Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakillari, umumiy tavsifi, sistematik o’rni va keltirib chiqaradigan kasalliklari


Download 0.49 Mb.
bet4/4
Sana25.05.2020
Hajmi0.49 Mb.
#109875
1   2   3   4
Bog'liq
1 parazitologiya




XULOSA:

Xulosa qilib shuni aytish mumkin odamlarda uchraydigan soxta oyoqlilarning vakili ularning umumiy tavsifi va sistematik o’rni ,kasalliklar keltirib chiqarishi:

1.Odamda uchraydigan soxta oyoqlilarnning umumiy tavsifi ular sarkodallilar sinfiga kiradi.ularning 11000ga yaqin turi bor.Parazit yashaydigan vakili amyobalar turkumiga oid ichburug’ amyobasidir.U odamda parazitlik qilib qonli ichburug’kasalligini keltirib chiqaradi. Ichburug’ amyobasinni birinchi marta 1875 yilda rus shifokori Lesh tomonidan aniqlangan va uning patologik belgilarini ham o’rganilgan.Ichburug’amyobasining kattaligi 20-30 mikron keladi.Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i, qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor. Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi.

2.Odam uchraydiygan soxta oyoqlilarning sistematikasi Hayvonot olami,bir hujayralilar kichik olami,sarkomastigoforalar tipi.sarkodalilar sinfi,amyoba turkumi,ichburug’ amyobasi turi hisoblanadi.

3.Odamda uchraydigan soxta oyoqlilar odamda amyobiaz ya’ni qonli ichburug’ keltirib chiqaradi.kasallikning belgilari qorin og’rishi,ishtahaning yo’qolishi,yiring va qon aralash ich ketishi kabi belgilar yuzaga keladi. Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin.Kasallikka tashxis qo‘yish uchun bemoming najasi konservantga yigiladi va tekshiriladi.

Profilaktika choralariga ovqat iste’mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab yu-

vish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlami yaxshilab yuvish,

pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalami yo‘qotish

(chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), be-

mor va sista tashuvchilami aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasala-

rida sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va

aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha keng targ‘ibot

ishlarini olib borish kabilar kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Dadaev S.D. Parazitologiya. -Toshkent. 2006.

  2. Eshova X.S., Mavlonov O.M. Umurtqasizlar zoologiyasi. -Toshkent, 2006.

  3. Qulmamatov A. Umurtqasiz parazit hayvonlar. -T.; «O’qituvchi», 1988.

  4. B.A.Mo’minov., X.S.Eshova., M.SH.Raximov. Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar. -Toshkent, 2005.

  5. Internet ma’lumotlari

www.ziyonet.uz.
Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling