Odil sudlov prinsiplari tushunchasi. Sud hokimiyati o‘z faoliyatida
Download 19.47 Kb.
|
Sud 1
Odil sudlov prinsiplari tushunchasi. Sud hokimiyati o‘z faoliyatida 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, 0 ‘zbekiston Respubli kasining «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunida va tarmoq qonunchiligida aks ettirilgan bir qator demokratik prinsiplarga asoslanadi. M a’no jihatidan prinsiplar — bu rahbariy g‘oyalar va tegishli faoliyatning asosiy qoidalaridir. «Prinsip» so‘zi lotincha « principium » so‘zidan kelib chiqib, uning m a’nosi «asos», «asosiy omil» kabi tushunchalami anglatadi. Huquq aslida hamma uchun majburiy bo‘lgan adolat talablarini belgilashi sababli, huquqiy prinsiplar huquqda adolatning o‘lchovi sifatida xizmat qiladi. Qonun huquq prinsiplariga javob bergan holdagina qonuniy, ya’ni huquqiy maz- munga ega bo‘lgan deb e’tirof etiladi. 0 ‘z navbatida, prinsiplar oddiy yuridik g‘oyalar bo‘lmaganligi hamda adolat va lozimlikning hamma uchun majburiy va obyektiv jihatdan zarur boMgan mezon- larini huquqda belgilashi ulaming asosiy mazmunini tashkil etadi. Huquq va huquqiy ong rivojlangan sari huquqiy materiyadan muayyan yuridik g'oyalar sifatida prinsiplar ajratiladi, yuridik texnikasi rivojlanishi bilan esa ular qonunda ayrim qonuniy ko‘r- satmalar sifatida mustahkamlanishi mumkin. Qonunda o‘z ifo- dasini topib, prinsiplar muayyan mustaqillikka erishadi va amal- dagi qonunchilikning o‘zgarishi jarayonida barometr sifatida, hu- quqning keyingi shakllanishida esa kompas sifatida xizmat qiladi. Odil sudlov prinsiplari — bu sud ishlarini yuritishning eng mu him xususiyatlarini, xarakterini, mazmun-mohiyatini, tashkil eti lishi tartibini belgilovchi huquqiy qoidalar. Barcha prinsiplar bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular odil sudlov maqsadlariga erishish uchun eng muhim bo‘lgan hu quqiy asosning yaxlit majmuyini yaratadi. Ulaming har biri sud ishlarini yuritishning muayyan tomonini belgilaydi, ushbu tomon yo‘qligida sud ishlarini yuritishning vazifalarini to ‘g‘ri amalga oshi- rishga imkon bo‘lmaydi. Prinsiplar yaxlit tizim doirasida amal qilib, bu tizimda har bir prinsipning mohiyati, nafaqat, uning mazmuniga bog'liq, balki butun tizimning ishlab turishi bilan aloqador bo‘lib turadi. Tizimda ayrim prinsip buzilishi, qoida tariqasida, boshqa prinsiplar va, shu bilan birga, ish bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishda qo- nuniylik buzilishiga olib keladi. Prinsiplar umumiy tusdagi normalar bo‘lib, amaliy faoliyat jarayonida vujudga keladigan barcha masalalar hal qilinishini ta ’minlaydi. Protsessual huquqning ayrim normalari o ‘rtasida muammolar yoki qarama-qarshiliklar vujudga kelsa, bu qiyin- chiliklarni hal qilish vositasi sifatida prinsiplar xizmat qiladi. 0 ‘z mazmuniga ko‘ra, prinsiplar imperativ, hokimiyat-buy- ruq tusga ega bo‘lib, bajarilishi davlat tomonidan ta’minlanadi- gan umumiy majburiy ko'rsatmalarini o‘z ichiga qamrab oladilar. Mafkuraviy kategoriya sifatida prinsiplar ijtimoiy-siyosiy g‘oya- lar ta ’siri ostida shaldlanadi, biroq protsessual faoliyatini va uning sohasida vujudga kelayotgan huquqiy munosabatlarni tartibga solish vazifasini g‘oyalar emas, balki ularga asoslangan norma- prinsiplar bajaradi. G ‘oya huquq normalarida mustahkamlab qoVilmaguncha, odil sudlov prinsipi b o ‘la olmaydi, и huquqiy ong mahsuli va ilmiy xulosa bo‘lib qolaveradi. Prinsiplarning normativligi davlat faoliyatining alohida turi boMgan odil sudlov tabiatidan ajratib bo‘lmaydigan ularning aso siy xususiyatidir. Ular inson va fuqaro hamda tegishli davlat or- ganlariga qaratilgan bo‘ladi. Protsessni olib borayotgan davlat organlari belgilangan prinsiplarga rioya qilgan holda faoliyatini amalga oshirib, ulami buzish uchun javobgar bo‘ladi. Odil sudlov prinsiplari tizimini quyidagi prinsiplar tashkil etadi: qonuniylik; odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi; sudyalarning mustaqilligi va ulaming faqat qonunga bo‘ysunishi; odil sudlovni barcha shaxslaming qonun va sud ol- dida tengligi asosida amalga oshirish; barcha sudlarda ishlarning oshkora ko‘rilishi; sud ishlari yuritiladigan til; sud himoyasida bo‘lish huquqini ta’minlash; aybsizlik prezumpsiyasi; gumon qi- linuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash; taraflaming tortishuvi va teng huquqliligi; odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning ishtiroki.
Qayd etilgan prinsiplar ular mustahkamlab qo‘yilgan manbaga qarab (konstitutsiyaviy va tarmoq); ular tartibga soladigan sud ishlarini yuritishning turiga qarab (bir necha tarmoqlarda va fa- qatgina bitta tarmoqda amal qilgan); ular ko‘zda tutadigan maq- sadlarga qarab (sud tuzilishiga va sud ishlarini yuritishga oid) tasniflanishi mumkin. Ayrim prinsiplar bir vaqtning o‘zida bir necha asoslarga ko‘ra, tasniflanishi mumkin. Ta’kidlab o‘tamiz, qonuniylik; sudyalaming mustaqilligi va ular- ning faqat qonunga bo‘ysunishi; odil sudlovni barcha shaxslaming qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirish; barcha sud- larda ishlaming oshkora ko‘rilishi; sud ishlari yuritiladigan til; sud himoyasida bo‘lish huquqini ta’minlash; aybsizlik prezumpsiyasi; gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash kabi prinsiplar konstitutsiyaviy prinsiplar qatoriga kiradi. Tarmoq qonunchiligida (jinoyat, fuqarolik, xo‘jalik) o‘z ifodasini topgan prinsiplar tarmoq prinsiplar deb hisoblanadi. Prinsiplar tartibga soladigan sud ishlarini yuritishning turlari b o ‘yicha amalga oshiriladigan prinsiplar tasnifi quyidagilarni anglatadi: universal tusdagi prinsiplar (masalan, qonuniylik, odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi va h.k.) sud ishlarini yuritishning barcha turlariga xos bo‘lib, bir necha tar moqlarda amal qilgan prinsiplar qatoriga kiradi. Shu bilan birga, sud ishlarini yuritishning faqat muayyan turiga xos bo‘lgan prin siplar ham mavjud (masalan, aybsizlik prezumpsiyasi faqat ji- noyatga oid sud ishlarini yuritish doirasida amalga oshiriladi). Prinsiplarning keyingi guruhi haqida gapiradigan b o ‘lsak, ta ’kidlab o‘tamiz, sud faoliyati tashkil etilishiga qaratilgan va sud majlisi o ‘tkazilishi jarayonida bevosita amalga oshiriladigan prin siplar (masalan, barcha sudlarda ishlarning oshkora ko‘rilishi) sud tuzilishiga oid prinsiplar qatoriga kiradi; sud ishlarini yuri tishning turli bosqichlarida amalga oshiriladigan prinsiplar esa (masalan, aybsizlik prezumpsiyasi) sud ishlarini yuritishga oid Prinsiplarihisoblanadi. Prinsiplarning har birini ko‘rib chiqamiz. Qonuniylik prinsipi 0 ‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat shakllanishi sha- roitida qonuniylik va inson huquqlariga qat’iy rioya etish vazifasi alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlab qo‘yilganidek,
« 0 ‘zbekiston Respublikasida 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, m ansabdor shaxslar, jam oat birlashm alari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar». Sud davlat organi bo‘lib, uning faoliyatiga ham qonuniylikka rioya etish to ‘g‘risidagi Konstitutsiya ko‘rsatmalari tatbiq etiladi. Bu qoidaga, ayniqsa, sud hokimiyatining odil sudlov bo‘yicha vakolatini amalga oshirishda qat’iy rioya etish lozim. Masalan, jinoyatni ochish, aybdomi fosh etish, unga adolatli jazo tayinlash va aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligini va hukm qilinmasligini ta ’minlash orqali jinoyatga oid sud ishlarini yuritishda inson huquq-erkinliklarini himoya qilish vazifalari qonunga qat’iy rioya qilingan holdagina bajarilishi mumkin. Odil sudlov sud ishlarini yuritish doirasida amalga oshiriladi. Odil sudlov maqsadlariga erishish uchun ijtimoiy munosabatlar protsessual qonunlar bilan aniq tartibga solinishi lozim, shu tu- fayli fuqarolik, ma’muriy, jinoyat va xo‘jalik sud ishlarini yuritish ushbu protsessual qonunlariga asoslanadi. Qonuniylik to ‘g‘risidagi normalar JPKning 11-moddasida; FPKning 4- va 7-moddalarida; XPKning 4-, 5- va 12-moddalarida; M a’muriy javobgarlik to ‘g‘- risidagi kodeksning 2- va 3-moddalarida o‘z ifodasini topgan. Mazkur prinsip ishdagi barcha holatlar to ‘liq, har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqilishini, har bir ish qonunga asosan, ko‘rib chiqilishi va hal qilinishini, sud ishlarini yuritish barcha ishti- rokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini, fuqarolar qonunlarga rioya qilish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalanishini ta ’minlashga qaratilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi o‘zining 1997-yil 22-avgustdagi «Sudlar tomo nidan jinoyat ishlarini birinchi bosqich sudida muhokama etish jarayonida protsessual qonunchilikka rioya qilinishi to ‘g‘risida»gi 12-qarorida: «Sudlarning e’tibori jinoyat ishlarini sud muhokamasi jarayonida protsessual qonunchilikka qat’iy amal qilishning za- rurligiga qaratilsin, faqat unga aniq va og‘ishmay amal qilish ish- ning holatini har tomonlama to ‘liq va xolisona tekshirishni, jino- yatlaming sodir etilishiga imkon yaratuvchi sharoit va sabablami aniqlashni va sud jarayonining tarbiyaviy ta ’sirini ta’minlashini e’tiborga olinsin» deb qayd etilgan. Sudlar faoliyatida mavjud bo‘l- gan kamchiliklami bartaraf etishga apellatsiya, kassatsiya va na zorat instansiyalari e’tiborini qaratib, plenum o‘z qarorida «ishlarni apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rayotganda birinchi 90
bosqich sudlari tomonidan jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilinishiga alohida e’tibor qaratish, jinoyat ishlarining sud muho- kamasida jinoyat protsessual qonunchiligini qo‘llashda yo‘l qo‘- yilgan xatolami, birorta qonun buzilish holatini e’tibordan chetda qoldirmasdan, muntazam tahlil qilib borish»ni tavsiya etgan. Moddiy va protsessual qonunlaming barcha talablariga, shu jumladan, protsessual faoliyatining prinsiplarini belgilovchi nor- malarga rioya etish bo‘yicha protsessual faoliyatining har bir ish- tirokchisi zimmasiga yuklatilgan majburiyat qonuniylik prinsipi mazmunini tashkil qiladi. Qonunda yo‘l qo‘yiladigan barcha protsessual harakatlar o‘t- kazilishi va protsessual qarorlar qabul qilinishi protsessual ko- dekslari bilan aniq tartibga solingan. Odil sudlovni amalga oshi rish jarayonida qonuniylik protsessual qonunchilikda belgilangan kafolatlar tizimi orqali ta ’minlanadi. Qonuniylik protsessual huquqning barcha prinsip va norma- larida o‘z ifodasini topgan hamda sud ishlarini yuritishning barcha tomonlarini ta’riflaydigan universal, hamma sohani qamrab ola- digan universal prinsip hisoblanadi. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi 0 ‘zbekiston Respublikasining «Sudlar to ‘g‘risida»gi Qonu- niga muvofiq, О ‘zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi (3-modda). Odil sudlov — sud hokimiyatini amalga oshirishning yetakchi shakli. Shuning uchun odil sudlovning faqat sud tom onidan amalga oshirilishi prinsipining e’lon qilinishi fuqarolik protses sual, xo‘jalik protsessual va jinoyat protsessual qonunchiligida ham o‘z aksini topgan. Masalan, 0 ‘zbekiston Respublikasi FPKning 6-moddasi odil sudlov hamda qonun va sud oldida tenglik kabi ikkita prinsipni o‘z ichiga qamrab oladi1. Mazkur moddaga muvofiq fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlov faqat sud tomonidan hamda barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, shuningdek, boshqa holatlardan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi. Download 19.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling