Ogahiy g’azallarida timsollar ko’lami


Download 3.58 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi3.58 Kb.
#1631879
Bog'liq
mt5

Ogahiy g’azallarida timsollar ko’lami

Ma’lumki, badiiy til keng imkoniyatlarga egaligi, adabiy tildan farqli o‘laroq, shevalarga xos bo‘lgan so‘zlar (dialektizmlar), turli kasb-hunar sohalari, uslubiy qatlamlar, tarixiy, eskirgan so‘zlarni qo‘llay olishi bilan ajralib turadi. Adabiyotning asosiy quroli – so‘zning kuchidan samarali foydalanib, asarlarini bashariyat uchun mangu tuganmas xazina sifatida qoldirgan shoir

tarixnavis, tarjimon hamda davlat va jamoat arbobi Muhammad Rizo Ogahiy serqirra ijod sohibidir. Uning «Ta’viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») deb nomlangan devonida g‘azal, muxammas, murabba’, musaddas, masnaviy, shuningdek, fard, tuyuq, qit’a, ruboiy, muammo kabi yigirmadan ortiq janrdagi salkam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan.

Shoir badiiy tafakkurining ko‘lami va ko‘rkamligiga nazar tashlar ekanmiz, Ogahiy o‘z ijodida turli she’riy san’atlar- mubolag‘a, tashbeh, istiora, tamsil, tazod, husni ta’lil, talmeh, tardi aks, kitobat, tazmini muzdavaj kabilardan mohirona foydalanganligining guvohi bo‘lamiz

Bu til vositalari shoir she’riyati, xususan, g‘azallari qurilishining zuvalasi pishiq, puxta, ta’sirchan va jozibadorligini ta’minlagan. Ulardan ayrimlarini tahlilga tortmoqchimiz: Qasdi jon ul ko‘zlar etmish emdi yo‘q chiqmoq amon,

Tasavvufiy ruhda bitilgan asarlarni o'qish kishidan alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Xususan, bunda tasavvufiy istilohlardan boxabar bo'lish lozimdir. Yo'qsa, asar ma'nosi anglashilmaydi yoki butunlay zid ma'noda tushunilishi mumkin. Ushbu g'azalda ham lirik qahramon yorga yolborib: "Bir bo'sa ber", deya o'tinar ekan, bunda solih bandaning Allohdan lutf-u marhamat tilayotganini ko'rishimiz mumkin.

Ushbu g’azalni o’qir ekansiz, unda ifodalangan oshiqning samimiy so’zlari sizni beixtiyor o’ziga maftun etadi. Yor o’z jafolari bilan oshiqqa qancha zulm qilmasin, oshiq uchun bu azoblar ham rohat bo’lib tuyuladi va buning uchun yorga “Sallamno - tasanno” deydi.

Ogahiy g'azallari o'zining ham mazmuniy, ham shakliy jihatdan yetukligi bilan adabiyot bo'stonida o'zining alohida o'rniga ega. Xususan, mazkur g'azalni o'qigan kitobxon ham, bir tomondan, oshiq qalbidagi tuyg'ularning sof va samimiyligidan ilhomlansa, boshqa tomondan, g'azalning go'zal va o'ynoqi ohangidan zavq tuyadi.


Download 3.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling