Ofis dasturlarining yangi versiyalari


Kichik nashriyosh tizimlari


Download 1.23 Mb.
bet2/20
Sana22.07.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1661777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ofis dasturlarining yangi versiyalari

Kichik nashriyosh tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichim solish va taxrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga quyish va xokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy maxsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muxitining uzgarishi, lazerli disklarning paydo bо’lishi, ma’lumotlarning tarmoqdi texnologiyasining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchi aniq bir vazifalari (ilovalari)ni ishlab chikish va bajarish uchun mо’ljallangan. Amaliy dasturiy ta’minot tizimli DT, xususan, operasion tizimlar boshqariluvi ostida ishlaydi. Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
-turli vazifalardagi amaliy dasturlar paketlari; -foydalanuvchi va AT umumiy ish dasturlari.
Amaliy dasturlar paket (ADP)lari sinfiga quyidagilar oiddir:
-matnli (matnli prosessorlar) va grafik muharrirlar;
-elektron jadvallar
-ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
-integrasiyalangan paketlar;
-CASE-texnologiyalar;
-eksport tizimlar kobiklari va sun’iy intellekt tizimlari.
Matn muharrirlari. Amaliy dasturlarning bu toifasining asosiy vazifasi matnga ma’lumotlarni kiritish va tahrir qilishdan iboratdir. Ushbu dasturlarning qо’shimcha vazifalari kiritish va tahrir qilishni avtomatlashtirishdan iboratdir.
Ma’lumotlarni kiritish, chiqarish va saqlash amallari uchun matn muharrirlari tizimli dasturiy ta’minotni ishga tushiradi (chaqiradilar) va undan foydalanadi, lekin bu amaliy dasturlarning hammasi uchun xos va bundan keyin ham bu faktni maxsus ravishda kо’rsatib о’tirmaymiz.
Odatda, dasturiy ta’minot bilan tanishishni amaliy dasturlarning ish toifasidan boshlanadi va kompyuter tizimi bilan о’zaro aloqaning birinchi amaliy kо’nikmalarini hosil qilinadi.
Matn protsessorlari. Matn protsessorlarining matn muharrirlaridan asosiy farqi shundaki, ular matnni kiritish va tahrir qilishgagina emas, balki uni formatlash, ya’ni shakllantirishga imkon yaratadi. Shunga muvofiq ravishda matn protsessorlarining asosiy vositalariga yakuniy hujjatni tashkil etuvchi matn, grafika, jadval va boshqa obyektlarni formatlash jarayonini avtomatlashtirish kiradi. Hujjatlar bilan ishlashning zamonaviy usuli ikkita muqobil yondashuvni kо’zda tutadi. Bular: qog’oz va elektron hujjatlar bilan (qog’ozsiz texnologiya bо’yicha) ishlash. Shuning uchun hujjatlarni matn protsessorlari vositalari bilan shakllantirish haqida gapirganda tamoyil jihatdan bir-biridan farqlanuvchi ikkita yo’nalish – chop etish uchun m о’ljallangan hujjatlarni formatlash va ekranda aks ettirish uchun mо’ljallangan elektron hujjatlarni formatlashni nazarda tutish keraq Bu hollarda ishlaydigan usul va uslublar sezilarli ravishda bir-biridan farqlanadi. Garchi ularning kо’pchiligi har ikki yondashuvni о’zida birlashtirsa ham, shunga mos ravishda matn protsessorlari ham farqlanadi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling