Odamzodning eng ashaddiy dushmani Mustaqillik yillarining har biri O`zbekiston tarixida o`ziga xos salmoqli iz qoldirmoqda. 2005 yilning “Sixat-salomatlik yili” deb atalishi ham o`tgan yillarning mantiqiy davomi bo`lib


Download 17.7 Kb.
Sana27.03.2023
Hajmi17.7 Kb.
#1298469
Bog'liq
gazeta


Odamzodning eng ashaddiy dushmani
Mustaqillik yillarining har biri O`zbekiston tarixida o`ziga xos salmoqli iz qoldirmoqda. 2005 yilning “Sixat-salomatlik yili” deb atalishi ham o`tgan yillarning mantiqiy davomi bo`lib, jamiyat oldiga sog`lom turmush tarzini shakllantirishni taqozo etadi. Zero, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog`lom va ma`naviy yetuk yosh avlodni barkamol o`stirish va tarbiyalash “Sihat-salomatlik yili’’ davlat dasturining asosiy mezonidir.
Millatning sog`ligi bu davlat qayg`usi ekan, demak yurtboshimiz aytganlaridek, “sog`lom xalq, sog`lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi”. Shuning uchun ham bugun giyohvandlikka, ichkilikbozlikka, kashandalikka qarshi kurash har bir sog`lom kishining burchi bo`lmog`I lozim. Ayniqsa, ichkilikbozlikning, sipirtli ichimliklar iste`mol qilishning salbiy asoratlari inson salomatligiga katta putur yetkazadi.
Ibn Sinoning aytishicha, mast kishidan aql, hayo va sabr ketadi. Madomiki, inson shulardan ajralar ekan, odamgarchilikdan chiqadi. Ichkilik kishilarning jismoniy sog`ligini yo`qotadi, aql-idrokini yemiradi, oilalarning baxt-saodatini barbod etadi va eng ayanchlisi, ahvoli ruhiyati ham naslini inqirozga uchratadi. Alkogol qurbonlarining zurriyodlrida ham jismoni, ham ma`naviy jihatdan katta dog` qoladi, ular ish yoqmas, beqaror, aqliy jixatdan qoloq va ma`naviy hisi kuchsiz bo`ladi. Ne ne iste`dodli va zabardast shaxslar ham ichkilik tufayli nobud bo`lganlar…
Alloma Abul Farojning aytishicha, “Ichgan odam to`rt sifatga ega bo`lar ekan. Dastlab, u tovusga aylanib-o`zini ko`z qilar ekan, harakatlari ravon va ulug`vorlik kasb etar ekan. Keyin maymun qiyofasiga kirib, hammabilan hazllashib, maynavozchilikka o`ta boshlar ekan, undan so`ng sherga o`xshab o`ziga bino qo`yar ekan, mag`rurligi tutib, kuchiga ishonib ketar ekan. Lekin oxirida ch`ochqaga aylanib, chochqa singari axlatga ag`anab yotar ekan”.
Xullas, aroq oq, ammo burunni qizartirib, obroni qora qiladi… bir so`z bilan aytganda, ichkilikbozlik odamzod istiqbolining eng ashaddiy dushmanidir.
Bolgariyalik olim Efremovning ma`lumotiga ko`ra, alkogol iste`mol qilib yurgan 23 oilada 15 ta o`lik, 8 ta zaif chaqaloq tugilgan. Mashhur olim I.Bogdanovich huzuriga bir ota 3 farzandini yetaklab keladi. Katta qizinining zehni nihoyatda past bo`lgani uchun sinfda qolavergan, ortanchasini tutqanog`I bor ekan. Uchinchisining labi tirtiq, burni qiyshiq bo`lgan. Tekshirish natijasida, ota onaning aroq ichish odati ayon bo`lgan. Aniq ma`lumotlarga ko`ra aroq ichmagan vaqtida sog`lom ogil qiz korgan. Icha boshlaganidan so`ng tug`ilgan tort farzand esa kasalmand bo`lib qolgan…
To`g`ri, zerikkan kishi qadahdan ovunchoq istaydi: qorqoq-mardlik, lapashang-qat`iylik, g`amgin dil-xursandlik, izlaydi. Ammo u o`lim topadi, oxiri esa “Voy”, har yili suvda g`arq bo`lganlarga nisbatan ko`proq kishilar pivo va vino daryosida g`arq bo`ladilar. Ahmad Donish aytgan ekanlar: “Agar mayxo`rlik doimiy mashg`ulotga aylansa, unday kishilardan dunyoviy ishlarni kutmaslik kerak. Chunki, mast bo`lib yurganlar dunyo ishlarini hech biriga yaramaydilar”.
Germaniyaning Leyspik shahri aftodromida g`aroyib bir sinov o`tkazildi. Besh nafar haydovchidan uchtasiga pivo yoki undan ham o`tkirroq ichimlik berildi va mashinani boshqarish taklif qilindi. Yurib ketayotgan mashinaning oldiga to`satdan lattadan yasalgan katta qo`girchoqni tashlashdi. Ammo uchchala haydovchiniong birortasi ham o`z vaqtida mashinani to`xtata olmadi. Sipirtli ichimlik iste`mol qilmagan ikkita haydochi esa shu vazifani a`lo darajada bajardi.
Psixiatriya rivojiga salmoqli hissa qo`shgan nemis virachi Krepeling Emiyevning ma`lumotiga ko`ra, ichkilikboz oilalarning 12 %idagi ayollar bolasi tushgan, 20 %ida bola o`lik tug`ilgan. Holbuki, ichkilik ichmagan oilalarda bu ko`rsatkichlar 6.6 va 2.6 %ni tashkil etgan.
Fransuz olimlari 188 nafar tutqanoq (epilepsiya) bilan og`rigan bemorlarni tekshirib, ulardan 117 tasini ota yoki onasi ichkilikka mukkasidan ketganligini aniqlashgan. Shvetsiyalik vrachlar otasi ichkilikboz oilalalardan tug`ilgan 4-12 yoshdagi 200 yuzdan ziyod Bolani tekshirib, ularning 29 % ruhan sog` emasligi, 5 % ning aqli norasoligi, 8 %ning yomon o`qishini opishgan. Amerikalik olimlar esa 40 % bolalarning tug`ma yurak porogi ichkilik oqibatida yuz berganini, 30 % aroqxo`rlarning bolalari maktab dasturini yomon o`zlashtirganliklarini aniqlashgan.
Bir so`z bilan aytganda, ichkilikbozlik inson umrini yemiradi. Uning eng ogir assoratlaridan biri-asab kasalligi “oq alahlash” debataladi. Bu hastalik ichkilikni muntazam ravishda surinkali va ko`p miqdorda
Download 17.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling