O’g’it me’yorlarini belgilashda tuproq,o’simlik,o’g’it,iqlim va agrokimyoviy tadbirlar o’rtasidagi bog’liqlik hisobga olinishi zarur


Har-xil me’yoridagi mineral o’g’itlarning o’rtacha bir dona ko’sakdagi paxta og’irlik massasiga ta’siri


Download 69.45 Kb.
bet7/10
Sana18.06.2023
Hajmi69.45 Kb.
#1590360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI (2)

3.7. Har-xil me’yoridagi mineral o’g’itlarning o’rtacha bir dona ko’sakdagi paxta og’irlik massasiga ta’siri .
Har xil me’yorlarida tuproqqa berilgan mineral o’g’itlarning g’o’zada shakllangan ko’saklarda paydo bo’lgan paxta massasiga ta’sirini o’rganish uchun har terimdan oldin barcha variantlar va takrorlanmalardagi 50 tadan etiketkalangan o’simliklarda ochilgan barcha paxtalar alohida xaltachalarga terib olinib,tarozida tortilib umumiy paxta og’irligi,ko’saklar soniga bo’linib,o’rtacha bir ko’sakdagi paxtaning og’irlik massasi aniqlandi.
Har-xil me’yorlarda tuproqqa berilgan mineral o’g’itlarning g’o’zada hosil bo’lgan ko’saklardagi paxta og’irligiga ta’sirini 6-jadvalda ko’rish mumkin.Jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan aniqlandiki,ya’ni bir ko’sakdagi eng kam paxta og’irligi1-nazorat variantda kuzatildi va o’rtacha 4-terimda 2,0 grammni tashkil etdi.
6-jadval
Har-xil me’yorlarda tuproqqa kiritilgan mineral o’g’itlarning bir ko’sakdagi paxta og’irlik massasiga ta’siri (gramm hisobida)


Variantlar
T/r

Terimlar bo’ yicha o’rtacha bir ko’sakdagi paxtaning og’irlik massasi



O’rtacha 4-terim bo’yicha

1-terim

2-terim

3-terim

4-terim

1

2,6

2,3

2,0

1,1

2,0

2

3,0

2,6

2,2

1,4

2,3

3

3,1

2,8

2,3

1,4

2,4

4

3,1

3,0

2,4

1,5

2,5

5

3,0

2,9

2,7

1,6

2,6

Gektariga 225 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy o’g’itlari berilganda, bir dona ko’sakda hosil bo’lgan paxtaning o’rtacha og’irligi 2,3 gramni tashkil etdi.
O’g’itlar me’yorini gektoriga 250kg azot,180 kg fosfor hamda 125kg kaliy o’g’itlari tuproqqa solinganda ko’saklarda shakllangan paxta xom-ashyosi og’irligi 2,4 grammgacha etdi.Mineral o’g’itlar me’yorlarini gektariga 275kg azot,210kg fosfor va 150kg kaliygacha yetkazilganda,ko’saklarda paydo bo’lgan paxta xom-ashyosi massasi o’rtacha 4-terim bo’yicha o’rtacha 2,5 grammgacha ko’paydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki,ya’ni o’g’itlar me’yorini ko’paytirilganda ya’ni azot me’yorini gektariga 300kg gacha,fosfor me’yorini 240 kilogrammgacha va kaliy o’g’iti me’yorini 175 kilogrammgacha ko’paytirilganda g’o’zalarda shakllangan jami ko’saklardagi paxta xom-ashyosini jami ko’saklar soniga bo’linganda o’rtacha bir dona ko’sakda shakllangan paxta xom ashyosi massasi o’rtacha 4-terimda 2,6 grammgacha yetdi.
3.8. Tajriba variantlarida g’o’zaning tub soni
Barcha qishloq xo’jalik ekinlaridan.Shu jumladan g’o’zadan yuqori hosil olishning asosiy olishlaridan biri,gektarlarda o’simliklarning to’liq tub sonini ta’minlashdan iborat.
Tajriba variantlarining g’o’za tub sonlari bilan taminlanganligini aniqlash uchun ,g’o’za o’suv davrining oxirida barcha variant va takrorlanmalarda g’o’zaning haqiqiy tub soni sanab chiqildi. Sanash natijasida olingan malumotlar keltirilgan 7- jadvaldan malum bo’lishicha ,ya’ni g’o’zaning tub soni variantlar orasida katta farq qilganligi kuzatiladi . Tajriba variantlari bo’yicha g’o’zaning tub soni (gektariga ming dona).

Download 69.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling