Odam va hayvonlarning organlari organlar sistemasi


Guruhlar uchun topshiriqlar


Download 178.92 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2023
Hajmi178.92 Kb.
#1341184
1   2
Bog'liq
Ishbayeva Dilnoza Odam va hayvon organlari sistemasi. Dars ishlanma.

Guruhlar uchun topshiriqlar
Topshiriqning didaktik maqsadi. Odam organizmining hujayraviy tuzlilishidan boshlab, butun organlar sistemasigacha o‘quvchilarga tanishtirish.
1-guruh. Odam organizmi hujayraviy tuzlishi va tayanch-harakatlanish sistemasi haqida ma’lumot beradi.
2-guruh. Qon aylanish sistemasi va ovqat hazm qilish sistemasi haqida ma’lumot beradi.
3-guruh. Nerv sistemasi va nafas olish sistemasi haqida ma’lumot beradi.
4-guruh. Limfa va endokrin sistemalari haqida ma’lumot beradi.
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar bilimini nazorat qilsh va baholash uchun topshiriqlar.
2-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.

  1. Tayanch harakatlanish sistemasiga nimalar kiradi?

  2. Hujayralar o‘zaro birlashib nima hosil qiladi?

  3. Skelet qanday qismlardan iborat?

  4. Suyakning ko‘mik qismining vazifasi nimadan iborat?

  5. Qon tomirlari necha xil?

  6. Arteriya qon tomiri yurakdan chiqadimi yoki kiradimi?

  7. Kapillyar qon tomirlari qayerlarda joylashgan?

  8. Odam organizmida nechta qon aylanish doirasi mavjud?

  9. Ovqat hazm qilish organlariga nimalar kiradi?

  10. So’lak bezlarining vazifasi nimadan iborat?

  11. Nerv sistemasi nechta qismga bo‘linadi?

  12. Orqa miya qayerda joylashgan?

  13. Markaziy nerv sistemasiga nimalar kiradi?

  14. Nafas olish organlar sistemasiga nimlar kiradi?

  15. Nima uchun sinf xonalari tez-tez shamollatib turiladi?

  16. Limfa sistemasiga nimalar kiradi?

  17. Limfa sistemasining vazifasi nimadan iborat?

  18. Limfa sistemasining hujayralari nomi qanday?

  19. Ichki sekretsiya bezlariga nimalar kiradi?

  20. Ichki sekretsiya bezlarining vazifasi nimadan iborat?



Uyga vazifa
Darslikda berilgan mavzuni o‘qib-o‘rganish, odam organlari sistemalarining rasmlarini chizish va quyida berilgan jadvalni to‘ldirish.



Organlar sistemasi

Vazifalari























































Download 178.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling