Odina Xamidullo qizi Mahamadjonova


Download 13.66 Kb.
Sana18.01.2023
Hajmi13.66 Kb.
#1098811
Bog'liq
kurs ishi


Maqol xalq og'zaki ijodi janrlari ichida eng faol qo'llaniladi. Maqollarning mavzu ko'lami ancha keng bo'lib, xalqimiz hayotining barcha jabhalarini qamrab oladi. Inson hayotida turli xil voqea-hodisalar ro'y beradi, xalqimiz ong-u shuurida barcha holatlarni izohlovchi ,ta'riflovchi va mos keluvchi maqollar jamlangan. Demak ,maqollarning mavzu ko'lamida chegara noaniq darajada keng deya olamiz. Xalq dostonlarida ham maqollardan unumli foydalanilgan. Har bir maqol va ibora qahramonlarning nutqi orqali xarakter-xususiyatini bilib olish sari yo'l ochgan. Qo'llangan ushbu vositalar orqali qahramon ruhiyati va xarakteri ochib berilgan. Yusuf va Ahmadning tog'asi bilan bo'lgan janjal haqida odamlar gapirib malomat qilmasligi uchun, yomon ayg'ir enasiga chopadi degan xalqona so'zni aytib, go'yoki barcha aybni o'z bo'ynilariga olishadi.
ASOSIY QISM
Bizning ona xalqimiz o'zi aytmoqchi bo'lgan gapini yanada ta'asirchan va go'zal holatda bo'lishi uchun va fikrini dallilash maqsadida turli xil shunday iboralardan foydalanishgan. Masalan, mehmon kutish marosimi ,mehmonga bo'lgan munosabat qay darajada ekanligini ko'rsatish uchun «Xudo bergan mehmon atoyi xudo", "Mehmon degan momongizdan ulugMir, uni yaxshi izzat qilib, siylab turinglar kabi iboralargan
Odina Xamidullo qizi Mahamadjonova
Andijon davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
UZBEKISTAN
www.caajsr.uz
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489
OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 2 I 2021
foydalanishgan . Hozirgi kunda "momongizdan ulug'dir " tarzida emas balki, "otangdan ulug" shaklida ishlatiladi.
"Yusuf bilan Ahmad" dostonida juda ko'p iboralar, maqollar, hatto qarg'ishlar-u olqishlar qo'llangan. Masalan, Bo'zo'glonxon podshoga saroy amaldorlari yetimlikdan boqqan jiyanlarini "Sizga xiyonat qilishmoqda" deb aytishganida, u afsus chekib: "Hay attang-ay. Shu to'qson ikki mashoyixning aytgan gapi rost ekan. "Qo'zi boqqan moy oshaydi, etim boqqan qon oshaydi" degani rost ekan. "So'nggi po'shaymon o'zingga dushman" deb, o'z nutqida ikkita xalq maqolidan foydalanadi.
Yusuf bilan Ahmadbek xayr-ma'zur aytayotganda, o'z nutqlarida: "Yomon ayg'ir enasiga chopadi", degan xalqona gapni qo'llashadi. Bu gapni yigitlar el orasida darrov "Tog'asi bilan urishibdi", degan gap chiqmasligi, do'st-u dushman malomat qilmasligi uchun aytadi.
1. Qo'zi boqqan moy oshaydi, etim boqqan qon oshaydi" Hozirgi kunda "Yetim boqsang, og'zi burning qon bo'lur" shaklida mavjud
2 "So'nggi po'shaymon o'zingga dushman" Pushaymonlik tuyg'usi haqida
3 "Yomon ayg'ir enasiga chopadi
4. Katta podsho ko'zlariga surtibdi, To'g'ri o'zar, egri ozar, xaloyiq. To'g'rilik haqida
5. "Zaqqum quyay ichayotgan oshiga" Zaharli daraxt haqida
6. "Ota rasm - qochuv, pisuv bizda yo'q" To'y kunidagi marosim
7. "Qizlarga korson-korson unni ko'tartdi" To'ydagi marosim
8. "Xizr bo'lgay er yigitning yo'ldoshi" Mard yigitlarga doim omad kulib boqishi haqida
9. Laylakqor yog'ayotganday bo'lib Bahorda yoqqan qor haqida
10 "Vo kunim, deb kiyay yorning ko'kini" Aza tutish haqida
11 "Suvda bordir odam obi" Suv odami borligi haqida
12 "Boshimga yiqildi bul etti osmon" Musibatning og'ir yuki haqida
13 «Xudo bergan mehmon atoyi xudo", Mehmon kutish haqida
14 "Tulporning toyi bo'lmas, xasisning boyi", Xasis odam hech qachon to'ymsligi haqida
15 "Ma'qul so'zga qoruv yo'q", Yaxshi maslahat haqida
16 "Bergan xudoga yoqibdi", Saxiy bo'lishning yaxshi ekanligi haqida
17 "O'lik arslondan tirik sichqon avlo",
18 "Qazoga rozi, baloga shukur" Taqdirga rozi bo'ish haqida
6
UZBEKISTAN | www.caajsr.uz
CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH
ISSN: 2181-2489 VOLUME 1 I ISSUE 2 I 2021
Dostonda maqollar nasriy bayon qismida ham, she'riy bayon qismida ham uchraydi. Jumladan, undagi she'riy parchalardan birida shunday deyiladi: Yaxshi odam bu dunyoda xor bo'lmas, Tubli odam parcha nonga zor bo'lmas. Katta podsho ko'zlariga surtibdi, To'g'ri o'zar, egri ozar, xaloyiq.
Dostonning nasriy bayon qismida yana "O'ttiz tishdan chiqqan gap o'ttiz urug'gacha etadi", "Ucholg'on tek turmas", "Arab o'chini qirq yilda olibdi", "Mo'ltonidan botir chiqsa, chodirini talarmish", "O'lik arslondan tirik sichqon avlo", "Tusi yaxshidan to'ngilma", "Kel-e, eson qulga mol bitar", "O'lganing davosi ko'mmoq", "Davlatim egiz, mehnatim egiz", "Ma'qul so'zga qoruv yo'q", "Puli yo'qning tili yo'q", "Yo'l azobi - go'r azobi", "Qazoga rozi, baloga shukur" kabi maqollar "deydi", "degan ekan", "deganakan", "degan bir gap bor edi", "degan burungidan qolgan bir naqliyot bor", "degan ota-bobodan qolgan gap bor ekan" kabi ishoralar orqali matnlar mazmuniga singdirib yuborilgan.
Bundan ko'rinadiki, dostonda qo'llangan har bir maqol va ibora qahramonlar nutqiga mahorat bilan, o'rinli singdirilgan. Ular orqali voqealar rivoji, vaziyat, qahramonlar ruhiy holati ochib beriladi.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. "Юсуф билан А^мад" (узбек халк достони) / Айтувчилар: Мухдммадкул Жонмурод угли Пулкан ва Фозил Йулдош угли; Ёзиб олувчи: Х,оди Зариф. Нашрга тайёрловчи: Б.Саримсоков;mas'ul muharrir To'ra Mirzayev: Tahrir hay'ati : Turob To'la va.boshq.-T.:Adabiyot va san'at nashriyoti,1987.(O'zbek xalq og'zaki ijodi. Ko'p tomlik)
2. Safarov О. Ozbek xalq og'zaki ijodi. Darslik. - Toshkent: Musiqachi, 2010.
3. Узбек фольклорининг эпик жанрлари. Узбек халк ижоди буйича тадкикотлар. 7-китоб. - Т.: Фан, 19981.
Download 13.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling