Oddiy qirqimlar talab qilinadigan detal chizmasini bajarish
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq\'Маъруза матни
Oddiy qirqimlar talab qilinadigan detal chizmasini bajarish. Qirqimlar asosan GOST 2.305-68ga muvofiq bajariladi. Qirqimlar detallarning ko’zga ko’rinmaydigan ichki qismlarni aniqlash maіsadida bajariladi. Agar ichki tuzilishi chizmada aniq tasvirlanmagan bґlsa, u xolda chizma bґyicha talab іilingan detalni yasab bo’lmaydi. Shuning uchun detalni fikran bir yoki bir necha tekislik bilan qirqib kґrsatish kerak bo’ladi. Bunda kesuvchi tekislikka tegib turgan yuza va uning orqasida kuzatuvchiga ko’rinib turgan qismi birgalikda bajariladi. Kesuvchi tekislikning gorizontal proektsiya tekisligiga nisbatan joylashishiga qarab uch turga: vertikal, gorizontal va qiya qirqimlarga bo’linadi. Vertikal qirqim esa frontal va profil qirqimlarga bo’linadi (1,2,3). 1-rasm 2-rasm 3-rasm Mashina kesimlari tashqi elementlar kabi ichki elementlarga ham ega. Detallarning ichki tuzilishi tashqaridan kuzatganda ko`rinmaydi, shuning uchun ko`rinmas chiziqlar shtrix chiziq bilan tasvirlanishi kerak. Shtrix chiziq bilan tasvirlangan ko`rinmas qismlar ko`p bo`lganida, chizmalarni o`qish murakkab bo`ladi. Chizmalarni o`qishni osonlashtirish uchun detallar hayolan qirqib, qirqim ko’rinishlari ko’rinarli qilib tasvirlanadi. QIRQIM KO’RINISHLARINING PROYEKSIYALANISHI Obyektning qirqimini bajarish uchun kesuvchi tekislik odatda proyeksiya tekisligiga parallel vaziyatda o’tkazilib, ob‘ektning ichki tuzilishini ko’rinarli qilib bajariladi. Kuzatuvchiga kesuvchi tekislik va uning orqasida joylashgan detal elementlari ko’rinadi. 4-rasm 4-rasmdagi yaqqol tasirda detalning 3 teshigi bor, ular X yo’nalishda qarayotgan kuzatuvchiga old ko’rinishida ko’rinmas. Agar qirqimni hayolan detalning o’rtasidan o’tkazilib kesuvchi tekislik VPga parallel bo’lsa, shu bilan kesuvchi tekislik va kuzatuvchi orasidagi detal qismi olib tashlansa, detal ichidagi teshiklar ko’rinadigan bo’ladi 5-rasm (a). Agar ko’rinish X yo’nalishida bajarilsa va qirqim ko’rinishi, detal tashqi ko’rinishidan shtrix chiziqlar yoki qirqim chizig’i bilan ajratiladi. Yodda tutish kerakki, qirqimli frontal ko’rinish qirqilgan detalning qismi. 5-rasm Qolgan ko’rinishlar Hindiston standarti bo’yicha, obyektning qirqilmagan qismini chizishni tavsiya etadi. Shunday qilib 5- rasmda ustdan ko’rinish qirqilmagan obyekt sifatida tasvirlanadi. Agar qirqim boshqa ko’rinishda bajarilsa, qirqilmagan ob‘ekt olinib, qirqilgan deb faraz qilinadi, kesuvchi tekislik esa proyeksiyalovchi tekislikka parallel bo’lib, qirqim ko’rinishi shu tekislikka proyeksiyalanadi. Ustdan ko’rinishidagi qirqim uchun, kesuvchi tekislik (CP) HPga parallel hayolan ob‘ektning yondan ko’rinishida qirqim bajarish uchun, CP kesuvchi tekislik profil tekislikka parallel bo’lishi kerak. Kesuvchi tekislik chizig’i ikkita tomoni yo’g’on, o’rtasi ingichka chiziqdan iborat bo’lib, qo’shimcha ko’rinishda mos keladigan joyda kesuvchi tekislikni tasavvur qilish uchun belgilanadi. 5-rasmda ko’rsatilgandek qirqim belgilanadi, ikkita strelka bilan qirqimning qarash yo’nalishi belgilanadi. Agar kesuvchi tekislikning izlari ko’rsatilmasa, unda kesuvchi tekislik doim detalning markazidan o’tib, proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling