Ogahiy Ijodida turkiy she’riyat ananalari


Download 45.52 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1640439
Bog'liq
mt8

Ogahiy Ijodida turkiy she’riyat ananalari

Ogahiyning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan gʻoyalari xon va shoir Feruzning siyosiy-maʼrifiy tarbiyasiga taʼsir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning „Qasidai nasihat“ asari Feruzga bagʻishlangan. 

 U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. 

Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalparvar boʻlishi zarur. 

 shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi lozim.

U aysh-ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻli-shi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishlarni amalga oshirgan.

Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir.

Taʼviz ul-oshiqin“ Xivada toshbosmada nashr etilgan (1905—09). Oʻzbekistonda koʻchalar, maktablar, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri, istirohat bogʻi va boshqa muassasalarga Ogahiy nomi berilgan. Qiyot qishlogʻida Ogahiy bogʻi tashkil etilib, shoirning uy muzeyi ochilgan; muzey oldida Ogahiyga haykal oʻrnatilgan.


Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling