Oel001 Bajardi: Mamanazarov Behruz Tekshirdi


Download 302.45 Kb.
bet2/2
Sana09.03.2023
Hajmi302.45 Kb.
#1254550
1   2
Bog'liq
3-mustaqil ishi

ppm – milliondan ulush


ppm – muayyan nisbiy kattalikning asosiy ko‘rsatkichga nisbatan 1·10‒6 ulushiga teng bo‘lgan o‘lchov birligidir. Termin inglizcha parts per million so‘zlarining birinchi harflaridan yasalgan bo‘lib, pi-pi-em deb o‘qiladi. Matematik belgilanishlarda ppm birligi o‘rniga shuningdek mln‒1 deb belgilash holatlari ham uchraydi, ba’zan esa matn ichida shunchaki oddiy o‘zbekcha qilib «m.u.» («m.u.» - milliondan ulush degani bo‘ladi). Matematik jihatdan ppm quyidagi nisbatlarga teng bo‘ladi:

  • 1 mln‒1= 0,001 ‰ = 0,0001 % = 0,000001 =10‒6;

  • 1 % = 10 000 ppm;

  • 1 ‰ = 1000 ppm.

Lyumen


Lyumen – Xalqaro Birliklar Tizimi
 - SI ga ko’ra, yorug‘lik oqimining birligi hisoblanadi. O’zbekcha belgilanishi lm, (кирилл алифбосида лм), xalqaro belgilanishi ham lm.
Ta’rifida ko’ra:
bir lyumen yorug'lik kuchi 1 kandela bo‘lganda 1 steradian fazoviy burchakdagi nuqtaviy manbadan tarqaladigan yorug'lik oqimiga teng bo‘ladi:
1 lm = 1 kd × 1 sr = 1 lk × m2

Barrel


Barrel – asosan AQSh va Britaniyaning sobiq mustamlakalari hududida keng tarqalgan hajm o‘lchov birligi. SI tizimiga kirmaydi va nostandart, ya'ni, o‘nlik sanoq tizimiga tushmaydigan ulushli birliklari tufayli birmuncha noqulay birlik bo‘lib, qolaversa, suyuq va quruq (sochiluvchan) moddalar uchun turli xil barrel o‘lchamlari mavjudligi holatni yanada chigallashtiradi.
Qanday moddaning hajmi o‘lchanayotganiga qarab, quruq barrel va suyuq barrel, hamda, bundan tashqari, hammasidan alohida, neft barreli ham bo‘ladi. Quruq barrel bilan asosan don-dun va shunga o‘xshash moddalarning hajm birligidagi miqdori ifodalanadi. Boz ustiga, donning har bir turi uchun alohida barrel qo‘llanadi, masalan, bug‘doy uchun boshqacha, arpa uchun boshqacha va makkajo‘xori uchun boshqacha barrel bo‘lishi mumkin.

Asosiy oʻlchov birliklar















Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar va manbalar:
1. O‘zRST 8.010-93. Metrologiya. Atamalar va ta'riflar.
2. O‘zRST 1.0-92. O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar.
3. O‘zRST 5.0-92. O‘zbekiston Respublikasi milliy sertifikatlash tizimi. Asosiy qoidalar.
4. ISO 9000-1-94. Standarti po obshemu rukovodstvu kachestvom i obespecheniyu kachestva.
5.google.com qiduruv sayti.
6.www. lex.uz
Download 302.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling