Оформление "Город Берлин"

Ashel davri xronologiyasi

Download 4.16 Mb.
bet2/6
Sana08.11.2023
Hajmi4.16 Mb.
#1754366
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ASHEL DAVRI

Ashel davri xronologiyasi

Shuni ta’kidlash kerakki, ashel davri xronologik jihatdan shell davridan katta farq qilmasada, ashel qurollari shell qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma’lum shaklga ega bo’lgan. Ya’ni bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak shakldagi, uzunchoq, dumaloq va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog’liq bo’lgan.

So’nggi ashelda tabiat keskin o’zgara boshlaydi. O’simliklar, hayvonot dunyosi, iqlimning o’zgarishi ibtidoiy odam xo’jaligiga ham ta’sir etadi. Iqlimning o’zgarishi yer yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik – odamning paydo bo’lishi davri bo’lgan kaynozoy erasining to’rtlamchi bosqichida siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo’tadil iqlim mintaqalarida o’rganganlar. Tropik zonalarda muzlikning siljishi plyuvia davrini (plyuvia-yomg’ir) shakllantirgan. Masalan, bu davrda Sahroi Kabirdan daryolar oqqan.

Ashel davrida Shimoliy Amerika hududlari deyarli muzlik bilan qoplangan. Janubiy Amerikada muzlik ancha ichkariga kirib borgan. Yevropaning katta va Osiyoning bir qismini muzlik egallagan. Muzlikning markazi Grenlandiya bo’lgan. Muzlik paleolit davrida bir necha million kv.km. Ni tashkil etgan. Uning balandligi 1-2 km dan ortiq bo’lgan.

Olimlar to’rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Muzlikning siljishini gints, mindel, riss va vyurm deb bosqichlarga bo’lganlar. Bu terminlar Alp tog’idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo’lib, uning izlari XX asrning o’rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel muzligi O’rta Yevropa hududlariga yetib kelgan. Riss esa yanada kengroq hududlarni qoplagan. So’nggi ashel davri esa xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo’lgan. Muzlikning siljib kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko’p qismi janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo’lganligi uchun ko’plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan.

Download 4.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling