Odil Yoqubov


Download 46 Kb.
Sana25.11.2021
Hajmi46 Kb.
#177346
Bog'liq
Odil Yoqubov. NuraliyevaSadoqat


Odil Yoqubov

Odil Yoqubov o’zining faol ijtimoiy ishlari, jurnalistika va badiiy ijod sohasidagi faoliyati bilan respublikamizda hozirgi adabiy – badiiy tafakkur rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatgan adibdir. Uning “Muqaddas”, “Bir felyeton qissasi” qissalari, “Namangan tomonlarda ” , “Qishloqdagi fojia” singari publistik maqolalari, ulkan anjumanlardagi nutqlari, “Diyonat” , “Ulug’bek xazinasi”, “Ko’hna dunyo” romanlari keng jamoatchilikning e’tiborini o’ziga tortdi, xususan “Ulug’bek xazinasi”, “Diyonat” jahon xalqlarining ko’pgina tillariga tarjima etilib , o’zbek adabiyotining bugungi kamolotini namoyish etuvchi asarlarga aylandi.

Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida shakllanishida adib boshidan o’tgan voqealar , hayotiy tajribalari muhim ahamiyat kasb etgan. Odil Yoqubov

Qir - atrofidagi yerlardan bir oz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolar. Pasttekisliklarga nisbat qilib, mutlaq baland. 200 m dan 500 m gacha deb qabul qilingan.

Adibning yozishiga , otasi Egamberdi Yoqubov 1916- yil mardikorlikka olinib , Belorussiya o’rmonlarida daraxt kesib , rus tilini o’rganib, qishloqqa qaytgan. Ota farzandlari tarbiyasiga alohida e’tibor bergan, xonadonda kitobxonlik odat tusini olgan , “Ming bir kecha ” , “O’tgan kunlar” singari mashhur asarlar ishtiyoq bilan mutolaa qilingan.

Bo’lg’uvsi yozuvchi uchun yana bir sinov – Vatan urushi davri boshlanadi. Qurol ushlashga yaroqli erkaklar jangga otlanadi, qishloqdagi og’ir ishlar chollar , ayollar, o’spirinlar yelkasiga tushadi. Odiljon ham o’qishni tashlab, qo’liga ketmon oladi. Urushning oxirgi yili Qarnoqdan armiyaga olingan qirqta yigit qatori Odiljon harbiy xizmatga jo’naydi. Uzoq Sharqda Kvantun armiyasini tor-mor etishda qatnashadi.

Uzoq sharq - Osiyoning sharqiy qismida joylashgan davlatlar va hududlarning umumiy nomi. U.shahriga, odatda, Xitoy (sharqiy qismi), Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi), Yaponiya, Filippin, shuningdek, RFning eng chekka sharqiy qismi kiradi.

Nihoyat , 1950-yili harbiy xizmatdan qaytib Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida ta’lim oladi. O’qishni tugatgach, salkam o’n yil “Литературная газета” ning O’zbekiston bo’yicha muxbiri , “O’zbekfilm” kinostudiyasida , G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, “O’zbekiston adbiyoti va san’ati” gazetasiga bosh muharrir, 1987- yildan respublika yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi, 1991- yildan esa respublika Atamalar qo’mitasi raisi bo’lib ishlaydi. Yozuvchi “Литературная газета”ga muhbir bo’lib yurgan kezlarda respublikani necha bor kezib chiqdi, xalq hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Yozuvchining boshidan kechirganlari , hayotiy tajribalari, ko’nglida chuqur iz qoldirgan voqea-hodisalar asarlarida turli ko’rinishda o’z ifodasini topdi.

Yozuvchi ijodida zamondoshlar obrazi va davr muammolari talqini

Odi; Yoqubov adabiyotga o’z tengdosh – zamondoshlari kuychisi, solno- machisi sifatida kirib keldi, asarlarida birinchi galda o’z davrining o’tkir, ijtimoiy- ma’naviy masalalarini ko’tardi. Odil Yoqubov harbiy xizmatda ekanidayoq ko’p ijodiy mashqlar qilgan. 1952-yili “Tengdoshlar” degan qissasi bosildi. Shundan keyin o’n yil davomida bir necha asarlar e’lon etdi. Ammo Odil Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asari 1960- yilda yozilgan, 1961-yili e’lon etilgan “Muquddas” qissasi bo’ldi. Ham ma’yus , ham allaqanday nurli ohanglarga to’la bu sevgi dostoni qizg’in bahs- munozaralarga ozuq berdi. Bu asar shunchaki ikki yoshning sevgi qissasidan iborat bo’lmay, unda sevgi bahonasida insonning inson, el-yurt oldidagi burchi , halollik, adolat, diyonat kabi masalalr ko’tarilganedi.

Muallif “Muqaddas” qissasida hayotning o’zidan olgan zavqini, o’z yurak dardini, hayajonlarini izhor etdi, o’zi qalamga olgan hodisalarni murak – kabligi, ziddiyatlari, chinakam nafosat bilan kitobxonga yetkaza oldi. Qissada ikki yoshning hayotdagi ilk mustaqil qadamlari, quvonch va tashvishlari nihoyatda sammiy hikoya qilingan . Eng muhimi, yozuvchi aytmoqchi bo’lgan gap kitobxon ko’nglini hayajonga soladigan go’zal bir badiiy shaklini topa olgan. Qissa qahramoni Sharifjon muayyan bir vaziyatda o’z irodasiga , vijdoni , e’tiqodiga xilof ravishda xudbinlik ko’chasiga kiradi. O’zgalar manfatlariga zid bu xatti- harakat avvalo qahramonning o’zi uchun noxushlik olib keladi; eng aziz bisoti- sevgisidan, sevgilisidan judo bo’ladi. Sharifjonning qing’ir yo’llar bilan sevgilisi Muqaddas o’rniga o’qishga kirib qolishi- bir tasodif. Ammo shu tasodif zamirida yozuvchi hayotning muayyan haqiqati, ziddiyati, falsafasini ko’radi, ya’ni bu dunyoda ko’pchilik manfaatiga zid xatti-harakat o’sha odamning shaxsiy manfatiga zid tushishi mumkinligini juda nozik va ta’sirchan ifoda etadi.

“Muqaddas” yozuvchining bosh estetik, axloqiy prinsiplarini tasdiq etuvchi asar sifatida ham qimmatli. “Muqaddas” so’zi faqat qissa qahramoni nomi bilangina bog’liq bo’lmay , yozuvchi asarda zo’r ehtiros bilan ilgari surgan – vijdon, burch, diyonat,imon-e’tiqod g’oyasini ham o’zida ifodalaydi. “Muqaddas” dan tortib “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” romanlariga qadar e’tiborga sazovor barcha asarlarida xuddi shu muammo adibning diqqat markazida turadi.

2. .”Ulug’bek xazinasi “ romani haqida

Odil Yoqubov zamondoshlari haqidagi “Bir felyeton qissasi”, “Qanot juft bo’ladi”, “Matluba” qissalari, “Er boshiga ish tushsa”, “Diyonat”roman- larida ko’pchilikni hayajonga solayotgan katta ijtimoiy masalalarga e’tiborni tortdi.Ayniqsa “Diyonat” romanida muallif 70- yillarda hayotda keng ildiz otgan turg’unlik mafkurasining zararli oqibatlarini zo’r ijodiy jasorat va rostgo’ylik bilan ko’rsatdi. Adib roman ustida ishlar ekan , hayotda ko’p uchratgan , dilida chuqur asorat qoldirgan bir hodisaga o’z munosabatini bildirishni- “katta ishlar qildim” degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan,qonunchiliknioyoqosti qilishdan ham toymagan ulkan xo’jalik rahbari obrazini yaratish , uning parvozi va inqirozini ko’rsatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. “Men hayotda ko’p adolatsizliklarga sabab bo’lgan bunday rahbarlar haqidagi o’ylarim va ko’rgan – kechirganlarimni romandagi Otaqo’zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”, - deb yozadi muallif.

Ma’lumki, o’zbek adabiyotida 50-60-yillarda ham shunday o’zboshimcha rahbar xodim obrazlari ko’p yaratilgan.Ularning ko’pchiligi nuqul bir yoqlama – salbiy xususiyatlar qorishmasidan iborat . Otaqo’zi ulardan farqli o’laroq murakkabligi, kuchli ba ojiz tomonlari bilan berilgan. Uning bilim, fikr, manfaat doirasi xiyla keng. Ertayu - kech el-yurt ishi bilan band bu rahbar xodim oila, farzandlari, qarindosh- urug’lar taqdirini ham o’ylaydi.boshda u hiyla dilkash, tanti odam sifatida ko’rinadi.ammo u bora – bora nobop ijtimoiy muhitda o’jar, mag’rur, o’zboshimcha,shafqatsiz, toshbag’ir kimsaga aylanadi.Asarda Otaqo’zi tomonidan o’tkazilgan zug’umlar, o’zboshimchaliklar bilan barobar, bu zug’umlarning aks-sadosi, hayot qarshiliklari tufayli zo’ravon Otaqo’zi boshiga tushgan chigal savdolar, qalbidagi qiynoqlar ham mahorat bilan tasvgirlangan.

“Otaqo’zilar qilgan adolatsizliklarni butun borligicha ko’rsatish uchun unga qarshi turadigan nihoyatda pok ba halol bir inson, katta shaxs lozim edi- deydiyozuvchi. Bahtimga, men hayotda faqat Otaqo’zi kabi nohalol kimsalarnigina emes, Normurod Shomurodovga o’xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli insonlarni ham ko’p uchratgandim”.

Yozuvchi inqirozga yuz tutgan Otaqo’zi bilan barobar Normurod domla hayoti fojiasini ham mahorat bilan ochib beradi. Bu odam uzoq va shonli hayot yo’lini bosib o’tgan. Biroq taqdir uni siylamagan, boshiga ko’p kulfatlar tushgan. U bor kuch-quvvatini , umrini fan, adolat, el-yurt ishiga fido etib, evaziga el-yurtdan hech narsa talab va ta’ma etmaydi. U roman asosida yotgan adolat, diyonat , e’tiqodining o’ziga hos timsoli.U e’tiqod, adolat yo’lida hech kimni, hatto o’zini ham ayamaydi. Adolat, diyonat deb u o’zini ko’p qiynoqlarga giriftyot etadi, ma’navit tuban kimsalar bilan olishadi, bu olishuvlar normurod domla dilini vayron etadi.Domlada diyonat, adolat, e’tiqod yo’lidagi qat’iylik, chuqur insonparvarlik, zabunlarga mahr, hamdardlik tuyg’usi bilan yo’g’rilib ketgan ; shuning uchun ham undagi o’jarlik , qat’iylik o’ziga xos joziba kasb etgan.

Muallf Normurod domla obraziga xos- yetakchi fazilatlar- diyonat, metindek e’tiqod jozibasini ochish bilan kifoyalanmay, bu xislatlarning ijobiy ta’sir kuchini, qudratini ham ko’rsatishga muyassar bo’lgan.Bir qarashda Domla musibatlar girdobida qolgan ayanchli shaxs. Ayni paytda kitobxon bu odam ayanchli, nochor kimsa emasligini anglab turadi.Aslada u mardona, qahramonona ulkan shaxs. Bu adolatparvar, diyonatli, yuksak e’tiqodli odam qarshisida har qanday qing’ir, nopok shaxslar dovdirab qoladi; uning adolatli, diyonati, etiqodi qarshisida hatto Otaqo’zidek zo’ravon odam ham oxiri bosh egadi.

“Ulug’bek xazinasi” romani

Odil Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan asar “Ulug’bek xazinasi” romani bo’ldi.Davrimizning ulkan adibi Chingiz Aytmatov “Ulug’bek xazinasi” muallifiga yo’llagan maktubida bu roman to’g’risida shunday yozadi:

“Yaxshi kitob haqida gapirish maroqli. Bu- yuksak va olijanob nasr namunasi.Badiiy quvati jihatidan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi.Bu esa yaxshi asarning birinchi alomati.Bundan ham muhimi shundaki, romanni o’qirkanman, ko’nglimda turkey xalqlarimiztarixi uchun iftixor tuyg’usi jo’sh urdi. Ulug’bek shunday dahoki, u asrlar osha tariximizga , zaminda tutgan mavqeiga guvoh.Ulug’bek – bizning dildagi ohimiz , hasratimiz.U buyuk insoniy tajribalar haqida, dunyo haqida yuksak mezonlarda turib mulohazayuritish, hukm- saboqlar chiqarish uchun asos beradigan shaxs…

Ulug’bek men uchun o’rta asrning atoqli olimi bo’lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab og’ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo’lganligi uchun ham ulug’dir”.

Romanning ijodiy tarixi:

Yozuvchi garchi ijoddagi birinchi qadamidan boshlab uzoq vaqt zamonaviy mavzuda zamondoshlari hayotidan asarlar yaratgan bo’lsa-da , uni bora-bora o’tmish voqealari, tariximizda o’tgan buyuk allomalar hayoti qiziqtira boshladi.60- yillarning oxirlarida matbuotda ulug’bekning mashhur kutubxonasi taqdiri xususida baxs boshlandi.Bu bahsda ilgari surilgan , xususan taniqli rus adabiyotshunosi I. Andronikov maqolasida o’rtaga qo’yilgan fikr va mulohazalar astoydil qidirilsa, bu nodir xazina albatta topilajagi xususidagi bashoratlar ko’plab qatori Odil Yoqubovda ham katta qiziqish uyg’otdi.Shu paytga qadar “zamonaviy yozuvchi” deb tanilgan, doimo zamonaviy mavzuda qalam tebratib kelgan adibimiz endi hayolan olis tarix saxifalarini “sayr etish ”ga tushdi; ko’pgina tarixiy hujjatlarni , Ulug’bek hayoti va davriga oid manbalarni o’rganib chiqdi.Ulug’bek kutubxonasining taqdiriga aloqador faktlarni qidirdi.Yozuvchi boshda Ulug’bek kutubxonasining qismatidan bahs etuvchi bir sarguzasht qissa yaratmoqchi edi. Bunday qisssa bitildi ham, ammo muallifning undan ko’ngli to’lmadi.Ijodiy ish davom etdi. Xayolda charx urgan fikrlar, gavdalangan obrazlar kengayib, to’lishib jiddiy yirik asar shakliga kira boshladi.Nihoyat , ulug’ allomaning ma’naviy hazinasi, buyuk tojdor olimning ulkan fojiasi haqidagi, qolaversa Ulug’bek toj- taxti va ma’naviy merosi tevaragida brogan shiddatli kurashlar to’g’risidagi o’ziga xos yetuk bir roman maydonga keldi.

Asarning g’oyaviy badiiy o’ziga xosligi:

Buyuk olim , davlat arbobi Ulug’bek hayotiga ko’p adiblar murojaat etganlar. Ulug’bek siymosi yaratilgan sarlar orasida M. Shayxzodaning “Mirzo Ulug’bek” fojiasi alohida ajralib turadi. Ulug’bekdan so’z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o’tishi mumkin emes.Odil yoqubov ham Maqsud Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo‘lgan.Roman bilan fojia orasida talay mushtarakliklar mavjud. Chunonchi , roman ham xuddi fojia kabi Ulug’bek hayotining so’nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Fojiadagi ko’pgina hodisalar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar “Ulug’bek xazinasi” tarixiy hodisalar va shaxslarning badiiy talqini, o’zining uslubiy, g’oyaviy- badiiy yo’nalishi , poetikasi jihatidan “Mirzo Ulug’bek” asaridan keskin farq qiladi.

Roman Ulug’bek saltanatining so’nggi tahlakali damlari tasviridan boshlanadi.Shu, og’ir fojiali daqiqalarda shoh va olim Ulug’bek ko’p narsalar haqida o’ylaydi, murakkab ruhiy holatga tushadi. Avvalo u – shoh , temuriyzoda, toj-taxt taqdiri uchun javobgar shaxs.Nima qilib bo’lsada, u hokimiyatni qo’lda saqlab qolish uchun tirishadi. Ammo riyokor, johil raqiblar kurshovida ; o’z o’g’li ular qo’lida qo’g’irchoq , toj- taxt, mansab deb otaga qarshi bosh ko’targan. Bu hol buyuk allomani adasiz qiynoqlar girdobiga tortadi.

Ulug’bekda insoniy g’urur juda kuchli. Shohlik qoni jo’sh turib toju-taxt himoyasi uchun o’g’liga qarshi jangga otlanar ekan, nomus tuyg’usi uni qiynoqqa soladi, El- yurt , kelgusi avlodlar oldida bunday kimsa yo’q. Abdullatif – riyokor. Yana bir o’g’li Abdullaziz majruh, kaltabin shaxs. Ota toj- taxtni ularga ishonib topshira olmaydi. Ulug’bekni hammadan ham Movarounahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi- madrasalariyu rasadxonasi, nodir xazinasi- to’plagan kutubxonasiyu yaratgan asarlari – barchasining zeru – zabar havfi tashvishga soladi. O’sha mushkul damlarda ulug’bek shogirti Ali Qushchiga deydi:

“Tag’in bir narsadan – kelgusi avlodlar bandoi ojizdan hazar qilmasmu. Deb qo’rqamen. Mirzo ulug’bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan , fozillikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir- oqibat barcha shoh, barcha taxt sohib-ariday saltanatni deb, o’z pushti kamaridan bo’lgan farzandi bilan toju taxt talashibdur-da , degan degan nom qoldirmoqdan qo’rqaman…”

Toj-taxt bebaho, tafakkur mahuli-manaviy xazina esa bezavol, degan naql bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ulug’bekning fojiesi shundaki, u egalik qilgan moddiy meros- toj-taxtning istiqboli zabun, vorislari nobakor. O’z o’g’lidan tortib qo’l ostidagi barcha mansabdorlari, ishongan tog’lari xyonatkor bo’lib chiqadilar. Bu allomaning baxti shundaki, u to’plagan, yaratgan ma’naviy meros – nodir kitoblarning munosib vorislari, ishingan, sadoqatli , fidoyi shogirtlari bor. Eng qiyin damlarda ana shu vorislar Ulug’bek qanotiga kiradilar, tashvishiga sherik, dardiga malham bo’ladilar.Ulug’bek merosini ko’z qorachig’iday asrash, avaylashga so’z beradilar.

Ulig’bek taxtdan tushadi, johil amalparastlar qo’lida halik bo’ladi. Hokimiyat tepasiga mutaassib qalloblar qo’lida qo’g’irchoq bo’lmish Abdullatif keladi.

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish - q. Mansabdorlik jinoyatlari, Xizmat mansabini suiisteʼmol qilish.

“Qora kuchlar” ning “davri-davroni”, ma’rifat ahlining esa “qora” kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu mudhish kunlar tasviri va badiiy tahliliga bag’ishlangan.

Ma’lumki ko’p asarlar odatda bosh qahramonning o’limi, halokati bilan tugaydi. Bunday asarlardan farqli o’laroq “Ulug’bek xazinasi” dagi eng hayajonli, shiddatli voqealar bosh qahramon halokatidan keyin ro’y beradi. Yozuvchining mahorati ayniqsa shu voqea- hodisalar ifodasida yaxshi namoyon bo’lgan.

Bir tomonda- Abdullatif boshliq qora guruhlar; ularning ma’naviy rahnamosi, shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, amir Jondor ayg’oqchi Qashqir. Ikkinchi tomonda- Ulug’bekning sadoqatli shogirti Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari…Ulug’bek xazinasini o’sha tahlikali kunlarda qora guruhlar nazaridan , tahdid va ta’qiblardan himoya etish uchun ketgan shiddatli , xatarli kurashda keng xalq ommasivakillari- madrasa talabasi Muram Chalabiydan Tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qalandar Qarnoqiygacha , oddiy temirchi Usta Temur Samarqandiydan tortib ma’rifatli ayol Xurshida bonugacha – barchasi ishtirok etadi.

Qushbegi, qushchi - tarixiy ata-ma. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan.

Bu bilan yozuvchi muhim g’oyani- Ulug’bek ma’naviy merosi xalq boyligi, mulki ekanini ta’kidlaydi.



O’sha og’ir sinov paytida maslakdosh shogirtlar orasida ham saralanish yuz beradi. Chunonchi , Mavlono Muxiddindek olim mudhish voqealar girdobida dovdirab, o’z ustozidan yuz o’giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi.Biroq Mavlono Muxiddin – murakkab shaxs. Yozuvchi uni bir yoqlama xiyonatkor deb qarashdan qochadi. Uning chigal ruhiy holatini butun ziddiyatlari bilan ko’rsatadi. Mavlono Ustozi Ulug’bekdan ko’p yaxshiliklar ko’rgan. Bir tomondan , u bu yaxshiliklarni unutolmaydi.Ikkinchi tomondan , shu ustozi pushti kamaridan bo’lgan Abdullaziz tajovuzi tufayli ko’zining oqu qorasi, yakkayu- yagona qizi Xurshida bonu baxtiqaro bo’lib qolgan. Shu tufayli u Ulug’beklar oilasidan, qolaversa ustozidan yuz o’giradi.Asarda ikki o’t orasida , iztiroblar olovida qovrilib, telba bo’lib qolgan Mavlononing ruhiy drammasi zo’r mahorat bilan ochilgan.

Umuman, bu roman personajlar ruhiy dramasi tasvirijihatdan adabiyot- imizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug’bek, Mavlono Muxiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo’lgan.
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling