Odam va uning salomatligini o’QItishda masala va mashqlardan foydaLAnish metodikasi reja
Download 27.92 Kb.
|
2-MA\'RUZA MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
ODAM VA UNING SALOMATLIGINI O’QITISHDA MASALA VA MASHQLARDAN FOYDALANISH METODIKASI Reja: 1. Odam va uning salomatligi bo’yicha bilim beradigan biologik masala va mashq hamda topshiriqlar 2. Odam va uning salomatligi bo‘yicha foydalanila-digan masala va mashqlarga qo‘yiladigan talablar 3. Odam va uning salomatligi o’quv fanini o’sitishda masala va mashqlardan foydalanishdagi fanlararo bog‘lanishlar 4. Odam va uning salomatligi kursidan masala va mashqlar yechish metodikasi Tayanch so’zlar va iboralar: odam va uning salomatligi, ekologiya, masala, mashq, ko‘nikma, malaka, nostandart test, hujayra, organoid, oqsil, nuklein kilota, lipid, metobolizm O‘qitishning muvaffaqiyati fanning mazmunidan tashqari qo‘llaniladigan usul va pedagogik texnologiyalarga ham bog‘liqdir. O‘quvchilar shu usul va texnologiyalar asosida zarur bilimlarni oladi, tarbiyalanadi, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlanib boradi. Odam va uning salomatligi kursida masala va mashqlar juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramasdan, bu muammo nazariy jihatdan barcha biologiya o‘qituvchilariga manzur bo‘ladigan darajada hal qilinmagan. Masala va mashqning tatbiq etishda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining turlari hamda o‘quvchilar bilish faoliyatini asos qilib olish kerak, o‘quvchilar bilish faoliyatini harakteri o‘qituvchining rahbarlik faoliyatiga hamda qaysi darsda qanday masala yoki mashqlardan foydalanish usuliga bog‘liqdir. Masalan, o‘qituvchi biror mavzu bo‘yicha o‘quv materialini tushuntiradi va video yoki proektor yordamida shu mavzuga oid rasmlarni ko‘rsatib boradi, o‘quvchi o‘qituvchi so‘zlarini tinglab, idrok etadi va rasmlarni ko‘zdan kechiradi. Agar o‘qituvchishu mavzu mazmun va mohiyatini ochib beradigan biror masala yoki mashqlarni o‘quvchilarga havola etsa, o‘quvchilar xotirasida bu mavzu mazmun mohiyati uzoq vaqt saqlanib qoladi. O‘quvchilarning bilish faoliyatiga rahbarlik qilish xarakteri o‘qib, bilib olish vaqtida masala va mashqlarni tatbiq etish o‘quvchilar tafakkuri va hatti – harakatlaridagi mustaqillik hamda faollik darajasini belgilab olishdan iborat. Odam va uning salomatligi kursida o‘quvchilarga asosan bilimlarni tayyorholda yoki yangi o‘zlashtirgan bilimlarni tasdiqlovchi va aniqlashtiruvchi dalil sifatida olinadigan masala va mashqlar o‘quvchilarni ancha mustaqil izlanishlarini oshirishga imkon beradi. O‘quvchilarning ko‘proq mustaqil fikr yuritishga qaratilgan masala va mashqlar, o‘quvchilar tomonidan kuzatishlar olib borishga, mantiqiy fikr yuritishga va xulosalar chiqarish yo‘li bilan o‘quvchilar o‘zlari yangi bilimlar olishini ko‘zda tutiladi. Masala va mashqlardan foydalanishda o‘quvchilar imkoni boricha ko‘proq mustaqil faoliyat ko‘rsatsalar, masala - mashqlardan odam va uning salomatligi o‘quv fanidagi mavzularni atroflicha tushunib olishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.Har bir masala yoki mashq didaktik maqsadiga va o‘quv materialini mazmunining xususiyatlariga qarab qo‘llaniladigan bo‘lsa, ta’lim va tarbiyaiy ahamiyati yanada yuqori bo‘ladi. Odam va uning salomatligi kursida foydalaniladigan masala va mashqlar mavzu mazmunini ta’limiy va ta’sirchanlik ahamiyatini kuchaytiradi. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan har qanday usul yoki pedagogik texnologiyalar ma’lum sharoitlarda o‘quv – tarbiya jihatidan yaxshi ta’sir ko‘rsatishi mumkin, lekin imkoniyati bor joyda masala va mashqlardan ko‘proq foydalanish juda o‘rinli hisoblanadi. Odam va uning salomatligidan foydalaniladigan masala va mashqlar qo‘llash usuliga qarab uch guruhga ajaratiladi: Sinfda barcha o‘quvchilar bilan birga ommaviy bajariladigan masala va mashqlar. O‘z bilimini odam va uning salomatligi kursidan chuqurlashtirish uchun harakat qilayotgan va o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar bilan birgalikda bajariladigan masala va mashqlar. Biologiya bilan alohida qiziqadigan o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda va fakul’tativ mashg‘ulotlarda individual ravishda qo‘llanila-digan murakkab masala va mashqlardir. Download 27.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling