148
chanqash, siydik, najas ajratishga taalluqli retseptorlar qo‘zg‘a-
lishini odam sezadi va shunga ko‘ra chora-tadbir ko‘radi. Ammo
ko‘pchilik visseroretseptorlarning qo‘zg‘alishini odam sezmaydi.
Masalan, yurak, o‘pka, taloq, jigar, buyrak kabi a’zolar hamda
qon tomirlari devoridagi retseptorlarning qo‘zg‘algani
va ularning
ishi o‘zgargani odamga ko‘pincha bilinmaydi. Biroq ichki a’zolar
kasallanganda ularda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar retseptorlarning
kuchli qo‘zg‘alishi natijasida odamda kasallikning
noxush belgilari
seziladi. Masalan, kasallangan organ sohasida og‘riq, achishish,
ichaklarda gaz to‘planishi tufayli qorin sohasida g‘uldurash
eshitilishi
kabilar shular jumlasidandir.
1. Hid bilish analizatorining ahamiyatini ayting.
2. Òa’m bilish qanday sodir bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: