Og'ir yuklarini tashish uchun loyihalangan maxsus transport vositasi


Download 222.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.05.2023
Hajmi222.68 Kb.
#1440565
Bog'liq
Traktor - Vikipediya



Traktor
Og'ir yuklarini tashish uchun loyihalangan
maxsus transport vositasi
Traktor (inglizcha: tractor, lot. traho —
tortaman, tashiyman) — dvigatel
yordamida harakatlanuvchi gʻildirakli yoki
gusenitsali (zanjirli) oʻziyurar mashina.
Traktor qurilish, qishloq xoʻjaligi ishlari va
boshqa ishlarni bajarish, tirkama,
oʻrnatma va yarim oʻrnatma jihozlarni
tortish va harakatlantirish, muqim
(statsionar) mashinalarni ishga tushirish
uchun moʻljallangan.


Bugʻ mashinasi oʻrnatilgan birinchi
gildirakli traktor 1830-yilda Angliya va
Fransiyada paydo boʻlgan, transport va
harbiy ishda ishlatilgan. 1890-yilda
AQSHda qishloq xoʻjaligi ishlarida
qoʻllanilgan. Gusenitsali traktorni
Ukraina traktori HTZ-243K
Qadimgi bug 'traktori


Rossiyada D. A. Zagryajskiy (1837) va A.
P. KostikovAlmazovlar (1889) ixtiro
qilishgan. 1988-yilda rus mexanigi F. A.
Blinov bugʻ mashinasi oʻrnatilgan
gusenitsali traktor yasab sinovdan
oʻtkazgan. 1895-yilda rus ixtirochisi Ya. V.
Mamin ichki yonuv dvigateli oʻrnatilgan
oʻziyurar gildirakli arava ixtiro qilgan.
AQShdagi "XartParr" (HartParr) firmasi
1901-yildan boshlab ichki yonuv dvigateli
oʻrnatilgan gʻildirakli traktor ishlab
chiqara boshladi. 1912-yildan AQShda,
keyinchalik Germaniya va boshqa
mamlakatlarda gusenitsapi traktor ishlab
chiqarila boshlandi. Oʻzbekistonda 1967-
yil Toshkent traktor zavodida paxtaga


modifikatsiya qilingan gʻildirakli traktorlar
ishlab chiqarila boshladi.
Yurish qismining tipiga qarab qishloq
xoʻjaligi va sanoatda ishlatiladigan
traktorlar farqlanadi. Traktorlarni yaratish
va ishlab chiqarish tipaj (namuna) tizimi
boʻyicha amalga oshiriladi. Standartga
muvofiq, tipaj tizimi quyidagi tortish
sinflari (modellari)ga bo'lingan: 0,2; 0,6;
0,9; 1,4; 2; 3; 4; 5; 6; 8; 10; 15; 25; 35; 50.
Bundan 0,2—8 gacha tortish sinfdagi
traktorlar, asosan, qishloq xoʻjaligida,
qolganlari sanoatda ishlatiladi. Ular
orasida aniq farq qilinmaydi, chunki
sanoat traktorlarining ayrimlari qishloq
xoʻjaligi traktorlari asosida ishlab


chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi
traktorlarining oʻziga xos xususiyati
shundaki, ular qishloq xoʻjaligi.dagi
texnologik jarayonlarning agrotexnik
talablariga mos boʻladi; sanoat
traktorlarining oʻziga xos xususiyati
ekinlarni sugʻorish va botqoqliklarni
quritish hamda yoʻllar qurish va boshqa
ishlarida ishlatiladigan maxsus jihozlar
(buldozer, trelyov oʻrnatiladigan va
boshqalar)ning mavjudligi hisoblanadi.
Gusenitsali traktorning yurish qismi
oʻrmalovchi gusenitsa (zanjir) bilan
jihozlangan. Gusenitsalarning tayanch
sirti katta, tuproqqa solishtirma bosimi
kam, tuproq bilan yaxshi tishlashadi. Shu


tufayli tortish kuchi katta, kam
shataksiraydi, oʻtish qiyin joylarda yura
oladi. Biroq gʻildirakli traktorga nisbatan
manyovrchanligi hamda turgʻunligi past
boʻladi. Gʻildirakli traktor manyovrchan,
universal, yengil, ishlatish oson. Uning yoʻl
tirqishi katta boʻlgani uchun ekinlarga
zarar yetkazmay yura oladi. Ekin qator
oralariga qarab bir oʻqdagi gʻildiraklar
orasini oʻzgartirish mumkin. Toʻrt
gʻildirakli traktorlarda 2 ta yoki 4 ta
gʻildirak yetakchi, uch gʻildiraklarda 2 ta
gʻildirak yetakchi boʻlishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi traktorlari umumiy
ishlarga moʻljallangan (tuproqqa
yoppasiga ishlov berish, ekish va boshqa


uchun), universal chopiq (egatlar orasiga
ishlov berish uchun); maxsus (bogʻpoliz,
tokzor va boshqa uchun) xillarga
boʻlinadi. Umumiy ishlarga moʻljallangan
traktor yer haydash, ekin ekish, yoppasiga
kultivatsiya qilish, yigʻim-terim va boshqa
ogʻir ishlarda qoʻllaniladi. Dvigateli kuchli,
tortish kuchi katta, yoʻl tirqishi kichik
boʻladi. Universal chopiq traktorlari,
asosan, chopiq qilish va hosilni yigʻishda
ishlatiladi. Tortish kuchi umumiy ishlarga
moʻljallangan traktorlarnikidan kichik, yoʻl
tirqishi ancha katta boʻladi. Uzatmalar
soni koʻp, gʻildiraklar orasini qator
oralarining kengligiga moslab oʻzgartirish
mumkin. Maxsus traktorlar universal
chopiq yoki haydov traktorlari asosida


yaratiladi va, asosan, yurish qismining
tuzilishi bilan farqlanadi. Masalan,
paxtachilikka moslashtirilgan TTZ60.11
yoki TTZ80.11 tipidagi traktorlarda bitta
oddingi va ikkita yetakchi ketingi
gʻildiraklar boʻladi, keyingi koʻprik esa
teleskopik qilib yasaladi.
Traktor qismlari: ostov (koʻtaruvchi qism),
dvigatel, transmissiya, yurish qismi,
boshqarish mexanizmi, ish va yordamchi
jihozlar. Dizelli ichki yonuv dvigateli
oʻrnatilgan traktorlar koʻp tarqalgan.
Bunda dizel yonilgʻisining issiqlik
energiyasi tirsakli valni, undan butun
mashinatraktor agregatini harakatga
keltiradi. Transmissiya dvigatelining


mexanik energiyasi (aylantiruvchi
moment, aylanish chastotasi)ni
harakatlantirgichlar (yengil gʻildiraklar
yoki yulduzchalar)ga uzatadi.
Transmissiyaning asosiy elementlari:
tishlashish muftasi, uzatmalar qutisi,
asosiy va oxirgi uzatmalar, burish
mexanizmi. Tishlashish muftasi
yordamida dvigatel transmissiyadan
ajratiladi va unga oxista ulanadi.
Uzatmalar qutisi harakat tezligi va tortish
kuchining kattaligi hamda yoʻnalishini
oʻzgartiradi. Asosiy uzatma boʻylama
vallardan harakatni koʻndalang vallarga
uzatadi hamda umumiy uzatish sonini
oshiradi. Oxirgi uzatma (silindrik
reduktorlar) aylanish chastotasini


oxirigacha pasaytiradi va yetakchi
gʻildiraklar yoki yulduzchalarga
uzatilayotgan aylantiruvchi momentni
oshiradi, kerakli yoʻl tirqishini hosil
qilishga yordam beradi. Traktorning
burish mexanizmi (gʻildirakli traktorda —
differensial, gusenitsali traktorda —
friksion muftalar yoki planetar
mexanizmlar) yurish qismining yetakchi
elementlariga turli tezliklarda aylanish
imkonini beradi; bu esa T.ga egribugri
yoʻllarda harakatlanishga imkon beradi.
Yurish qismi aylanma harakatni
ilgarilanma harakatga aylantiradi,
shuningdek, T.dan tushgan yukni
tuproqqa uzatadi va bu bilan T.ning
manyovrchanligini oshiradi. U


yoʻnaltiruvchi gʻildiraklar yoki zanjirni
harakatlantirgichlar va yurish qismlarini
traktorning ostoviga biriktiruvchi
elementlardan iborat. Boshqarish
mexanizmi (rul boshqarmasi, tormozlar)
alohida agregatlarni ham, butun traktorni
ham boshqarishni taʼminlaydi. Zamonaviy
traktor haydovchining mehnatini
yengillashtirish uchun gidravlik,
pnevmatik va mexanik kuchaytirgichlar
bilan jihozlangan; shuningdek, ish oʻrnida
kerakli sanitariyagigiyena sharoitlari
yaratilgan. Ish jihozlariga tirkash
qurilmalari, oʻrnatma tizimlar, quvvat olish
vali, harakatlantirish shkivi, harakat
tezliklarini kamaytirish uchun
sekinlashtirgich, differensialni


blokirovkalash tizimi, yoritish tizimi va
signalizatsiya, yetakchi gʻildiraklarni
vazminlashtirgich, tekshirishoʻlchash
apparatlari va boshqa kiradi. Traktorning
konstruksiyalari materiallar hajmini
kamaytirish, dvigatelning quvvati va ish
tezligini oshirish, traktorning tortish
sifatini, shuningdek, mexanizatorlarning
sanitariyagigiyena sharoitlarini yaxshilash
boʻyicha takomillashtirilmoqda.
Toshkent traktor zavodida qismlar
komplekti Xitoydan keltirib yitiladigan
quvvati 30 ot kuchiga teng boʻlgan
dvigatel oʻrnatilgan BY30402 va BY300
rusumli, quvvati 80 ot kuchiga teng
boʻlgan dvigatel (Belorussiyadan


keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ8010 va
TTZ8011 rusumli, quvvati 60 ot kuchiga
teng boʻlgan dvigatel (Vladimir shahridan
keltiriladigan) oʻrnatiladigan TTZ6010 va
TTZ6011 rusumli, quvvati 100 ot kuchiga
teng boʻlgan dvigatel ("Kamens"
firmasidan keltiriladigan) oʻrnatiladigan
TTZYUOK10 va TTZYUOK11 rusumli
traktorlar ishlab chiqarilmoqda. BY300 va
BY3042 rusumli traktor dehqon va fermer
xoʻjaliklari uchun moʻljallangan boʻlib, ular
"Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding"
kompaniyasida ishlab chiqariladigan
PN230 plugi, MO’S0,18 mineral oʻgʻit
sochgichi, PPO2 sabzavot urugʻlarini
sepgich, FYC02 frontalyuklagich, NO2,1
meliorativ qurollar, R 0.1 V rotatsion


motiga, BZTX.OOOSB tishli boronalar
agregatlanishi mumkin. TTZ100K11,
TTZ8011, TTZ6011 rusumli traktorlar
paxtachilik traktorlari boʻlib, qator oralari
keng maydonlarda gʻoʻzaga ishlov berish
va paxtani terib olish ishlarini kompleks
mexanizatsiyalashtirishda oʻrnatma,
yarim oʻrnatma, tirkama mashinalar va
ish qurollari bilan agregatlash uchun
moʻljallangan. TTZ100K10, TTZ8010,
TTZ6010 rusumli traktorlar universal
chopiq traktorlari boʻlib, turli xil qishloq
xoʻjaligi ishlarini bajarishga moʻljallangan;
ularga oʻrnatma uskunalar, tirkama
mexanizmlar va boshqa ish qurollari
tirkalishi mumkin.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Traktor&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Traktor&oldid=3554304" 


Bu sahifa oxirgi marta 16-Yanvar 2023, 23:42 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
dan olindi

Download 222.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling