Oddiy elektr sistemaning statik turg‘unlik


Download 18.71 Kb.
Sana02.04.2023
Hajmi18.71 Kb.
#1320144
Bog'liq
ODDIY ELEKTR SISTEMANING STATIK TURGinligini xisoblash


ODDIY ELEKTR SISTEMANING STATIK TURG‘UNLIK ZAXIRASI, UNI OSHIRISH YULLARI VA STATIK TURG‘UNLIK MEZONI.
Elektr energetikaning asosiy masalalaridan biri energosistema va elektr stansiyalarining parallel ishlashini ta’minlash muxim masala xisoblanadi. Ularning turg‘unligining buzilishi juda katta xuddida joylashgan iste’molchilarni toksizlantirishga, elektr tarmoq va elektr stansiyalarning elektr jixozlarining shikastlanishiga va boshqa og‘ir oqibatlarga olib keladi. SHuning uchun energosistemaning rejimini va turg‘unligini taxlil qilish markaziy, xududiy, rayon dispetcherlik boshqarmasining bajaradigan ishining ajralmas qismi xisoblanadi.
Energosistemaning turg‘unligi ilmiy predmetligidan xarakatning umumiy turg‘unlik nazariyasiga tayanadi va xar qanday material no‘qtaning xarakatiga xar xil faktorlarning ta’sirini o‘rganadi. Xarakat deyilgan material no‘qta parametrlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi tushiniladi.
Elektr sistemaning statik turg‘unligi deyilganda unda sodir bo‘ladigan kichik turkilar ta’sir etganda sistema rejimining o‘z – o‘zidan o‘zining oldingi va unga yaqin bo‘lgan rejimiga qaytib kelish xususityati tushiniladi. Sistemada sodir bœladigan kichik turtkilar deb: - kam quvvatli yuklamalarni qo‘shish va o‘chirish; - yuklanmagan transformator va xavo elektr uzatish liniyalarni o‘chirish; - berk, uncha uzun bo‘lmagan liniyalarni qo‘shish va ajratish; - sistemada planli ravishda olib boriladigan tadbirlar (qo‘zg‘atish tokini o‘zgartish).
Elektr sistemaning statik turg‘unligining zaxirasi. YA’ni statik turg‘unlik koeffitsienti bilan baholanadi. Statik turg‘unlik koeffitsienti quvvat va kuchlanish bo‘yicha farqlanib quyidagi ifodalar bilan aniqlaniladi.
Koeffitsient Kr sonli ko‘rsatgich bo‘lib, u noromal rejimda sistemaga uzatilayotgan aktiv quvvatni qanchagacha oshirish mumkinligini ko‘rsatadi (rasm 1). Bu kattalik standart bo‘yicha belgilanadi va sistemaning normal ishlashini ta’minlash uchun bu koeffitsient -dan kam bo‘lmasligi kerak. Ayrim xollarda shikastlanishdan keyingi rejimlarda bu koeffitsientningn 8% gacha kamayishiga ruxsat etiladi.
Rasm 1. Oddiy elektr sistemaning quvvat xarakteristikasi Bu grafikdan ko‘rinadiki sistemaga uzatilayotgan aktiv quvvatni oshira borganimiz sari sistemaning aktiv quvvat bo‘yicha statik turg‘unlik koeffitsienti kamaib borib sistemaning statik turg‘unligi yomonlasha boshlaydi (rasm 2.).
Rasm 2. Kr koeffitsientining uzatilayotgan aktiv quvvatga bog‘liqligi. Koeffitsient K ning sistemadagi kompleks yuklamali tugunlar uchun uning qiymati dan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda asinxron va sinxron dvigatellerning tungtarilishi sodir bo‘lishi mumkin. Demak sistemaning normal ishlashini kafolotlash uchun bu koeffitsientni oshirish talab etiladi, lekin uni oshirish uchun esa qo‘shimcha kapital mablag‘ sarflanishi kerak.. Aktiv quvvat formulasiga e’tibor bersak
Undan ko‘rinadiki quvvatning qiymatini oshirish uchun: - generatorlarning elektr yurituvchi kuchini kupaytirish; - sistema kuchlanishini kupaytirish: - sistemaning umumiy qarshiligini ( ) kamaytirish xisobiga oshirishimiz mumkin. Bu koeffitsientni oshinishning quyidagi usullari mavjud: 1. Sistemada sinxron generatorlarda, sinxron kompensatorlarda va katta quvvatli sinxron dvigatellarda kuchli yoki prporsional qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichlarni o‘rnatish orqali (rasm 3).

Rasm 3. Qarning statik turg‘unlik zaxirasiga ta’siri
2. Loyixalanayotgan yoki rekonstruksiya qilinayotgan elektr sistemada kuchlanishning yuqoriroq pog‘onasiga o‘tish xisobiga. CHunki sistemaga uzatilayotgan aktiv quvvat kuchlanish bilan kvadratik bog‘lanishda bo‘lsa sistema elementlaridagi quvvat isrofi esa kuchlanishning kvadratiga teskari proporsional buladi

Sistemada tojlanishga bo‘layotgan aktiv quvvat isrofini kamaytirish uchun faza simlarini parchalash, ya’ni fazada yagona o‘tkazgich o‘rniga bir nechta o‘tkazgichlarni kullash xisobiga. Misol uchun kuchlanishi 500 kV bo‘lgan XEULlarda -3ta, kuchlanishi 750 kV liniyalarda 5ta, kuchlanishi 1150 kV bo‘lgan liniyalarda esa 8 - 12-tagacha o‘tkazgichlar qullaniladi. Bu holda ekvivalent utkazkazgichning diametri va yuzasi oshadi va sim sirtining xar bir sm2 ga to‘g‘ri kelayotgan elektr maydon kuchlanganli kamayadi


4. Xavo elektr uzatish liniyasida buylama kompensatsiyalovchi qurilmalarni (BKQ) o‘rnatish orqali. CHunki BKQ liniyaning ma’lum qismida reaktiv quvvat isrofini qoplashi xisobiga sistemaning umumiy qarshiligini kamaytiradi 5. Loyihalanayotgan elektr sistemada katta quvvatli yuklamalarni mumkin qadar manbaga yaqinroq joylashtirilishi kerak. CHunki quvvat uzatishda bo‘ladigan aktiv va reaktiv isrofi kamayadi. Elektr sistemaning statik turg‘unligini taxlil qilishda quyidagi oddiy elektr sistemaning sxemasidan foydalanamiz(rasm 4).

Rasm 4. Sistemaning prinsipial sxemasi
Bu sxemada zzatuvchi stansiya (G1) issiqliq elektr stansiyasiini ekvivalentlashtirayotgan bo‘lib u cheksiz quvvatli sistema bilan parallel ishlayapti deb qabul qilamiz. Xususiy holda ekvivalent generatorda qo‘zg‘atishni akvtomatik rostlagich yo‘q (Eq=sonsf) deb qaraymiz. Taxlil uchun sistemaning almaytirish sxemasidan uning to‘la induktiv qarshiligini aniqlaymiz va quvvat xarakteristikasi quramiz (rasm 5).
Download 18.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling