Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens
Download 107.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Odam - Vikipediya
Odam Odam yoki inson, shuningdek Homo sapiens ham deyiladi ( lot. ongli odam), sut emizuvchilar sinfining Hominidae oilasiga mansub primat turidir. Odamlar abstrakt fikrlash , nutq , introspeksiya qobiliyatli yuksak rivojlangan miyaga egadirlar. Bunday miya bilan odamlar mehnat qurollari ishlatishni oʻrganib, boshqa tur hayvonlardan ilgʻorlashib ketdilar. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi. Odamning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, hozirgi aqlli odam (Homo sapiens) turi xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar turkumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshka barmoqlarga qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va organlarning tuzilishi, onaqornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash. Odam odamsimon maymunlardan oyoklarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kengayganligi, koʻkrak qafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoklarining bir qator joylashganligi va boshqa morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli Odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat Odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qis-miga nisbatan yirik boʻlishi, gavda-sida junlarning yoʻqolib ketishi ham Odam uchun xos belgi hisoblanadi. Download 107.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling