Oddiy moddalar


Download 1.83 Mb.
bet3/8
Sana21.11.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1790737
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta

Kimyoviy bogʻ yoki kimyoviy bogʻlanish — ikki yoki undan ko'p atomlarning oʻzaro taʼsiri natijasida kimyoviy barqaror sistemalar (molekulalar, radikallar, molekulyar ionlar, komplekslar, kristallar va b.) hosil boʻlishi. Asosan, 2 xil boʻladi:

  • Atom (kovalent) bogʻ — kimyoviy xossalari jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki xossalari bir-biriga yaqin boʻlgan atomlar oʻrtasidagi bogʻ. Bu bogʻ har qaysi atomdan bittadan elektron oʻzaro taʼsir etib, shu atomlarga tegishli birlashtiruvchi elektron juftligini hosil qilishi natijasida yuzaga keladi. Bu bogʻ oddiy moddalarning (H2, O2 va b.), murakkab moddalarning (CH4, H2O, NH4Cl va b.) va organik birikmalarning molekulalariga xos. Kovalent bogʻlar 2 atom uchun umumiy boʻlgan elektronlarning 2 jufti bilan yuzaga kelsa — qoʻshaloq, 3 jufti bilan yuzaga kelsa — uchlik kovalent bogʻ deb ataladi; Struktura formulalarda ular 2 ta yoki 3 ta chiziqcha bilan koʻrsatiladi. Masalan, H2C=CH2 — etilen, HC≡CH — atsetilen, H—C≡N — vodorod sianid va hokazo.

  • Ion (elektrovalent yoki geteropolyar) bogʻ — elementlarning atomlaridan biri elektron berib (yoʻqotib), musbat ionga aylanadi. Ikkinchi element atomi esa bu elektronni qabul qilib, manfiy ionga aylanadi; Soʻngra bu musbat va manfiy ionlar oʻzaro bog'lanib molekula hosil qiladi. Bunday molekulaning musbat va manfiy qutbi boʻlgani uchun u, geteropolyar yoki ion bogʻlanishli molekula deyiladi. Ion bogʻ xossalari bir-biridan katta farq qiladigan elementlar — asl metallar bilan metallmaslarning atomlari orasida (masalan: natriy xlorid NaCl yoki kalsiy ftorid CaF2 molekulasida) yuzaga keladi. Mendeleyev davriy sistemasining 1-guruh metallari 1 zaryadli (ion valentligi +1), 2-guruh metallari 2 zaryadli (ion valentligi +2) ionlar hosil qiladi. Galogenlar, davriy sistemaning 7-guruh elementlari elektron qabul qilib, manfiy zaryadlangan (ion valentligi -1) 1 valentli ionlar, kislorod va xossalari oʻnga oʻxshash elementlar esa 2 ta elektron qabul qilib manfiy zaryadlangan (ion valentligi -2) 2 valentli ionlar hosil qiladi.

Kimyoviy bogʻlarning yuqorida keltirilgan asosiy xillari orasida oraliq shakllari ham bor
Tirik mavjudodlar atomlardan tashkil topgan, lekin aksariyat hollarda ushbu atomlar bir oʻzi alohida harakatlanmaydi. Balki, ular odatda boshqa atomlar (yoki atomlar guruhlari) bilan oʻzaro aloqaga kirishadi.
Masalan, atomlar kuchli bogʻlanishlar orqali molekulalar yoki kristallarni hosil qilishi mumkin. Yoki ular boshqa atomlar bilan toʻqnashish yoki urilish orqali vaqtincha (beqaror), kuchsiz bogʻ hosil qilishi mumkin. Molekulalarni bir-biriga bogʻlaydigan kuchli aloqalar ham, vaqtinchalik bogʻlanishlarni hosil qiladigan kuchsizroq aloqalar ham tanamizdagi kimyoviy jarayonlar hamda hayot bardavomligi uchun juda muhimdir.
Nega kimyoviy bogʻlanishlar hosil boʻladi? Asosiy javob shundaki, atomlar oʻzlari erisha oladigan eng barqaror (eng kam energiyali) holatga oʻtishga harakat qiladilar. Koʻp atomlar ularning valent qobigʻi elektronlar bilan toʻlganda yoki ular oktet qoidasiga (sakkizta valent elektronlarga ega boʻlish orqali) mos kelganida barqaror boʻla oladilar. Agar atomlar bunday tartibga ega boʻlmasa, ular bogʻlanishlar orqali elektronlarni olish, yoʻqotish yoki berish yoʻli bilan barqaror boʻlishga “intiladilar”.

Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling