Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'siretib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir XIL aniqlikda aks ettirilmaydi


Download 0.71 Mb.
Sana21.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1285338
Bog'liq
4-mustaqil ish


Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti
Biologiya fakulteti Biologiya yo’nalishi
19-03 guruh talabasi
Husanova Sug‘diyonaning
Umumiy pedagogika va psixologiya fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Diqqat va xotira-pisxik jarayon sifatida

Reja:
1.Diqqat haqida tushuncha


2.Diqqat turlari
3.Diqqat xususiyatlari

Diqqat va xotira-pisxik jarayon sifatida


Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'siretib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi. Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatningvujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning "diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi.Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
Diqqat turlari.Odam ayrim narsalarga o’z diqqatini ongli ravishda o’zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat.Diqqatning ob'ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat. Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat.Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko’rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat turlaridan iboratdir.Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.


Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.Odamning ko’z o’ngida paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining tashqi ko’rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya o’qish mashg’uloti paytida to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi.Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog’dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog’liq bo’lgan narsalarning ta'siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo’ladi. Masalan, erkin o’yin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini o’yindan darhol o’ziga jalb qilib oladi.Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o’qish, o’yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqatixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turibo’lib, u zo’r berishlikni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi. Ixtiyoriy diqqatning nerv fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujudga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Chunki ko’pchilik hollarda hoh ta'lim jarayonida bo’lsin, hohmehnat jarayonida bo’lsin nutq orqali turli vazifalar qo’yish bilan ixtiyoriy diqqat ishga solinadi. Shuni aytish lozimki, ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilan almashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat vaqtida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi. Iroda kuchini sarflash orqali, ya'ni odam o’zini majbur qilish orqali diqqatni safarbar qilishi odamni charchatadi. Ixtiyorsiz diqqatda esa hech qanday iroda kuchini ishga solish talab etilmaydi. Shuning uchun ixtiyorsiz diqqatda odam charchamaydi. Ana shu jihatdan olganda ta'lim va mehnat jarayonida ixtiyoriy diqqatning vaqti-vaqti bilan ixtiyorsiz diqqatga o’tib turishi yaxshi bo’ladi.
Diqqat xususiyatlari Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari -diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning mazkur xususiyatlari quyidagi jadvalda to’liq aks ettirilgan va shunga muvofiq har biriga qisqacha ta'rif berib o’tamiz.

Hozirgi vaqtda diqqatning barqarorlik darajasini aniqlashga imkon beruvchi ko'plab usullar va testlar mavjud. Afsuski, ularning natijalari har doim ham qoniqarli emas, ammo bu vaziyatni tuzatish mumkin. Diqqat barqarorligini rivojlantirish psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan texnikalar tufayli mumkin bo'ladi. Bu ishlash va o'rganishni yaxshilaydi.Quyidagi mashqlar eng samarali va tez-tez qo'llaniladi: Taymeringizni sozlang Uyali telefon ikki daqiqa davomida. Shu vaqt ichida siz diqqatingizni barmog'ingizning uchiga qaratishingiz kerak (qaysi biri bo'lishidan qat'iy nazar). Agar siz ushbu vazifani muammosiz hal qila olsangiz, uni murakkablashtirishga harakat qiling. Masalan, televizorni yoqing va uning fonida diqqatingizni barmog'ingizga qaratishga harakat qiling. Bunday mashg'ulotlarni har kuni qilsangiz yaxshi bo'ladi. Ushbu mashq nafaqat konsentratsiyani rivojlantirish, balki dam olish uchun ham foydalidir.Ichkarida bo'lish jamoat transporti, deraza oldiga o'tiring va uning orqasidagi narsalarga e'tibor bermasdan, butunlay oynaga e'tiboringizni qarating. Keyinchalik ustuvorlikni o'zgartiring.Quyidagi mashq yotishdan oldin amalga oshiriladi, chunki u nafaqat konsentratsiyani rivojlantiradi, balki dam olishga ham yordam beradi. Standart matn varag'ini oling va yashil flomaster yoki marker bilan o'rtasiga nuqta qo'ying. Hech qanday begona fikrlarning ongingizga kirishiga yo'l qo'ymasdan, unga 5 daqiqa qarashingiz kerak.Agar sizning faoliyatingiz tovushlarni idrok etish bilan bog'liq bo'lsa, unda ushbu maxsus apparatni o'rgatish kerak. Parkga borib, 10 daqiqa davomida o'tkinchilarning suhbatlariga yoki o'tayotgan mashinalarning shovqiniga e'tibor bermasdan, faqat tabiat tovushlarini eshitishga harakat qilish tavsiya etiladi.Psixologik salomatlik omillari ko'p jihatdan diqqatning barqarorligini saqlash qobiliyatiga bog'liq. Bu professional va kundalik faoliyatda muvaffaqiyat keltiradi. Agar sizning tabiiy qobiliyatlaringiz eng yuqori darajada bo'lmasa, unda siz ularni maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishingiz kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
2.Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y
3.Turg’unov Q. Psixologiya terminlarining ruscha-o’zbekcha izohli lug’ati T; "O’qituvchi" nashriyoti 1975 y
4.Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y 13.G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling