limfa  bo'shlig4t  7- 

kapsula,  8-ekstrafuzal  mushak  tolalari,  9-pay.

Miya  p o ‘stlog‘idagi  piramidal  neyronlarning  shaitli  yoki  shartsiz  refleks 

y o ‘li  bilan  q o ‘z g ‘alish  oqibatida 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling